Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
298 o‘rtasidagi farqlar mamlakat taqdiriga ta’sir ko‘rsatdi. Boltiqbo‘yidagi xalq frontlari harakati, keyinchalik esa Ruminiyadagi inqilob haqidagi xabarlar Yagona Moldova Xalq Frontining (YAMXF) tashkil etilishiga, uning tomonidan mamlakatda 1989-yilda rumin tiliga davlat tili maqomini berish va mamlakatni suveren deb e’lon qilishga bo‘lgan intilishlarni rag‘batlan- tirdi. YAMXF ommaviylashdi va Kishinyov ko‘chalariga yuz minglab tarafdorlarini chiqardi. Bahorda SSSR Xalq deputatlari syezdiga yuborilgan delegatlarning ko‘pchiligi mutaassib (konservativ) kayfiyatda edi, ammo avgustga kelib respublika Oliy Soveti rumin tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilib, har bir elatga o‘z tilida gapirishga imkon berdi. Ke- yinchalik Xalq Fronti 1990-yildagi Oliy Sovet saylovlarida muvaffaqiyatga erishib, respublika rahbariyatidan kompartiyani chetlashtirdi. Avgust oyida Oliy Sovet Moldova mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi. Yangi hukumat fuqarolarning huquq va erkinliklarini yoqladi. Mamlakatda demokratlashtirish avj olib, bir qator liberal-demokratik, milliy-demokratik hamda sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiya va harakatlar paydo bo‘ldi. Ulardan ba’zilari Moldovaning Ruminiyaga qo‘shilishi tarafdorlari edilar. Ammo ular referendumda ko‘pchilik ovozga ega bo‘lolmadilar. 1991-yil oxirida Oliy Sovet respublika prezidenti etib liberal-demokratlar yetakchisi M. Snegurni sayladi. Shu bilan birga, 1990-yildayoq SSSRning parchalanishiga to‘sqinlik qilishga harakat qiluvchi ittifoq hukumati ishtiroki bilan Moldovaning janubidagi uchta mintaqada yashovchi gagauzlar va Dnestr O‘ng qirg‘og‘i hamda Benderi shahri aholisining ko‘pchiligi rumin tiliga qarshi va SSSR tarkibidan chiqishga qarshi norozilik bildirishdi. Gagauzlar o‘z mustaqil respublikalarini e’lon qilishdi. Shimolda esa 1991-yilda sovet tuzumini saqlab qolayotgan mustaqil Dnestrbo‘yi Moldova Respublikasi (DMR) paydo bo‘ldi. Agar gagauzlar bilan olib borilgan uzoq muddatli muzokaralardan so‘ng ular Gagauziyaning Moldova tarkibida maxsus huquqiy maqomga ega bo‘lishiga rozilik bildirgan bo‘lsa, Tiraspol shahrida joylashgan DMR hukumati Moldova hukumatining muxtoriyat to‘g‘risidagi taklifini rad etdi va Sovet harbiylari yordamida Moldovaning tartib o‘rnatuvchi kuchlariga qarshilik ko‘rsatdi. 1992-yilda Moldova qurolli kuchlari bilan va DMR qurollangan otryadlari va ularga yordam berayotgan 14-sobiq Sovet armiyasi o‘rtasida bo‘lgan janglarda yuzlab odamlar halok bo‘ldi va yarador qilindi, xalq xo‘jaligiga katta moddiy zarar yetkazildi. O‘n minglab muqim yashov- chilar qochoqlarga aylandi. Moldovada prezident favqulodda holat e’lon qildi. Moldova va DMR o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar faqat Moldova va Rossiya o‘rtasidagi shartnoma imzolangandan, 14-armiya tarqatib yuborilgandan va urush mintaqasiga Xalqaro tinchlik o‘rnatuvchi kuchlar kiritilganidan keyingina to‘xtatildi. Qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi mu- 299 zokaralar va vositachilarning urinishlariga qaramasdan, to‘qnashuvlar 1994- yilgacha davom etdi. 1994-yilda tomonlarning zo‘ravonlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvlari to‘qnashuvlarga chek qo‘ydi. Parlamentga (1994-yilda) va mahalliy (1995-yilda) saylovlar arafasida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish biroz olg‘a siljidi, ammo ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilmadi. Davlat ixtiyoridagi asosiy sohalar — vino ishlab chiqarish va tamaki sanoatida ishlab chiqarish sama- radorligi pastligicha qolmoqda edi. Moldova Rossiya kompaniyalari tomonidan keltirilayotgan energiya tashuvchilarni sotib olish uchun mablag‘ga ega emas edi. Beqarorlik investitsiya oqimiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Uzoq davom etgan ishlab chiqarishning qisqarishi va inflatsiya aholi ahvolining yomonlashishiga sabab bo‘ldi. Ommaning noroziligi, eng avvalo, ijtimoiy muammolarni hal etishga chaqirayotgan sotsial-demokratik partiyalarning kuchayishiga olib keldi. 1996-yil oxirida prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ular tomonidan qo‘llab-quvvatlangan erkin nomzod P. Luchinskiy g‘alaba qozondi. 1988-yilga kelib mamlakat mulkining 75 foizi (Dnestrbo‘yidan tashqari) hissador-investor, korxona xodimlari, menejerlar va xususiy tadbirkorlar qo‘liga o‘tdi. Ammo iqtisodiyotning jonlanishi va aholi ahvolining yaxshilanishiga erishilmadi. Muzokaralar yo‘li bilan P. Luchinskiy Moldova birligining Rossiya va Ukraina tomonidan e’tirof etilishiga va ular bilan hamkorlikni kuchaytirishga erishdi. Mamlakat birligini tiklash uchun Moldova YEXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarga tayanmoqda. Yoqilg‘i-energiyaga ega bo‘lish maqsadida Ozarbayjon bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatilmoqda. Islohotlar yo‘li bilan olg‘a borayotgan Ruminiya va YEI bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. 2000-yil bahoridan boshlab, prezident tanlagan yo‘l mamlakat aholisi ba’zi qismining manfaatlariga mos kelmasligi tufayli noroziliklar kuchayib ketdi. Bu noroziliklarga tayanib, parlamentdagi turli ruhdagi muxolifat kuchlar konstitutsiyani o‘zgartirishga erishdi. 2001-yil fevral oyidagi parlament saylovlarida demokratlar rahbarligida mamlakat qiyinchiliklari bartaraf etilishidan umidini uzgan saylovchilar kommunistlar uchun ovoz berdilar. Yangi parlament V. Voroninni prezident qilib sayladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish qiyinchiliklari davom etmoqda. Moldovada YAIM 2007-yilga kelib 4,8 mlrd dollarga yetdi va yillik o‘sish 3 foizni tashkil qildi. Sanoatning 87 foizi qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligida biroz pasayish sezildi. Import eksportga nisbatan ancha ustun. 170 dan ortiq vino zavodlari ishlab turibdi. Ukraina Respublikasi Aholi soni va sanoat salohiyati bo‘yicha SSSR da ikkinchi o‘rinda turgan Ukrainada milliy harakatlar Boltiqbo‘yiga nisbatan kechroq boshlandi. Ammo 300 bu harakat chuqur tarixiy ildizga ega bo‘lib, hech qachon tugamagan va, ayniqsa, g‘arbiy hududlarda Belorussiyadagiga nisbatan ancha kuchliroq edi. Qayta qurish va oshkoralik yillarida ruslashtirishga qarshi chiqqan dissidentlar faollashdi, mamlakat mustaqilligi uchun kurashuvchi natsionalistlar, ya’ni milliy-ozodlik harakati qatnashchilari ochiq faoliyat yurita boshladi. Ular tuzgan eng obro‘li tashkilot I. Droch va V. Chernovillar boshchilik qilgan Ukraina Xalq harakati (Rux) edi. Qariyb 73 foizi ukrainlardan iborat bo‘lgan aholi konformistik ruhda emas edi. Ammo 1989-yilning bahoridagi SSSR Xalq deputatlari syezdida qatnashgan Ukraina vakillarining ko‘pchiligi SSSRni so‘zsiz saqlab qolish tarafdori bo‘lib chiqdilar. Faqatgina oktabrga kelib Oliy rada (OR) ukrain tilini davlat tili deb e’lon qildi. 1990-yilda Oliy radaga bo‘lgan saylovlarda o‘rinlarning choragini Rux tomonidan tuzilgan demokratik blok egalladi. Uning tashabbusi bilan OR 1990-yil yozida Ukraina suverenitetini e’lon qildi va Kiyevda bo‘lib o‘tgan son-sanoqsiz ommaviy namoyishlardan so‘ng kommunistlardan bo‘lgan bosh vazirni vazifasidan chetlashtirdi. OR raisi natsional-demokratlardan bo‘lgan L. Kravchuk bo‘ldi. 1991-yil avgustida OR Ukraina mustaqil bo‘lganligini e’lon qildi va bunga qarshilik ko‘rsatgan kompartiyani taqiqladi. Kuzda oz sonli millatlarga milliy-madaniy muxtoriyat huquqi berildi. 1991-yil dekabrda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida fuqarolarning 80 foizidan ko‘prog‘i, jumladan, aholining 22 foizini tashkil etgan ruslarning ko‘pchiligi ham mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan respublika prezidenti saylandi. U L. Kravchuk edi. Qisqa muddat ichida Ukraina o‘z hududida joylashgan o‘nlab sovet diviziyalari va ularning quroli asosida mustaqil mamlakat uchun zarur bo‘lgan qurolli kuchlar va maxsus xizmatlarni tashkil etishga ulgurdi. Ammo xalq ham, yangi partiyalar ham, eski Sovet (Kengash) lar ham islohotlarga tayyor emas edi. Ittifoq buyurtmalari va yoqilg‘i-energiya manbalaridan mahrum bo‘lgan sanoatda, 1992-yilda mahsulot ishlab chiqarish 30 foizga qisqardi va kamayishda davom etdi. Energiya manbalarini sotib olish va ishlab chiqarishni yangilash uchun mablag‘ yo‘q edi. Dastlabki fermerlar paydo bo‘lgan bo‘lsa- da, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi ham qisqardi. 1994-yilda aholi jon boshiga YAIM 200 AQSH dollarigacha pasayib ketdi. Milliy valuta — avval karbovanes, keyinchalik grivna joriy etilishiga qaramasdan, inflatsiya o‘sib bordi. Avvaliga davlat tomonidan qisqartirilgan narxlarning tartibga solinishi 60 foizga tiklandi. Ammo bu yashirin iqtisodiyotning o‘sishi va korrupsiya (mansabdorlarni pora bilan sotib olish)ning avj olishiga ta’sir ko‘rsatolmadi. 1994-yilgi oziq-ovqat narxi 1990-yildagiga nisbatan 4—5 baravar yuqori edi. YAIM ning 40 foizdan ko‘prog‘i ijtimoiy ta’minotga yo‘naltirilganligiga qara- masdan, aholining qashshoqlikda yashashi, shaxtyorlar, metallurglar va boshqa ishchilarning yirik ommaviy norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi. 301 Hukumat boshqa muammolarga ham duch keldi. Uniatlar, katolik-greklar va rim-katoliklarning diniy markazlari hamda pravoslav cherkovi muxtoriyati qatoriga undan ajralib chiqqan Ukrain pravoslav cherkovi markazi ham qo‘shildi. Ko‘pgina ruslar yashaydigan sharqiy mintaqalarda rus tiliga ham davlat tili maqomini berishni va, hatto, Ukrainaning federativ tuzumini yoqlab chiqqan harakat ham yuzaga keldi. Qrimda, uning xo‘jaligi Ukrainaning boshqa viloyatlari bilan chambarchas bog‘liqligiga qaramasdan, ko‘pchilikni tashkil etuvchi rus aholining asosiy qismi yarim orolning Rossiyaga qo‘shilishi yoki unga mustaqillik berilishini talab qildi. Bu vaziyatni Rossiyadagi obro‘li doiralarning Qrimga, Qora dengiz floti va uning Qrimdagi bazalari, eng avvalo Sevastopolga da’vo qilishlari yanada murakkablashtirdi. Qrimdagi ko‘pchilik ruslarning ommaviy chiqishlari 1992-yilda Ukraina hukumatini Qrimning maxsus mavqeyini tan olishga majbur etdi. Ammo keyinchalik Qrimning maxsus maqomga ega bo‘lishi uchun harakatlar bozor islohotlari tarafdorlari va kommunistlar o‘rtasidagi keskin kurash tufayli to‘xtatildi. Natijada 1995-yilda «Qrim davlatchiligi» barham topdi va viloyat hukumatiga bo‘ysundi. Murakkab muzokaralardan so‘ng, 1994-yil boshida Ukraina, Rossiya va AQSH o‘rtasida unga SSSRdan meros qolgan raketa-yadro quroli Ukrainaga tegishli ekanligi, ularning Rossiyada zararsizlantirilishi va AQSH tomonidan ikkilamchi xomashyoning sotib olinishi to‘g‘risidagi bitim tuzildi. Bu Ukrainaga o‘zining yadro qurolidan voz kechganligini tasdiqlash va uni tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishga imkon berdi. Qora dengiz floti va uning bazalari hamda energiya tashuvchilarni sotib olish to‘g‘risida Rossiya bilan 1992-yilda boshlangan muzokaralar uzoq cho‘zildi va ularni nihoyasiga yetkazish boshqa prezidentga nasib etdi. Yangi prezident umumxalq saylovlari 1994-yilning yozida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi bosqichdagi keskin kurashdan so‘ng L. Kuchma g‘alaba qozondi. U iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mulkchilik va tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash hamda mamlakatning dunyo hamjamiyatida faol qatnashishi tarafdori edi. Qiyinchiliklarni chetlab o‘tish maqsadida, L. Kuchma hokimiyat to‘g‘risidagi buyrug‘ida hukumat va uning faoliyatini prezidentga bo‘ysundirdi. Bu 1994-yilning kuzidan boshlab ko‘p yillik bozor islohotlari dasturini amalga oshirish imkonini berdi. Ammo parlamentdagi muxolifat islohot uchun zarur qonunlarning qabul qilinishiga to‘sqinlik qilardi. 1996-yilda OR qayta saylanganidan keyingina prezident natsional-liberallar va natsional-demok- ratlar yordami bilan yangi konstitutsiya qabul qilinishiga erishdi. Ta’lim tuzilishi va tarkibini yangilash, sog‘liqni saqlashni isloh qilish, ukrain tilini qo‘llashni kengaytirish va ukrain madaniyatini rivojlantirish faollashdi. Bu rusiyzabon aholi bir qismining noroziligiga sabab bo‘ldi. Ukrainada o‘tkazilgan islohotlar mulkchilik va ishlab chiqarish tuzilishini asta-sekin o‘zgartirdi. 1998-yilga kelib davlat ixtiyorida barcha korxona- 302 larning atigi 15,4 foizi qoldi. Ularning katta qismi menejer va aksionerlar qo‘liga o‘tdi. Ammo iqtisodiyot va aholi ahvolining umuman yaxshilanishi- ga erishish uchun samarali mulk egalari yetishmas edi. Aholi turmush darajasining sekin o‘zgarishi, hukumat yo‘l qo‘ygan xatoliklar va korrupsiya ko‘pchilikda prezident tanlagan yo‘ldan norozilik va unga nisbatan shubha uyg‘otdi. Ammo kommunistlar va boshqa raqiblarning chiqishlariga qara- masdan, 1999-yilda Kuchma yana prezidentlikka saylandi. Biroq 2000-yil oxirida muxolifatchi kuchlar Kuchmani va maxsus xizmatni bir jurnalistning o‘limiga daxldorlikda aybladi va mamlakatda prezident iste’fosini talab qiluvchi harakatlar yuzaga keldi. Mamlakatda uzoq muddatli va jiddiy siyosiy inqiroz boshlandi. 2004-yil oxirida prezidentlikka saylovlar nihoyatda murakkab sharoitda o‘tdi. V. Yanukovich g‘alaba qilgan birinchi saylov natijalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Dekabrda ikkinchi marta ovoz berishda V. Yushchenko g‘alaba qildi. «Zarg‘aldoq inqilob» amalga oshdi va mamlakatda G‘arbchilar pozitsi- yasi mustahkamlandi. 2005-yilda u hukumat rahbarini almashtirdi. Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi keng va uzoq muddatli shartnoma imzolangan va ularning 2004-yilgacha iqtisodiy hamkorligi dasturi kelishib olingan edi. Nihoyat, Rossiya Qora dengiz floti- ning katta qismiga egalik qildi. Ukrainadan uning ulushidagi ko‘pgina kema- larni oldi va Sevastopoldagi flot bazasini ijaraga oldi. Yalpi ichki mahsulotning yarmini tashkil etgan tashqi qarzlardan qutulish, o‘sib borayotgan inflatsiyani bartaraf qilish uchun Ukraina hukumati Xalqaro Valuta Fondi va boshqa xalqaro tashkilotlardan yordam so‘radi. U Gruziya, Ozarbayjon va Moldova davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Qora Dengiz davlatlari tashkilotida ishtirok etmoqda. Ukraina rahbariyati YEI mamlakatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda va xavfsizlik kafolati sifatida NATOning «tinchlik uchun sheriklik» shartnoma- siga amal qilmoqda. Ukraina hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiga moslab rivojlantirish yo‘lidan bormoqda. Bu o‘rinda og‘ir sanoat, transport va energetikaga alohida urg‘u beriladi. Rossiya gazini yetkazib berishda ishkalliklar tufayli gidroenergetika va shaxta metanidan foydalanish, shuningdek, O‘rta Osiyo neftini gazoprovod orqali olib kelish rejalari tuzilmoqda. YAIM 131,2 mlrd dollarni, o‘rtacha aholi jon boshiga mahsulot yetishtirish 2829 dollarni tashkil qiladi. Belorussiya Respublikasi Mustaqillikka erishish va taraqqiyot yo‘lini tanlash Belorussiya uchun murakkab va qiyin bo‘ldi. Aholining 76 foizi belorus millatidan iborat bo‘li- shiga qaramasdan, u SSSR ittifoqdosh respublikalari ichida eng ruslashgani edi: belorus tili, madaniyati va milliy o‘zlikni anglash chetga surib qo‘yilgan 303 edi. Respublika SSSR Qurolli Kuchlari uchun eng muhim platsdarm (urush maydoni) vazifasini o‘tardi. 80-yillarda faollashgan belorus tili va madaniyati, milliy o‘zlik va ruhiyat himoyachilari 1989-yilda Z. Poznyak boshchiligida Belorus xalq frontini tuzdi, kelasi yili esa bir nechta liberal-vatanparvar va liberal-demokratik kayfiyatdagi tashkilotlar ham tuzildi. Ammo ularni aholining atigi to‘rtdan bir qismi qo‘llab-quvvatladi. Tarkibi ko‘pchilik kommunistlardan iborat bo‘lgan hukumat va Oliy Sovet aholi ehtiyojini qondirish uchun iqtisodiy mustaqillik, ya’ni xo‘jalikning respublika ixtiyoriga to‘la o‘tishini yetarli deb hisobladi. 1991-yilda Minsk shahrida Oliy Sovet tomonidan Belorussiya mustaqilligining e’lon qilinishi va Oliy Sovet Raisi S. Shushkevich tomonidan SSSRning parchalanganligi to‘g‘risidagi Belovej hujjatining imzolanishi kommunistlarning Belorussi- yadagi hokimiyatini Rossiya va boshqa respublikalarda g‘alaba qilgan liberal- islohotchilar hujumidan himoya qildi. Ammo SSSR parchalanishi bilan Belorussiya sanoati buyurtmalarning 86 foizidan hamda respublikada mavjud bo‘lmagan xomashyo va energiya manbalari oqimidan mahrum bo‘ldi. SSSR harbiy platsdarmining yo‘qolishi Belorussiyani daromadning yana bir manbayidan mahrum qildi. 1992- yildayoq ishlab chiqarish 21 foizga, 1994-yilda esa 40 foizdan ko‘proqqa qisqardi. Inflatsiya halokatli tus oldi, aholi qashshoqlashdi. V. Kebich hukumati tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish orqali inqirozni bartaraf etish dasturi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1991- yilda korxonalarni xususiylashtirish va ishlab chiqarish tuzilmasini qayta qurish boshlandi, keyinchalik «shoksiz bozor munosabatlariga o‘tish» dasturi taklif qilindi. Ammo buni amalga oshirish uchun mablag‘ topilmadi. Oliy Sovet raisi S. Shushkevich bo‘hton va ayblovlar bilan vazifasidan chetlashtirilgandan so‘ng, 1994-yilda prezidentning umumxalq saylovlari orqali saylanishini ko‘zda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. Saylovlarning ikkinchi bosqichida «men o‘nglar bilan ham, so‘llar bilan ham emas, balki xalq bilan birgaman» deb bayon qilgan A. Lukashenko g‘alaba qozondi. U korrupsiyaning oldini olish va Rossiya bilan birlashish orqali farovonlikka erishishni va’da qildi. Keyinchalik may oyida (1994) Lukashenko yangi parlament saylovlari bilan birgalikda referendumni ham o‘tkazdi. Bu referendum oldingi davlat ramzlarini (belgilarni) qaytardi, rus tilini hali o‘z mavqeyiga ega bo‘lishga ulgurmagan belorus tiliga tenglashtirdi, Rossiya bilan qo‘shilishni ma’qulladi va, eng asosiysi, prezidentning parlament ustidan hukmronligini ta’minladi. Faqatgina dekabr oyiga kelib yakunlangan parlament saylovlari natijalari muxolifatni bostirish va islohotlarni to‘xtatishga urinayotgan Prezidentga ma’qul emas edi. Hukumat kolxoz va sovxozlar tizimining uchdan ikki qismi kasod bo‘lish holatida ekanligiga qaramasdan, ularni saqlab qoldi. Prezident endigina boshlanayotgan xususiylashtirishni to‘xtatdi, iqtisodiyot 304 davlat tomonidan boshqarilishini va narxlar tartibga solinishini kuchaytirdi, tadbirkorlikni butunlay to‘xtatdi. Rossiyadan imtiyozli narxlar bilan energiya resurslarining sotib olinishi hukumatga ishlab chiqarishni o‘stirish va qashshoqlikni barqaror saqlashga imkon berdi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli og‘irligicha qolmoqda edi. Hukumat prezident tanlagan yo‘lga qarshi turuvchilarga shafqatsizlik bilan munosabatda bo‘ldi. Lukashenko o‘z hokimiyatini kuchaytirish maqsadida 1996-yilda refe- rendum o‘tkazish yo‘li bilan ham parlament, ham konstitutsion sud vakolatlarini cheklashga erishdi. U parlamentdan muxolifat vakillarini chetlashtirdi va o‘z vakolatlarini uzaytirishga erishdi. Bu voqealar va qatag‘onlarning kuchayishi Belorussiyada avtoritar tuzum shakllanishiga olib keldi. Parchalangan milliy-demokratik muxolifat kuchlari hech qanday ta’sirga ega bo‘lmay qoldi. Avtoritarizm yo‘li bilan mamlakatning «bo‘ysunuvchanligi»ga erishish hukumatga 2000-yilda korxonalarni xususiylashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, soliq tizimini isloh qilish, eksportni yanada rivojlan- tirishga qaratilgan besh yillik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish Dasturini qabul qilish imkonini berdi. Ammo og‘ir moliyaviy-iqtisodiy ahvol uni amalga oshirishni qiyinlashtirmoqda. 1997-yil bahorida Belorussiya va Rossiya o‘rtasida ikkala davlat Ham- do‘stligini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma, 1999-yil oxirida esa har bir mam- lakat o‘z suverenitetini saqlab qolgan holda dualistik davlat tuzish to‘g‘risida ittifoq shartnomasi imzolandi. Lukashenko Rossiya tomonidan hech qanday shartlarsiz Belorussiya qarzlarining katta qismidan voz kechilishiga va Rossiyadan xomashyo hamda energiya resurslarini imtiyozli narxlarda olib turishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo kelishuvlarning amalga oshirilishini ikkala mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyaning sustligi va iqtisodiyot hamda siyosiy tuzumning keskin farq qilishi murakkablashtirmoqda. Rossiya va Belorussiya hukumat- lari bajarish amri mahol bo‘lgan ishga qo‘l urgan: ular turli mafkuraviy- siyosiy tuzumga ega davlatlar konfederatsiyasini tuzmoqchilar. Belorussiyada 2006–2010-yillarga mo‘ljallangan rejada asosan kichik o‘rta korxonalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2007-yilda yillik o‘sish 8 foizni tashkil qildi. Import eksportga nisbatan yuqori (2,5 mlrd dollar). Eksportning asosini neftni qayta ishlash mahsulotlari tashkil qiladi. 2007- yilga kelib eng kam ish haqi 81,1 dollarni, yosh bo‘yicha o‘rtacha pensiya 160 dollarni tashkil etdi. 40 mingdan ortiq malakali ishchilar va 3 mingdan ortiq injener-texnik xodimlar metallurgiya sanoatida ishlaydi. Metallurgiya bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishda 2006-yilda Belorussiya MDH mamlakatlari ichida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Belorussiya territoriyasidan g‘arbga Rossiyaning katta neft va gaz quvurlari o‘tadi va Rossiyaning 27 foiz gazi Belorussiya orqali eksport qilinadi. 305 KAVKAZORTI RESPUBLIKALARI MUSTAQILLIGINING TIKLANISHI VA RIVOJLANISHI 80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Kavkazorti SSSRda milliy-ozodlik harakatlari faolligi bo‘yicha ikkinchi mintaqaga aylandi. Ular tanlagan yo‘l SSSRning boshqa respublikalari tanlagan yo‘llardan keskin farq qilardi. Bu respublikalarda yangi davlatchilikning shakllanishi va taraqqiyoti juda murakkab kechdi, uzoq muddatli va keskin to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. Gruziya Respublikasi 1985—1989-yillar davomida gruzin madaniyati va mamlakat mustaqilli- gining tiklanishi uchun kurashuvchi yig‘inlar va namoyishlar o‘tkazgan yuzdan ortiq turli tashkilotlar va guruhlar paydo bo‘ldi. Tbilisi shahrida 1989-yil 9- aprelda bo‘lib o‘tgan ko‘p ming kishilik miting qatnashchilariga sovet qo‘shinlarining hujum qilishi oqibatida ko‘plab tinch aholining halok bo‘lishi butun mamlakatning g‘azabini qo‘zg‘atdi va junbushga keltirdi. 1989-yilning kuzida Milliy ozodlik qo‘mitasi tashkil qilindi. Kom- munistik rahbariyatning obro‘si va ta’siri ildiziga bolta urildi. Sentabr oyida umumxalq so‘rovida fuqarolarning 89 foizi mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. 1991-yil aprel oyidagi referendum natijalari asosida Oliy Kengash Gruziya mustaqilligini va 1921-yilgi konstitutsiyani qayta tikladi. May oyida umum- xalq ovoz berish yo‘li bilan Gamsaxurdiya Gruziya Prezidenti etib saylandi. Mamlakatda sovetlar (kengashlar) va sobiq ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar bekor qilindi. Boshqaruv, xo‘jalikni liberallashtirish va demokratlashtirish bosh- Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling