Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
 
Versal — Vashington tizi-
mi iborasining mazmuni 
Versal tinchlik shartnoma-
sining Germaniya uchun 
oqibatlari 
Reparatsiya muammosi qay 
tarzda hal etildi? 
4 5 6 
Millatlar Ittifoqi qanday 
tashkilot va nima maqsadda 
tuzildi? 
Birinchi jahon urushining 
Avstriya uchun oqibatlari 
Birinchi jahon urushining 
Bolgariya va Vengriya 
uchun oqibatlari 
7 8 9 
Sevr shartnomasining 
Тur-
kiya uchun oqibatlari 
Nega Vashington konferen-
siyasi chaqirildi? 
«
Тo‘rtlar shartnomasi»ning 
mazmuni 
10 11 12 
«Beshlar shartnomasi»ning 
mazmuni 
«
Тo‘qqizlar 
shartnomasi»ning mazmuni 
Daues va Yung rejalari 
mazmuni 
13 14 15 
Rim—Berlin — 
Тokio 
uchburchagi 
Germaniya — Sovet 
shartnomasi mazmuni 
Nega urush boshlandi? 
 
QO‘SHIMCHA MATERIAL
Vudro Vilsonning tinchlik dasturi:
— Tinchlik shartnomalarining yashirin bo‘lmasligi.
— Ham tinchlik, ham urush davrida dengiz savdosining erkin bo‘lishi.
— Xalqaro savdodagi barcha to‘siqlarni yo‘q qilish.
— Davlatlarning qurolli kuchlarini davlat xavfsizligini ta’minlashga imkon
beruvchi darajagacha qisqartirish.
— Mustamlakalar bilan bog‘liq barcha muammolarni va nizolarni erkin,
samimiylik va xolislik ruhida hal etish.
— Germaniya bosib olgan barcha hududlarning ozod etilishi.
— Belgiyaning ozod etilishi va mustaqilligining tiklanishi.
— Elzas va Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi. Fransiyaning bosib olingan
boshqa hududlarining ozod etilishi.
— Italiya chegarasining aniq ajralib turuvchi milliy chegaralar asosida
o‘zgartirilishi.
— Avstriya-Vengriya tarkibiga kiruvchi xalqlarga muxtoriyat berilishi.
— Germaniyaning o‘z qo‘shinlarini Ruminiya, Serbiya va Chernogoriyadan olib
chiqib ketishi hamda Serbiyaning dengizga erkin chiqa olishini ta’minlash.
— Turkiya hududidagi xalqlarga muxtoriyat berilishi.
— Dardanell bo‘g‘ozining hamma davlatlar kemalari uchun ochiqligi.
— Dengizga chiqa oladigan mustaqil Polsha davlatining tiklanishi. Polyaklar
yashaydigan hududlarning Polshaga berilishi. Millatlar Ittifoqining tuzilishi.
Uning ham katta, ham kichik davlatlarning siyosiy mustaqilligini va hududiy
yaxlitligini kafolatlash maqomiga ega bo‘lishi.

22
3-§. Sovet davlati
Bolsheviklar o‘zlari qurmoqchi bo‘lgan yangi
jamiyatni kommunistik jamiyat deb ataganlar.
Ularning fikricha: bu jamiyat o‘z taraqqiyotida
ikki bosqichni bosib o‘tishi kerak edi. Birinchi
bosqichni sotsializm, ikkinchi bosqichni esa kommunizm deb ataganlar.
Sotsializm — kommunistik jamiyatning quyi bosqichi, kommunizm esa
yuqori bosqichi edi. U sotsializmning yuksak tarixiy taraqqiyoti natijasida
vujudga kelar edi.
1917-yilning 14-noyabrida Sovet hukumati xususiy zavod va fabrikalar-
da ishchi nazoratini o‘rnatish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Noyabr oxirida yirik sanoatni milliylashtirish (davlat ixtiyoriga olish)
boshlandi. 14-dekabrda esa xususiy banklarni, temiryo‘l transportini
milliylashtirish, tashqi savdoga davlat monopoliyasini o‘rnatish, ichki va
tashqi qarzlarni bekor qilish haqida dekret qabul qilindi. Shu tariqa 1918-
yil bahoriga kelib yirik xususiy sanoatning talaygina qismi: ko‘mir,
metallurgiya, neft, kimyo, mashinasozlik, to‘qimachilik va qand sanoati,
transport, savdo floti va tashqi savdo ham milliylashtirildi va Sovet davlati
xalq xo‘jaligining yetakchi tarmoqlarini o‘z qo‘liga oldi.
Bu tadbirlar shunday shiddatkorlik va murosasizlik, terror yo‘li bilan
amalga oshirildiki, bolsheviklar rahbari V. I. Lenin bu hodisani «kapitalga
qizil gvardiyachasiga hujum qilish», deb mag‘rurona baholagan edi. Mulk-
dorlar jon saqlash uchun chet ellarga qochib ketdilar.
Xalq xo‘jaligi davlat sektorini boshqarish maqsadida 1917-yilning 1-
dekabrida Xalq xo‘jaligi Oliy Kengashi tuzildi. Bu Kengashga juda katta
vakolatlar berildi. Jumladan, u istagan korxonani musodara qila olar, egallab
olar, shuningdek, yopib qo‘yar edi.
1918-yilning bahoridan boshlab «Yer to‘g‘risida»gi dekretni amalga
oshirish boshlandi. Barcha yer davlat mulki deb e’lon qilindi. Pomeshchik
yer egaligi tugatildi. Yerni dehqonlarga taqsimlab berish boshlandi. Yerga
ishlov berishda yollanma mehnatdan foydalanish taqiqlandi.
Yerni taqsimlab berish jarayonida Sovet hokimiyati faqat kambag‘al
dehqonlar manfaatini ko‘zlab ish tutdi. Bu esa o‘rtahol (o‘ziga to‘q) va boy
dehqonlar (quloqlar — yerga ishlov berishda yollanma mehnatdan
foydalanuvchilar)ning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Bolsheviklar
quloqlarni qishloq burjuaziyasi, deb ham atashardi. Tovar g‘allaning asosiy
qismi quloq xo‘jaliklarida yetishtirilardi.
Sovet hukumati siyosatidan norozi bo‘lgan quloqlar o‘z g‘allalarini davlat
belgilagan narxda davlatga sotishdan bosh tortdilar. Natijada, mamlakatda
oziq-ovqat tanqisligi ro‘y berdi. Barcha markaziy sanoat gubernalarida ochlik
boshlandi. Petrograd va Moskvada ishchilarga 50 grammdan non beriladi-
gan bo‘ldi.
Bolsheviklar qanday
jamiyat qurmoqchi
bo‘lgan edilar?

23
Shunday sharoitda Sovet hukumati g‘alla yetishtiruvchi asosiy tabaqa —
quloqlar bilan sog‘lom aql nuqtayi nazaridan til topishish o‘rniga zo‘ravonlik
siyosatini qo‘llashga o‘tdi. 1918-yilning mayidan boshlab mamlakatda oziq-
ovqat diktaturasi o‘rnatildi. Oziq-ovqat komissarligiga (vazirligiga) favqulodda
vakolatlar berildi. Mamlakatda don bilan erkin savdo qilish taqiqlandi. Donga
qat’iy baho belgilandi. Dehqonlar o‘zlariga iste’mol va urug‘ uchun belgilan-
gan normada g‘alla qoldira olar, qolganini esa davlatga topshirishga majbur
edilar. G‘allani yashirganlar «xalq dushmani» deb e’lon qilinardi va ularni
10 yillik ozodlikdan mahrum etish hamda mol-mulkini musodara qilish
jazosi kutardi.
1918-yilning o‘zidayoq quloqlardan 13 mln pud don va 50 mln gektar
yer tortib olinadi. Davlat, ayni paytda, dehqonlarga bo‘lib berilganidan
ortib qolgan yerda sovet xo‘jaligi (sovxoz), ya’ni sovet davlatining qishloq
xo‘jalik korxonasini tuza boshladi. Sovxozlarda ishlovchilar qishloq xo‘jaligi
ishchilari hisoblanardi. 1918-yilning oxiriga kelganda sovxozlar soni
3 mingdan ortiq bo‘lib, ularning yer maydoni 2 mln desyatinaga yaqin edi.
Sovxozlardan tashqari, dastlabki jamoa xo‘jaligi — yerni birgalashib
ishlovchi shirkatlar ham tuzila boshlandi. Bu shirkatlarga asosan hech narsasi
yo‘q dehqonlar va batraklar birlashgan edilar.
Sovet davlati o‘zining 74 yillik umrining eng gullab-yashnagan davrida
ham aholisini chet eldan g‘alla sotib olib ta’minlashga majbur bo‘lgan edi.
Buning ildizi 1918-yilga borib taqaladi. Chunki xuddi shu yildan boshlab
g‘alla yetishtiruvchi asosiy qatlam — boy dehqonlar yo‘qotila boshlangan
edi. Bu boy dehqonlar, aslida, bugungi rivojlangan davlatlardagi ishbilarmon,
tadbirkor fermerlar kabi edi.
Umumiy ko‘lamdagi fuqarolar urushi 1918-yilning
yozidan boshlandi va 1920-yilning oxirigacha davom
etdi. Ayni shu yillar davomida Antanta davlatlari
bosqinchilik yurishlari ham uyushtirdi. Shuning
uchun 1918-yilning yozidan 1920-yilning oxirigacha bo‘lgan davr Sovet davlati
tarixiga fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi davri sifatida kirdi. Xo‘sh,
fuqarolar urushi va chet el intervensiyasining sabablari nima edi?
1918-yilning yanvar  oyida Ruminiya Sovet hukumatining og‘ir ahvolidan
foydalanib, Bessarabiyani bosib oldi. Mart-aprel oylarida Buyuk Britaniya,
Fransiya va AQSH Murmansk va Arxangelskka, Yaponiya, AQSH, Buyuk
Britaniya Uzoq Sharqqa qo‘shin tashladi. Turkiya esa Armanistonni va
Ozarbayjonning katta qismini bosib oldi. Buyuk Britaniya qo‘shinlari esa
Turkmanistonning bir qismini egalladi.
Antanta rahbarlari birinchi jahon urushi yillarida Avstriya — Vengri-
yaning asir olingan Rossiyadagi chex va slovak millatiga mansub askarlaridan
foydalanishga ham qaror qildilar. Antanta Muvaqqat hukumat bilan
kelishgan holda ulardan alohida chexoslovak korpusi deb atalgan korpus
tuzdi va qurollantirildi. 45 ming kishilik bu korpus Antanta qo‘mondonli-
giga bo‘ysunar edi.
Fuqarolar urushi
va chet el
intervensiyasi

24
Biroq sovet hukumati urushdan chiqqach, bu harbiy korpusning urush
harakatlarida qatnashishiga yo‘l qo‘ymadi va bu korpusni mamlakat
hududidan chiqarib yuborishni istadi hamda uning Vladivostok orqali
Fransiyaga jo‘nab ketishiga ruxsat berdi. Korpusning eshelonlari Volgadan
to butun Transsibir temir yo‘l magistrali bo‘ylab cho‘zilib ketgan edi. 1918-
yilning may oyi oxirida korpus Sovet hokimiyatiga qarshi isyon ko‘tardi.
Aslida bu sovet davlatiga qarshi Antanta uyushtirgan ochiq harbiy hujum
edi. Ularga Sovet hokimiyatining barcha ichki dushmanlari qo‘shildi. Isyon-
chilar qisqa vaqt ichida Volgabo‘yi, Ural, Sibir va Uzoq Sharqni egalladilar
va u yerlarda Sovet hokimiyatini ag‘darib tashladilar.
Shu tariqa Sovet Rossiyasi tarixida fuqarolar urushi va chet el
intervensiyasi davri boshlandi. Bolsheviklar armiyasi qizil armiya deb,
ularning ichki dushmanlari armiyasi esa oq gvardiyachilar, deb atala
boshlandi.
1918-yilning yozi oxiriga kelganda Sovet hokimiyati ahvoli nihoyatda
og‘irlashdi. Ana shunday sharoitda Sovet hokimiyati o‘zini saqlab qolish
uchun qator qat’iy va favqulodda choralar ko‘rdi. Qizil armiyada mustahkam
tartib o‘rnatdi. 1918-yil oxiriga kelib qizil armiya soni 1 mln kishiga yetkazildi.
Sobiq podsho Rossiyasining 75000 general va zobitini o‘z tomoniga tortishga
erishdi. Ularsiz zamonaviy muntazam armiyani tuzib bo‘lmas edi. Armiyadan
qochganlar uchun eng og‘ir jazo belgilandi. Bundan tashqari, Sovet hukumati
Sovet davlatini «yagona harbiy lager» deb e’lon qildi.
1918-yilning sentabr oyida V. I. Leninga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng
mamlakatda qizil terror tartibi joriy etildi. 80 mingdan ortiq kishi
konsentratsion lagerlarga tashlandi.
Ayni paytda Sovet hokimiyati 1919-yildan boshlab mamlakatda «harbiy
kommunizm» siyosatini joriy etdi. Uning mazmunini oziq-ovqat razvyorstkasi
deb atalgan tartib joriy etilganligi tashkil etdi. Oziq-ovqat razvyorstkasi — bu
dehqonlarning o‘zlaridan ortiqcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarining
hammasini davlatga majburiy tartibda topshirishidir. Davlatga g‘alla och
qolayotgan shahar aholisini (Sovet hokimiyatining asosiy tayanchi bo‘lgan
ishchilarni) va qizil armiyani non bilan ta’minlash uchun zarur edi.
Bundan tashqari, «harbiy kommunizm» — bu xususiy savdoning bata-
mom taqiqlanishi, pulning bekor qilinishi, oziq-ovqat mahsulotlarini tenglik
tamoyili asosida taqsimlash, faqat yirik va o‘rta sanoatgina emas, hatto
mayda sanoatni ham milliylashtirish, boshqaruvning o‘ta markazlashtirilishi
ham edi.
Xo‘sh, nega bu siyosat «harbiy kommunizm» siyosati deb atalgan?
Bu iboradagi «harbiy» so‘zi — bu siyosatning fuqarolar urushi va harbiy
intervensiya davrida qo‘llanilganligini anglatadi.
«Kommunizm» so‘zi esa 1919—1921-yillarda Sovet Rossiyasida mark-
sizm-leninizm ta’limoti tasavvuridagi kommunizmga xos quyidagi

25
xususiyatlar amal qilganligini anglatadi: savdoning tugatilganligi; pulning
bekor qilinganligi, binobarin, mehnat uchun pul to‘lanmasligi; aholiga
iste’mol mollarini taqsimlab berishning amal qilishi; barcha xizmat
turlarining tekinligi.
To‘rtlar ittifoqining yengilishi Antantaga Sovet
Rossiyasi hududiga kiritilgan qo‘shinlarining so-
nini ko‘paytirishga imkon berdi. Chunonchi,
1919-yilning fevral oyida Antantaning Rossiya janubiy hududiga tashlan-
gan qo‘shinining soni 130 ming, Uzoq Sharq va Sibirdagi qo‘shini esa 20
ming kishiga yetkazildi. Ayni paytda, Antanta oq gvardiyachilarni qo‘llab-
quvvatlay boshladi.
1918-yilning 18-noyabrida Sibirda hokimiyat oq gvardiyachi admiral
A. V. Kolchak qo‘liga o‘tdi. U o‘zini Rossiyaning Oliy hukmdori deb
e’lon qildi. 1919-yilning yanvarida Shimolda general Ye. K. Miller,
shimoli-g‘arbda general N. N. Yudenich, janubida A. I. Denikin diktaturasi
o‘rnatildi.
Biroq Antanta o‘z niyatiga erisha olmadi. Uning qo‘shinlari mahalliy
aholi, qizil armiya qismlarining qattiq qarshiligiga duch keldi. Bundan
tashqari, ularga bolsheviklarning tinimsiz tashviqotlari ham qattiq ta’sir
ko‘rsatdi. Natijada ular Sovet hokimiyatiga qarshi kurashdan bosh torta
boshladilar. Ish hatto ularning o‘z hukumatlari intervensiya siyosatiga qarshi
isyon ko‘tarishlarigacha borib yetdi. Isyonning eng yirigi Odessa va Sevas-
topol shaharlari portlarida turgan fransuz harbiy kemalarida yuz berdi. Jang-
chilarning to‘la bolsheviklashuvidan xavfsirab qolgan Antanta Oliy kengashi
1919-yilning aprelidan boshlab o‘z qo‘shinlarini Sovet Rossiyasi hududidan
olib chiqib ketdi.
Endi ularning asosiy umidi oq gvardiyachilar edi. Antanta davlatlari
ularga  har tomonlama yordam ko‘rsatdilar. 1919-yilning mart oyida
A. V. Kolchak qo‘mondonligidagi yaxshi qurollangan 300 ming kishilik armiya
hujumga o‘tdi. S. S. Kamenev va M. V. Frunze qo‘mondonligidagi sovet
armiyasi  1920-yil boshida A.V. Kolchak armiyasini tor-mor etdi. Uning
o‘zi asir olindi va otib tashlandi.
1919-yilning yozida Janubiy frontda hal qiluvchi janglar boshlandi.
3-iyul kuni general A. I. Denikin armiyasi hujum boshladi. Biroq u ham
maqsadiga erisha olmadi. A. I. Yegorov qo‘mondonligidagi Janubiy front
qo‘shinlari oktabr oyida A. I. Denikin armiyasining asosiy qismini tor-mor
etdi. Uning qolgan qismiga qo‘mondonlik qilish 1920-yilning aprel oyida
general P. N. Vrangel qo‘liga o‘tdi va ular Qrimda mustahkamlanib oldilar.
1920-yilning iyun oyida P.N. Vrangel armiyasi hujumga o‘tdi. Biroq
M. V. Frunze qo‘mondonligidagi Janubiy front qo‘shinlari uning hujumini
to‘xtatdi. 28-oktabrda esa qarshi hujumga o‘tib, Qrimni to‘la egalladi. Oq
gvardiyachilarning qolgan-qutganlari va ularga tarafdor fuqaro qochoqlar
kemalarda chet ellarga jo‘nab ketdilar.
Frontlardagi
o‘zgarishlar

26
Shunday qilib, sovet Rossiyasining Yevropa qismida oq gvardiyachilar
to‘la tor-mor etildi.
Fransiyaning mablag‘iga qurollantirilgan Polsha
armiyasi 1920-yilning 25-aprelida Sovet Ukrai-
nasiga hujum qildi va 6-mayda Kiyev shahrini
bosib oldi. Polsha hukmron doiralarining maq-
sadi Boltiq dengizidan Qora dengizgacha cho‘zi-
ladigan Buyuk Polsha davlatini vujudga keltirish edi. Biroq bu maqsad
amalga oshgani yo‘q. 1920-yil 14-may kuni M. N. Tuxachevskiy qo‘mon-
donligidagi G‘arbiy front va A. I. Yegorov qo‘mondonligidagi Janubi-G‘arbiy
front qo‘shinlari qarshi hujumga o‘tdilar. Iyul oyida Polsha armiyasi
mamlakat hududidan surib chiqarildi. Shunday bo‘lsa-da, Sovet davlati
rahbariyati urush harakatlarini to‘xtatmadi.
Hukumat Qizil Armiya oldiga hujumni davom ettirish, Polsha poytaxtini
egallash va Polshada sovet hokimiyatini e’lon qilish uchun barcha zarur
harbiy-siyosiy sharoit yaratish vazifasini qo‘ydi. Hujum davom etayotgan
bir sharoitda hatto F. E. Dzerjinskiy (Butunrossiya favqulodda komissiyasi
raisi) boshchiligida bo‘lajak Sovet Polshasi hukumati tuzildi. Biroq barcha
zarur ta’minotdan ajralib qolgan sovet davlatining G‘arbiy front qo‘shinlari
Varshava shahri ostonalarida mag‘lubiyatga uchradi va, shu tariqa, Polsha-
ni sovetlashtirish siyosati barbod bo‘ldi. 1920-yilning oktabr oyida Polsha—
Rossiya yarash bitimi, 1921-yilning mart oyida esa tinchlik shartnomasi
imzolandi. Unga ko‘ra, Ukraina va Belorussiyaning g‘arbiy qismlari Polshaga
o‘tdi.
Polshani «sovetlashtirish» siyosati barbod bo‘lgan bo‘lsa-da, Sovet
hukumati bu siyosatni boshqa chekka o‘lkalardagi xalqlarning milliy-ozodlik
harakatini qonga botirish orqali amalga oshirdi. Chunonchi, 1920-yilning
aprel oyida Ozarbayjonda, noyabr oyida esa Armanistonda, 1920-yilning
fevral-mart oylarida Gruziyada shunday qilindi.
O‘rta Osiyoni sovetlashtirish maqsadida Turkiston ASSR tuzildi. Buxoro
amirligi va Xiva xonligi o‘rnida 1920-yilning fevralida Xorazm, oktabr oyida
esa Buxoro Xalq Respublikalari tuzilganligi e’lon qilindi.
A. B. Kolchak armiyasi tor-mor etilgach, Qizil Armiya 1920-yilning
bahorida Uzoq Sharq tomon yurish boshladi. Uzoq Sharqni bu davrda
Yaponiya egallab olgan edi. 1922-yilda Qizil Armiya Vladivostok shahrini
egalladi va Uzoq Sharq oq gvardiyachilar hamda interventlardan to‘la
tozalandi.
Shu tariqa fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi bolsheviklar g‘alabasi
bilan tugadi. Bolsheviklar g‘alabasining asosiy sababi — ularning mamlakat
aholisi asosiy qismi bo‘lgan mayda va o‘rtahol dehqonlar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanishiga erishganliklari edi. Ayni paytda milliy chekka o‘lkalarda
ham ularni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar bo‘lgan edi.
Sovet — Polsha urushi.
Chet el intervensiyasi
va fuqarolar
urushining tugashi

27
Oq gvardiyachi hukumatlar esa Rossiya hududining bo‘linmasligi va
davlatning yagonaligini e’lon qilganlar. Bu esa, tabiiyki, ularning milliy
chekka o‘lkalarda qo‘llab-quvvatlanmasligiga sabab bo‘lgan.
1919-yildan Sovet hokimiyati o‘rtahol dehqonlarga nisbatan siyosatni
o‘zgartirdi. Agar avvalgi yillarda u o‘rtahol dehqonlarni betaraf qoldirish
siyosatini yuritgan bo‘lsa, endi uni o‘z tomoniga og‘dirish siyosatini yurita
boshladi. Ayni paytda Sovet davlati Antanta davlatlari o‘rtasidagi ziddiyat-
lardan ustalik bilan foydalana oldi. Chunonchi, o‘ziga qo‘shni davlatlar —
Finlandiya, Estoniya, Latviya va Litva bilan tinchlik shartnomalari, Shvetsiya
va Daniya bilan o‘zaro manfaatli savdo shartnomalari imzolay oldi.
Bolsheviklar ilgari surgan kommunistik mafkura
Turkiston xalqlari uchun mutlaq yot tushuncha
edi. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu
mafkurani avval boshdanoq o‘ziga singdira
olmadi. Ikkinchidan, Sovet hukumati o‘rnatilgan
dastlabki kundanoq unga mahalliy aholi vakillari jalb etilmadi. Bu bilan
bobolarimiz milliy g‘ururi va haq-huquqi inkor qilindi. Shu tariqa, Turkis-
tonda o‘rnatilgan sovet tuzumi podsho Rossiyasi mustamlakachiligining
yangi shakli ekanligi dastlabki kunlardanoq oshkor bo‘lib qolgan edi.
Uchinchidan, Sovet hokimiyati mahalliy xalqning asrlar davomida
shakllangan urf-odatlari, milliy qadriyatlarini toptagan, oyoqosti qilgan edi.
Shuning uchun ham millatparvar, erksevar kuchlar 1917-yilda Turkiston
Muxtoriyatini tuzdi. Biroq u Sovet hokimiyati tomonidan qonga botiril-
ganligi sizga avvalgi darslardan ma’lum.
Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi bilan farg‘onaliklar Turkistonda
birinchi bo‘lib bolsheviklar hokimiyatiga qarshi qurolli kurashga otlandilar.
Turkistonda milliy-ozodlik harakati 1918-yilning fevral oyida boshlandi.
Katta Ergash, Kichik Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek, Islom
pahlavon va Yormat Maxsum kabilar bu harakat yo‘lboshchilari bo‘ldilar.
Sovet hokimiyati Turkiston xalqlari milliy-ozodlik harakatini bosmachilik
harakati, deb tahqirladi.
«Bosmachi» deyilganda xalq o‘rtasida harbiy sohaga aloqasi bo‘lmagan
jinoyatchi unsurlar, o‘g‘rilar va bezorilar to‘dasi tushunilgan. Xo‘sh,
Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining harakatlantiruvchi kuchlari ana
shunday jinoyatchi to‘dalar edimi? Aslo unday emas. Ular Turkistonni
bosqinchi bolsheviklar armiyasidan tozalash, Sovet hokimiyatini tugatish,
milliy mustaqil davlatga ega bo‘lish uchun kurashganlar. Bu kurash 1935-
yilgacha davom etdi. Biroq bu harakat Sovet hokimiyati tomonidan
shafqatsizlarcha bostirildi.
Fuqarolar urushi va chet el intervensiyasi nati-
jasida Sovet Rossiyasi katta talafot ko‘rdi.
Chunonchi, xalq xo‘jaligiga yetkazilgan zarar
50 mlrd oltin so‘mni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 1920-yilda 1913-
Yangi iqtisodiy
siyosat
Turkiston xalqlari
milliy-ozodlik
harakatining
tor-mor etilishi

28
yilga nisbatan 7 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish
esa 3 foizga kamaydi. Urush maydonlarida, shuningdek, ochlik va kasallik,
oq va qizil terror natijasida 8 mln kishi halok bo‘ldi. 2 mln kishi siyosiy
boshpana izlab mamlakatdan chiqib ketdi. Ularning 75 mingdan ortig‘i
ilg‘or va talantli ziyolilar edi.
Ishchilarning soni 2 baravar kamaydi. Ularning ma’lum qismi sinfiy
qiyofasini yo‘qotdi. Ishsizlik kuchaydi, bu hol ularda afsuslanish, loqaydlik,
tushkunlik kayfiyatini kuchaytirdi. Ayni paytda, ishchilar orasida sovet
hokimiyati siyosatidan norozilik ham kuchayib bordi. Ishchilar madadidan
ayrilish sovet hokimiyati uchun hayot-mamot masalasi edi. 1920-yilning
oxiriga kelganda dehqonlar oziq-ovqat razvyorstkasi siyosatiga ochiqdan-
ochiq qarshi chiqa boshladi.
Bu tahdid sovet hokimiyati uchun qanday oqibatga olib kelishi
mumkinligini 3,5 millionli Qizil Armiyaning 77 foizini dehqonlar tashkil
etganligidan bilsa ham bo‘lar edi. Ahvol shaharlarda ish tashlashga,
qishloqlarda esa dehqonlarning isyoni kuchayishigacha borib yetdi.
Norozilik armiyaga ham kirib bordi. Chunonchi, 1921-yilning fevral
oyida Kronshtadt harbiy-dengiz qal’asida isyon ko‘tarildi. Sovet hukumati
isyonni kuch bilan bostirdi. Sovet hukumati «harbiy kommunizm» siyosatini
bekor qilishga, 1921-yil bahorida uning o‘rniga yangi iqtisodiy siyosat (nep)ni
joriy etish yo‘lini tutishga majbur bo‘ldi. Yangi iqtisodiy siyosatning asosiy
yo‘nalishlarini mashhur iqtisodchi M. A. Lorin ishlab chiqqan.
Xo‘sh, yangi iqtisodiy siyosat «harbiy kommunizm» siyosatidan qanday
asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi?
1. Razvyorstka o‘rniga oziq-ovqat solig‘i joriy etildi. Bu soliq, birinchidan,
razvyorstkadan 2 baravar kam edi. Ikkinchidan, u oldin e’lon qilib qo‘yildi.
Ayni paytda, uning miqdori qat’iy va o‘zgarmas edi. Bu hol, o‘z navbatida,
dehqonga soliq uchun to‘langan miqdordan ortib qolgan donni o‘ziga olishga
imkon berardi. Endi, dehqon uni bozor narxida erkin sotish imkoniga ega
bo‘ldi. Yakka hol dehqonlar qishloq xo‘jalik mahsulotining 98,5 foizini
ishlab chiqaradigan bo‘ldi.
2. Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida milliylashtirilgan mayda va
o‘rta korxonalar egalariga qaytarib berildi. Xususiy shaxslarga bunday
korxonalarni ochishga ruxsat etildi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish
vositalari ijarasi joriy etildi.
3. Chet el kapitali kirib kelishiga ruxsat etildi. Ular Sovet davlati
korxonalarini ijaraga ola boshladilar. Ayni paytda qo‘shma korxonalar
qurishga ruxsat etildi. 20-yillarning o‘rtalariga kelganda, kapitalistik sektor
sanoat mahsulotining 27 foizini ishlab chiqara boshladi. Chakana savdo-
ning 75 foizi, ulgurji savdoning esa 18 foizi xususiy soha qo‘lida to‘plandi.
4. Korxonalarning xo‘jalik hisobi asosida ishlashi joriy etildi. Bu esa,

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling