Jahon tarixi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
foizgacha kamaydi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarildi. Soliqlar miqdori
oshirildi. Iqtisodiy inqiroz mamlakat tashqi savdosiga ham juda katta zarba berdi. Uning hajmi 60 foizga kamaydi. Inqiroz Fransiya mustamlakalariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, Hindixitoyda mustamlakachilik zulmiga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarildi. Marokash va Jazoirda milliy-ozodlik kurashi kuchaydi. Xalqaro ahvol ham Fransiya uchun qulay emas edi. 1933-yilda Germaniyada fashizmning hokimiyat tepasiga kelishi Fransiyaning biqinida urush o‘chog‘i vujudga kelganligini anglatar edi. Bir tomondan, iqtisodiy inqirozni vujudga keltirgan iqtisodiy qiyinchiliklar va hukumatning ularni bartaraf etishdagi ojizligi, ikkinchi tomondan, Germaniyaning Versal shartnomasini buzishga urinishi va uning keng miqyosda qurollana boshlashiga qarshi tura olmaslik mamlakatda o‘ta o‘ng hamda fashistik kuchlar faollashuviga olib keldi. Ular parlament tuzumiga ishonchsizlik bilan qaray boshladilar va jamiyat hayotida davlatning rolini oshirish talabi bilan chiqa boshladilar. 1932-yilda parfyumeriya sanoati yirik magnati Koti «Fransuz hamkorligi» deb ataluvchi fashistlar partiyasini tuzdi. Shuningdek, mamlakatda «Jangovar xochlar» va boshqa qator fashistik tashkilotlar faoliyat yurita boshladi. Ularning maqsadi Fransiyada ham fashistik diktatura o‘rnatish edi. Fashistik tashkilotlarning faoliyati kuchayib bordi. Fransiya fashistlari hokimiyatni egallashga ochiq- dan-ochiq harakat qila boshladilar. Shu maqsadda ular 1934-yil 6-fevralda qurolli isyon uyushtirdilar. Bu isyonga «Stavisskiy ishi» bahona bo‘lgan. Rossiyalik emigrant, xalqaro firibgar, tovlamachi Stavisskiy firibgarlik orqasidan juda katta boylik Fashistlar isyoni Iqtisodiy inqiroz va uning oqibatlari 53 to‘plagandi. U Fransiyada aholiga juda katta miqdorda qalbaki aksiyalar sotishga ulgurgan va bu qalbaki aksiyalar uni sotib olganlarni xonavayron qilgandi. 1934-yil yanvar oyida Stavisskiy fosh etildi. Tekshiruvlarda qator siyosiy arboblarning ham qalbakichilikda qo‘li borligi aniqlandi. Fashistlar bu ishda mamlakat parlamentini aybdor deb e’lon qildilar va 6-fevral kuni qurolli isyon ko‘tardilar. Garchand, isyon muvaffaqiyatsiz tugagan bo‘lsa- da, fashistlar hukumatning iste’fo berishiga erishdilar. Fashistlar isyoni Fransiya jamiyatining sog‘lom kuchlarini qattiq qayg‘uga soldi. Ularning chaqirig‘i bilan kuchli antifashistik harakat oyoqqa turdi. 12-fevral kuni ularning (sotsialistlar, kommunistlar, radikallar va partiyasiz- lar) chaqirig‘i bilan mamlakatda umummilliy namoyishi o‘tkazildi. Unda 4,5 mln kishi qatnashdi. Shu tariqa, mamlakatda antifashistik kuchlar ittifoqini vujudga keltirish uchun qulay sharoit vujudga keldi. Fashizm xavfi sotsialist- lar va kommunistlarni o‘rtadagi o‘zaro ginalarni unutishga undadi. Natijada 1934-yil 27-iyulda Fransiya Sotsialistik partiyasi va Fransiya Kommunistik partiyasi o‘rtasida «Harakat birligi to‘g‘risida pakt» imzolandi. Bu ikki partiyaning antifashistik harakatiga tez orada radikallar partiyasi ham qo‘shildi. 1935-yil 14-iyulda sotsialistlar, kommunistlar va radikallar partiyasi birgalikda katta namoyish o‘tkazdilar. Shu tariqa Fransiyada «Xalq fronti» vujudga keldi. 1936-yil aprel—may oylarida o‘tkazilgan parlament saylovlarida xalq fronti g‘alaba qozondi. U parlamentda umumiy o‘rinning deyarli uchdan ikki qismini egalladi. Sotsialist Leon Blyum boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Bu hukumat ish haqini oshirish, 40 soatli ish haftasi, korxonalarda jamoa shartnomalari tuzish, kasaba uyushmalari huquqini himoya qilish, haq to‘lanadigan ta’til berish kabi qator qarorlar qabul qildi. Parlament fashistik tashkilotlar faoliyatini taqiqlash haqida muhim qonun qabul qildi. Biroq bu qonun fashistlarga qonuniy faoliyat yurituvchi partiya tuzishga ruxsat etgan. Shunday qilib, Fransiyada fashizm hoki- miyatni egallay olmadi. Bunga Fransiyada fashizmning ijtimoiy tayanchi yo‘qligi hamda so‘l kuchlarning xalq fronti tuzishga erishganligi sabab bo‘ldi va mamlakatni fashizm diktaturasidan saqlab qolishda Xalq fronti hal qiluvchi rol o‘ynadi. Biroq tez orada «Xalq fronti» ichida kelishmovchilik yuzaga keldi. Buning sababi xalqaro va ichki siyosatda yagona fikrga kela olmaganlikda edi. 1936-yil iyul oyida Ispaniyada boshlangan Franko isyoni Fransiya uchun fashist davlatlari qurshovida qolish xavfini vujudga keltirdi. Shunday sharoitda hukumat Buyuk Britaniya qistovi bilan Ispaniya ishlariga «aralashmaslik» siyosatini yurita boshladi. Kommunistlar bu siyosatga qarshi chiqdilar. Bundan tashqari, mamlakatda fashistlar partiyasining faoliyati man etilma- ganligi hukumat bilan so‘l kuchlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilikni yanada kuchaytirdi. Xalq frontining tuzilishi 54 Ayni paytda hukumat budjet tanqisligini bartaraf etolmaganligi ham munosabatlarni yanada sovutdi. Bularning bari 1938-yil aprel oyida L. Blyum hukumatini iste’fo berishga majbur etdi. Radikallar partiyasi rahbari Ye. Dalad’e yangi hukumat tuzdi. Uning 30-sentabrda Myunxen shartno- masini imzolashi Xalq frontida qattiq tanqidga sabab bo‘ldi. Myunxen shartnomasiga ko‘ra, Chexoslovakiyaning Sudet viloyati Germaniyaga olib berilgan edi. Bu shartnoma tez orada Gitlerga Chexoslovakiyani to‘la bosib olish uchun yo‘l ochgandi. Natijada Radikallar partiyasi noyabr oyida «Xalq fronti» tarkibidan chiqdi. Shu tariqa Xalq fronti tarqab ketdi. Ye. Dalad’e o‘ng partiyalarga tayanib faoliyat yurita boshladi. 1938-yil 6- dekabrda Fransiya Germaniya bilan o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitimdan hech farq qilmaydigan qo‘shma deklaratsiyani imzoladi va shu oyda Italiyaning Efiopiyani bosib olganligini ham tan oldi. 1939-yil mart oyida Germaniyaning Chexoslovakiyani bosib olishiga hech qanday to‘sqinlik qilmadi. Uning niyati Germaniya agressiyasi tig‘ini Sharqqa — Rossiyaga burib yuborish edi. Ayni paytda 1939-yilning mart oyida Fransiya hukumati har ehtimolga qarshi Buyuk Britaniya bilan harbiy ittifoq tuzdi. Biroq tashqi siyosatdagi bu nayranglar Fransiyani saqlab qola olmadi va u 1940-yilda Germaniya hujumi natijasida tiz cho‘kishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Fransiya Birinchi jahon urushida g‘olib bo‘lsa-da, iqtisodiy taraqqiyoti tezlashmadi. Buyuk davlatlar ta’siridan chiqolmadi. Ikki yuzlamachi siyosat yuritdi. Fashizm qurboni bo‘ldi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Birinchi jahon urushining Fransiya uchun oqibatlari jadvalini tuzing. «Milliy blok» hukumatining ichki va tashqi siyosati haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. AQSH va Buyuk Britaniyaning Fransiyaga nisbatan tutgan siyosatidan qanday xulosa chiqargan bo‘lardingiz? 3. «So‘l blok» qay tariqa yuzaga keldi? Bu ittifoq ichki va tashqi siyosatining mazmunini tahlil eting va uni «Milliy blok» ichki va tashqi siyosati bilan taqqoslang. 4. «So‘l blok»ning barham topishi sabablarini qayd eting. 5. «Milliy birlik» hukumati qay tariqa tuzildi? 6. Jahon iqtisodiy inqirozining Fransiya uchun oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 7. Fransiyada fashizm hokimiyat tepasiga kela olmaganligini izohlab bering. 8. Xalq fronti qay tariqa vujudga kelgan edi? Uning Fransiya tarixida tutgan o‘rniga baho bering. 9. Germaniya agressiyasining oldi olinmaganligida Fransiya ham aybdor ekanligini faktlar asosida izohlab bering. ? 55 JADVALNI TO‘LDIRING. 1918—1939-YILLARDA FRANSIYA SIYOSATI . r . T i t a m u k u h t a k a l m a M i r a b h a r k i l n o r m k u H i r a l l i y i t a s o y i s i k h c I i q h s a T i t a s o y i s 6-§. Buyuk Britaniya Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari, avvalo, uning bu urushda g‘olib chiq- qan davlatlardan biri bo‘lganligi bilan belgilanadi. G‘alaba tufayli Buyuk Britaniya ko‘p narsalarga erishdi. Chunonchi, Germaniyaning Buyuk Brita- niyaga xavfi barham topdi. Buyuk Britaniyaning harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta’siri yanada o‘sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo‘lgan davlatga aylandi. Millatlar Ligasi joriy etgan mandat tizimi eng ko‘p darajada Buyuk Britaniyaga foyda keltirdi. Chunonchi, mag‘lub Germaniya va Turkiya sobiq mustamlakalarining eng ko‘p qismi Buyuk Britaniyaga tegdi. Masalan, Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda Falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish huquqini qo‘lga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi. Shuningdek, Buyuk Britaniya dominionlari ham quruq qolmadi. Millatlar Ligasi, xususan, Janubiy Afrika Ittifoqiga Germaniyaning Janubi-G‘arbiy Afrikasini, Avstraliyaga Yangi Gvineyadagi Germaniya mustamlakalarini, Yangi Zelandiyaga esa G‘arbiy Samoa orollarini boshqarish huquqini berdi. Biroq shuni ham alohida ta’kidlash zarurki, urush Buyuk Britaniyaga faqat muvaffaqiyat keltiribgina qolmadi. Urush uning dunyodagi mavqeyiga katta putur yetkazib, jahon bozorida hukmronlik mavqeyini pasaytirdi. Moliyaviy yetakchiligi ham barham topdi. Natijada u qarz beruvchi davlatdan qarz oluvchi davlatga aylanib qoldi. Chunonchi, Buyuk Britaniyaning ichki davlat qarzi 1914-yildagi 650 mln funt sterlingdan 8 mlrd funt sterlingga yetgan. AQSHdan esa 5 mlrd dollardan ortiq miqdorda qarz bo‘lib qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi keskin darajada pasaydi. Ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi pasayishi oqibatida mamlakat tashqi savdosi hajmi 2 baravardan ortiq kamaydi. Buyuk Britaniya shundan so‘ng o‘zining «dengiz malikasi» maqomini tiklay olmadi. Germaniya harbiy-dengiz floti qudrati sindirilgan bo‘lsa-da, endilikda AQSH harbiy-dengiz flotining qudrati shitob bilan o‘sib bordi. Natijada 1920-yilga kelib Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy- dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari 56 bo‘ldi. Bu omillar va Buyuk Britaniya mustamlakalaridagi milliy-ozodlik kurashi oqibatida Britaniya mustamlakachilik tizimining inqirozi boshlandi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari butun choralar bilan mavjud ahvolni o‘zgartirishga harakat qildi. 1918-yilning oxirida mamlakatda iqtisodiy o‘sish boshlandi. Bu 1920-yilning o‘rtalarigacha davom etdi. Bunga keng iste’mol tovarlariga aholi talabining o‘sishi hamda urush vayronalarini tiklash ehtiyoji hisobiga erishildi. Bu o‘sish tashqi savdo o‘sishida yaqqol namoyon bo‘ldi. Chunonchi, shu davr oralig‘ida eksport 38,1 foiz o‘sdi. Biroq bu o‘sish uzoqqa cho‘zilmadi. 1920-yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921-yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan birga qisqardi va u urushdan oldingi darajaning 68 foizini tashkil etdi. Ko‘mir qazib chiqarish 30 foiz, tashqi savdo hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2 baravarga kamaydi. Ishlab chiqarishning keskin kamayishi ishsizlar sonining o‘sishiga sabab bo‘ldi. Masalan, ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 1920-yilda 375 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 1921-yil o‘rtalarida bu ko‘rsatkich 2,2 mln ga yaqin kishini tashkil etdi. 1922—1923-yil mobaynida mamlakat iqtisodiyotida turg‘unlik saqlanib qoldi. 1924—1929-yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning qaror topishi davri bo‘ldi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir joyda depsinib turdi. Masalan, 1929-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1913-yil darajasiga arang yetdi. Faqat sanoatning yangi turlari (mashinasozlik, kimyo, samolyotsozlik va avtomobil) hisobigagina bunga erishildi. 1913-yilda rivojlangan davlatlar orasida Buyuk Britaniyaning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 14,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1926— 1929-yillarda 9,8 foizga tushib qoldi. Buyuk Britaniyaning iqtisodiy jihatdan tobora orqada qolayotganligi- ning asosiy sababi kapitalni yangilashga kam mablag‘ sarflanayotgani, investitsiya ko‘proq «dengiz orti davlatlari»ga qo‘yilayotgani va sanoatda ishlatilayotgan texnika sifat jihatidan raqobatbardosh emasligi edi. Angliya hukmron doiralari bu omillar ahamiyatini o‘z vaqtida va to‘g‘ri anglay olmadilar. Texnika jihatidan qoloqligi tufayli Buyuk Britaniya jahon bozorida birin-ketin o‘z mavqeyini boy bera boshladi. Eksport tobora qisqara bordi. Tashqi savdo hajmi urushdan oldingi darajaning 87 foizini tashkil etdi, xolos. Importning hissasi tobora ortib bordi. Bu holat oddiy xalqning turmush darajasiga ta’sir etmay qolmadi. Xalq turmush darajasi ancha pasaydi va real ish haqi kamaydi. Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya — Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o‘rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd Mamlakatning siyosiy hayoti Mamlakat iqtisodiy hayotidagi o‘zgarishlar 57 etilgan omillar ta’siri ostida tobora o‘z mavqeyini yo‘qotib bordi. Liberal partiya rahbari, mamlakat bosh vaziri D. Lloyd-Jorj (1863—1945) o‘z partiyasining mavqeyini saqlab qolish niyatida 1918-yil dekabr oyida parlament saylovini o‘tkazdi. Birinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi tufayli Liberal partiya harbiylar orasida salmoqli mavqega ega bo‘ldi. Liberallar va Konservatorlar partiyasi saylovda birgalikda ishti- rok etdilar. Ular saylovda mamlakatni iqtisodiy va siyosiy qayta qurish shiori bilan ishtirok etdilar. Saylovchilarga yalpi ish o‘rni, mehnatni adolatli taqdirlash, arzon uy-joy, tinchlik, chuqur ijtimoiy islohotlarni o‘tkazishni va’da qildilar. Leyboristlar saylovchilarga ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurishni, ishchilar hukumati tuzishni, milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalaridan sotib olish yo‘li bilan milliylashtirishni va’da qildilar. Saylovda Liberal-Konservatorlar ittifoqi g‘alaba qozondi. Ular parlamentdagi 707 o‘rindan 477 tasiga ega bo‘ldilar (undan 136 tasi Liberal partiyaga tegishli edi). Leyboristlar 62 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsalarda, 1910- yildagi saylovga nisbatan 5 baravar ko‘p (2,5 mln) ovoz oldilar. Shu tariqa bu partiya borgan sari Liberal partiyani siyosiy kurash maydonidan siqib chiqara boradi. Lloyd-Jorj yana bosh vazir lavozimini egalladi va 1922-yilgacha hukumatni boshqardi. Bu davr ichida koalitsion hukumat ham ichki, ham tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Hukumat saylovchilarga bergan va’dasi ustidan chiqa olmadi. Natijada, birinchi navbatda ishchi- larning kuchli zabastovka harakatlari boshlandi. 1919-yilda bu harakatda 2,5 mln dan ortiq ishchilar qatnashdilar. Ishchilar 40 soatlik ish haftasi joriy etilishini, ish haqi kamaytirilmasli- gini talab etdilar. Ayniqsa, konchi ishchilar harakati to‘lqini kuchli bo‘ldi. Ular ish haqini 30 foiz oshirishni, 6 soatlik ish kuni belgilanishini talab eta boshladilar. Shunday sharoitda hukumat ishchilar harakati to‘lqinini yo‘qqa chiqarish yo‘lini tutdi. 1920-yil oktabr oyida mamlakat parlamenti hukumatga ishchilar harakatini bostirish uchun favqulodda vakolatlar berdi. Konchilar talabini qondirishni istamagan kon egalari 1921-yil 1-aprelda lokaut e’lon qildilar. Hukumat esa favqulodda holat e’lon qildi va ko‘mir konlariga armiya qismlarini jo‘natdi. Temir yo‘l va transport ishchilari ularga birdamlik ramzi sifatida zabastovka boshladilar. Biroq hukumat ishchilar harakatini bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgandek, Lloyd-Jorj hukumati tashqi siyosatda ham qator muvaffaqiyatsizliklarga uchradi. Milliy-ozodlik harakati Buyuk Britaniya mustamlakachilik imperiyasini larzaga sola boshladi. Chunonchi, 1919-yilda Hindistonda mustaqillik uchun kurash kuchaydi. 1919—1921- 58 yillarda Misrda mustamlakachilikka qarshi qo‘zg‘alon bo‘lib o‘tdi. 1919- yilda Afg‘onistonda Buyuk Britaniyaga qarshi mustaqillik urushi boshlandi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari mustamlakachi imperiyani halokatdan saqlab qolish uchun qator yon berishlarga majbur bo‘ldi. Xususan, 1918- yilda Hindistonda mahalliy kadrlarga davlat ishlarini boshqarishda qatnashish imkonini beruvchi Konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazildi. Dominionlarga Parij tinchlik konferensiyasida mustaqil subyekt sifatida qatnashish huquqi berildi. Afg‘onistonning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘lindi. Misr esa nomiga bo‘lsa-da, mustaqil davlat deb tan olindi. Buyuk Britaniya hukumati Irlandiya masalasida juda katta qiyinchiliklarga uchradi. Buyuk Britaniya hukmron doiralari o‘zlarining –«bo‘lib tashla, hukmronlik qil», degan an’anaviy shiorlariga bu safar ham sodiq qoldilar. Irlandiya milliy-ozodlik harakatida bo‘linish yuz berdi. Uning o‘ng qanoti Buyuk Britaniya bilan muzokaralarga kirishdi. 1921-yilda Buyuk Britaniya — Irlandiya shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra Irlandiya ikkiga bo‘lindi. Poytaxti Dublin shahri bo‘lgan Janubiy Irlandiyaga dominion huquqi berildi. Shimoliy Ir- landiya esa Buyuk Britaniya tarkibida qoldi. Shu vaqtdan boshlab mamlakat rasman «Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligi» deb ataladigan bo‘ldi. Buyuk Britaniya hukumatining Sovet Rossiyasiga qarshi kurashi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Buning ustiga u 1921-yilning 16-martida Rossiya bilan savdo shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldi. Bu shartnoma amalda Sovet Rossiyasining tan olinganligini ham anglatar edi. Bundan tashqari Buyuk Britaniyaning Gretsiya bilan birgalikda Turki- yaga qarshi uyushtirgan agressiyasi mag‘lubiyatga uchradi. Vatanparvar kuchlar Kamol Otaturk boshchiligida Turkiya mustaqilligini saqlab qoldilar. Tashqi siyosatdagi bunday muvaffaqiyatsizlik Konservatorlar partiyasini qattiq larzaga soldi. Endi bu partiya koalitsion hukumat tarkibidan chiqishga qaror qildi. 1922-yil 19-oktabrda Lloyd-Jorj ham bosh vazir lavozimidan iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Bosh vazir lavozimini oldin konservatorlar partiyasi rahbari bo‘lgan B. Lou, birozdan so‘ng esa S. Bolduin egalladi. S. Bolduin hukumatining asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotini inqiroz- dan olib chiqish edi. Shundagina jamiyatning asosiy ijtimoiy xastaligi — ishsizlikka barham berish va ayni paytda korxonalar to‘la quvvat bilan ishlashini ta’minlash mumkin edi. Shu maqsadda hukumat iqtisodda proteksionizm usulini qo‘llashga o‘tdi. Biroq bu ko‘zlangan natijani bermadi. Aksincha, 1923-yil oxiriga kelib Buyuk Britaniya iqtisodiyoti boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Natijada mamlakatda norozilik uyg‘otdi. Ana shu sharoitda, 1923-yili parlamentga saylov o‘tkazildi. Unda garchand Konservatorlar partiyasi g‘alaba qilgan bo‘lsa-da (258 o‘rin), Leyboristlar partiyasi (191 o‘rin) ham katta yutuqqa erishdi. Bu partiya saylovchilarga ko‘mir sanoatini milliylashtirishga va’da bergan edi. 59 Leyboristlar va Liberallar partiyasi (158 o‘rin) birgalikda S. Bolduin hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Natijada hukumat iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Endi Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirildi. 1924-yil yanvarda bu partiya rahbari R. Mak- donald (1866—1937) boshchiligida yangi hukumat tuzildi. R. Makdonald hukumati uzoq yashamadi. Bunga bu hukumatning yirik kapital tazyiqi osti- da saylovchilarga bergan va’dasini (ko‘mir sanoatini milliylashtirish, ishsizlikni bartaraf etish, ishchilar uchun uy-joy qurish va h.k.) bajara olmaganligi sabab bo‘ldi. 1924-yil 8-oktabrda Konservatorlar partiyasi deputatlari parlamentda ko‘pchilikka ega bo‘lmagan leyboristlar hukumatiga ishonchsizlik bildirishga muvaffaq bo‘ldilar. R. Makdonald iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 29-oktabrda bo‘lib o‘tgan yangi parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (415 o‘rin). Noyabr oyida S. Bolduin yana bosh vazir lavozimini egalladi. S. Bolduin bosh vazirligi davrida ham (1924— 1929) Buyuk Britaniya iqtisodiyotida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmadi. Garchand avtomobil, elektrotexnika va kimyo sanoati jadal sur’atda rivojlangan bo‘lsa-da, sanoatning an’anaviy tarmoqlari bo‘lgan kemasozlik, ko‘mir sanoati hamon turg‘unlik holatida edi. Ingliz sarmoyadorlari o‘z kapitalini mamlakat sanoatini zamon ruhida rekonstruksiya qilishga sarflashdan ko‘ra xorijga chiqarishni afzal bildi. Buning oqibatida Buyuk Britaniya urushgacha bo‘lgan mavqeyini qayta tiklay ololmadi. Dominion va mustamlakalarda o‘z milliy sanoatlari taraqqiy etdi. Buyuk Britaniya imperiyasiga AQSH kapitalining kirib kelishi kuchaydi. Buyuk Britaniyada bir vaqtlar gullab rivojlangan ko‘mir sanoati ayniqsa og‘ir ahvolda edi. Urushgacha sanoatning bu tarmog‘ida 1 mln 200 ming ishchi mehnat qilgan va mamlakatda yiliga 290 mln tonna ko‘mir qazib olingan. Urushdan keyin esa ahvol keskin yomonlashib, bu sanoat eng qoloq tarmoqqa aylandi. Bunga kichik-kichik shaxtalarning ko‘pligi hamda ular jihozlarining eskirib qolganligi asosiy sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, yerlaridan ko‘mir koni topilgan yer egalariga to‘lanadigan katta to‘lov ham bu soha rivojining asosiy to‘siqlaridan biri edi. Bu omillar, o‘z navbatida, Buyuk Britaniya ko‘miri tannarxini oshirib yubordi. Natijada ingliz ko‘miri arzon nemis va polyak ko‘miri bilan raqobat qila olmay qoldi. Kon egalari o‘z foydalari darajasini ishchilarga to‘lanadigan ish haqini kamaytirish va ish kunini uzaytirish hisobiga qoplashga urinar, ishchilar esa bunga qattiq qarshilik ko‘rsatar edilar. 1925-yilning yozida kon egalari ish haqini kamaytirishga urindilar. 1925-yil 31-iyulda konchilar ish haqi pasaytirilgan taqdirda ish tash- lashni boshlashga qaror qildilar. Transportchilar va temiryo‘lchilar konchi- 1926-yil voqealari 60 larga o‘z birdamliklarini ma’lum qildilar. S. Bolduin hukumati bu umumiy ish tashlashga aylanib ketishining oldini olish maqsadida kon egalariga sub- sidiya to‘lashga qaror qildi. Ammo hukumatning bu subsidiyasi 9 oyga yetdi, xolos. 1926-yil aprelda kon egalari konchi ishchilar oldiga ultimatum qo‘ydilar. Unda ishchilardan ish haqining pasaytirilishiga, ish kuni bir soatga oshirilishiga Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling