Jahon tarixi


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/38
Sana25.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#1260
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
uning obro‘siga va xalqning unga bo‘lgan muhabbatiga shubha qilish Turkma-
niston uchun zarar, deb baholanar edi. Nihoyat, uning tomondan odamlar-
ning hayot normalarini mustahkamlash uchun ishlab chiqilgan, hamma uchun
majburiy bo‘lgan «Turkmanlarning ma’naviyat kodeksi» qabul qilindi.
«Ruxnoma» kitobi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar imtihon topshi-
rardi, u Qur’oni karim bilan tenglashtirildi. Turkmanboshi tuzumi mustabid
(totalitar) xarakterga ega bo‘ldi va siyosiy barqarorlikni kafolatladi.
Va’da qilingan farovonlikka erishish ancha qiyin bo‘lib chiqdi. Mamlakat-
dagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol og‘ir edi. Rossiyadan olingan kreditlar tezda

321
qadrsizlandi. Gaz va paxtani Rossiya hamda MDHning boshqa davlatlariga
sotish na dollar, na yangi texnologiyalar keltirdi. Gaz qazib olish va paxta
yetishtirish, ularni yetkazib berishni ko‘paytirish hamda ular evaziga dollar
olish juda qiyin kechdi. Aholiga oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar yetishmas
edi. Pensiya va oyliklarni to‘lash kechikardi. Ayanchli statistik ma’lumotlar
e’lon qilinmas edi.
1992-yildan boshlab hukumat sanoatni rivojlantirish va bozor munosabat-
larining iqtisodiy poydevorini yaratishga qaratilgan «Barqarorlikning 10 yili»
dasturini qabul qildi. 1993-yilda milliy valuta — manat joriy qilindi. Uning
qiymati hamda narxlar hukumat tomonidan belgilanar edi. Xorijiy valuta
bilan muomala qilish taqiqlangan edi.
Boy mamlakatlarning hukumatlari Turkmanboshi rejimini ma’qullamasa-
lar-da, undagi barqarorlik, mamlakatning tabiiy boyliklari va arzon ishchi
kuchi hamda hukumatning bozor iqtisodiyotiga intilishi turkman paxtasi va
gazini sotib olishning kengayishiga, rejimga kreditlar berilishi va xo‘jalikka
investitsiyalar qo‘yilishiga yordam berdi. Eksportdan kelgan mablag‘lar va
kreditlarni hukumat undirma va to‘qimachilik sanoatiga sarflar edi. Bu sohalar
uchun eng yangi texnologiya hamda jihozlar sotib olindi. 90-yillarning ikkin-
chi yarmida gaz va neft qazib olish o‘sa boshladi va paxtaning asosiy qismi
yangi korxonalarda qayta ishlana boshladi, bozorga to‘qimachilik mahsulotlari
chiqarila boshlandi. Ishlab chiqarishning o‘sishi to‘la bandlikni ta’minladi.
Hukumat iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarishga shoshilmadi. Neft
va gaz, paxtaning sotilishi hamda qayta ishlanishi, transport va uy-joy xo‘jaligi,
ishlab turgan hamda qurilayotgan barcha katta va o‘rta korxonalar davlat
ixtiyorida edi. 1996-yilga kelib nodavlat sektorga yalpi ichki mahsulotning
atigi 7,7 foizi to‘g‘ri keldi. 2000-yilda yalpi ichki mahsulot 14 foizga oshdi,
uning beshdan bir qismi gaz eksportiga to‘g‘ri keldi.
1993-yilda qabul qilingan yerga mulkchilik to‘g‘risidagi qonun asosida har
bir fuqaro 50 gektargacha yer olishi va yana 500 gektar yoki undan ko‘proq
yerni ijaraga olishi mumkin edi. 5 yil muddat o‘tgandan so‘ng yer egasi —
neyhan tomonidan olingan yer uning mulkiga aylanar edi, ammo u yerni sotish
yoki birovga berishga haqqi yo‘q edi. Bu islohot 10 yil muddatga mo‘ljallangandi.
Hukumat «Yangi qishloq» va «G‘alla» dasturlarini amalga oshirdi. Ularga
ko‘ra, qishloq aholisi yashash sharoitini yaxshilash va g‘alla yetishtirishni
oshirishga mablag‘ ajratilardi. Hukumat qishloq aholisi turmush darajasi
yaxshilandi, deb hisobladi. G‘alla yetishtirish sezilarli darajada o‘sdi. Butun
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 20
foizidan ko‘prog‘ini bermoqda.
Turkmanistonning iqtisodiy va madaniy dasturi qabul qilindi.
Prezident va’da qilgan umumiy farovonlikka nisbatan uyg‘ongan va oshib
borayotgan shubhalarni tarqatish uchun hukumat 90-yillarning ikkinchi
yarmida tuz, elektr energiya, gaz va suvni bepul deb e’lon qildi, non, o‘simlik
yog‘i, jamoat transporti va maishiy xizmatlarga esa past, ramziy narxlarni
belgiladi. Oziq-ovqatning boshqa turlari hamda boshqa mahsulotlar
21 — Jahon tarixi

322
kartochkalar bilan tarqatila boshlandi. Ammo, odatdagidek, bepul, arzon va
kartochkalar bilan tarqatiladigan mahsulot tanqis edi, ularni olish uchun
navbatlar paydo bo‘lardi. Buning ustiga aholi o‘sish darajasi oshdi.
2006-yil dekabrda Prezident S. Niyozov vafot etdi. 2007-yil fevraldagi saylovda
G. Berdimuxamedov Prezident etib saylandi. Turkmanistonning tashqi siyosati
uning mustaqilligini mustahkamlash va dunyo bozoriga tabiiy gazning yirik
zaxiralarini chiqarish yo‘llarini izlashga qaratilgan edi. Mustaqillikka erishilgan-
dan so‘ng mamlakatning neytraliteti (betarafligi) e’lon qilindi va amalga oshirib
kelinmoqda. MDH tarkibida bo‘lish Rossiya Federatsiyasidan yordam olishga
imkon berdi. Ayniqsa, milliy qurolli kuchlar yaratilgunga qadar, Rossiya
Federatsiyasi Turkmaniston chegarasini himoya qilishi va qurol bilan yordam
berishini aytish mumkin. MDH doirasida Turkmaniston Hamdo‘stlik a’zolari,
avvalo, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Gruziya, Ukraina bilan ikki tomon-
lama munosabatlarni rivojlantirmoqda. 2005-yilga kelib betaraflikka to‘la amal
qilish uchun Turkmaniston MDH tarkibidan chiqdi.
Turkmaniston Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, ayniqsa, Turkiya,
Eron va Afg‘oniston bilan yaqin hamkorlik qiladi. Turkman gazining bir
qismini Rossiya Federatsiyasi orqali Ukrainaga yetkazib berish to‘g‘risida
kelishib olindi. Bundan qoniqmagan respublika hukumati Kaspiy orqali
Ozarbayjon, Gruziya, Turkiyaga va Afg‘oniston orqali Pokiston, XXRga
gazni eksport qilish uchun gaz quvurlari qurilishida qatnashmoqda.
Aholining huquq va erkinliklari biroz cheklanishiga qaramasdan, o‘zining
mustahkamligi tufayli Turkmanboshi rejimi boy mamlakatlar va xalqaro
tashkilotlarning moliyaviy yordamini olishga muvaffaq bo‘ldi.
Prezident Q. Berdimuhammedov davrida vaziyat ancha yumshadi. 2007-
yil fevralda ta’lim tizimi islohoti to‘g‘risida farmon qabul qilindi. 9 yillik
maktab o‘rniga 10 yillik ta’lim joriy qilindi. Oliy o‘quv yurtlari 5–6 yillik
bo‘ldi. «Sodiqlik qasamyodi» bekor qilindi. Sudlanganlarning ishlarini qayta
ko‘rib chiqish to‘g‘risida farmon e’lon qilindi. Turkmanboshi davrida qilingan
o‘zgarishlar qayta ko‘rib chiqilmoqda. 2008-yil 1-iyuldan Grigoryan
kalendariga qaytildi. Turkmanistonda 40 foiz aholi sanoatda, 30 foiz aholi
qishloq xo‘jaligida, qolgan qismi xizmat ko‘rsatish sohalarida banddir. 2007-
yilda 71 mlrd kubometr gaz qazib olindi va shundan 50 mlrd kubometri
Rossiyaga, 8 mlrd kubometri Eronga eksport qilindi. Eksport 4,4 mlrd dollarni,
import 2,7 mlrd dollarni tashkil etadi. 2007-yilda YAIM 26,2 mlrd dollarni
tashkil etib, aholi jon boshiga 5055 mln dollar to‘g‘ri keldi.
Tojikiston Respublikasi
Eng baland tog‘larda joylashgan, aholi turmush darajasi eng past, lekin
tabiiy resurslarga boy respublika — Tojikistonda mustaqillikka erishish fuqarolik
urushi tufayli ancha murakkablashdi. Tojiklar Tojikiston aholisining 59 foizini,
o‘zbeklar — 23 foizni, ruslar — 10 foizni tashkil etishardi. Shimoliy va
janubiy viloyatlar jamoalari, Tog‘li Badaxshondagi kam sonli aholi orasida

323
va sovet hokimiyati boshqaruv organlarini qamrab olgan urug‘-aymoqchilik
aloqalari voqealarga katta ta’sir ko‘rsatdi.
70-yillardan boshlab qo‘shni Afg‘oniston va Erondagi voqealar islom
targ‘iboti faollashuviga olib keldi. Oshkoralik e’lon qilinishi bilan ruslash-
tirishga va kompartiyaning yakka hokimligiga qarshi chiqishlar boshlandi.
1989 hamda 1990-yillarda Dushanbe va boshqa joylarda o‘zbeklar, ruslar va
mamlakatga kirgan qochoqlarga nisbatan noroziliklar bo‘lib turdi. Til va
madaniyatning tiklanishi hamda respublikaning SSSR tarkibidagi suvereni-
tetini talab qilgan milliy-demokratik harakat «Rastoxez» — «Uyg‘onish»
mashhur bo‘ldi. 1991-yilda radikal demokratlar tub o‘zgarishlarni talab qilgan
Demokratik partiyani tuzishdi. Shu bilan bir qatorda, musulmon jamoalar
kuchaydi, masjidlar qurildi. Islom tiklanish partiyasi («Partiyai Vahdati Islom»)
sezilarli obro‘ga ega bo‘ldi va islom aqidaparastlari guruhlari paydo bo‘ldi.
Qayta qurish kompartiya tarkibida kelishmovchiliklarga olib keldi. Kutish
pozitsiyasini egallagan partiya rahbariyati Oliy Kengash tomonidan tojik
tilining davlat tili, deb e’lon qilinishiga rozi bo‘ldi, ammo boshqa
o‘zgarishlarga to‘sqinlik qildi. 1990-yil fevralida Dushanbedagi hukumatga
qarshi ommaviy namoyishlarga qurolli kuchlar safarbar qilindi va o‘nlab
kishilar halok bo‘ldi.
Islomchilar va demokratlarning raqiblari mahalliy urug‘lar va ularning
qurollangan dastalari rahbarlarini birlashtirgan Xalq frontini tashkil qilishdi.
Ular tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, mamlakat shimoli — Xo‘jand shahrida
Oliy Kengash chaqirishga erishishdi. Oliy Kengash raisi etib mahalliy
yetakchilardan biri — I. Rahmonov saylandi va yangi hukumat tuzildi. Bu
yangi hukumat Afg‘onistondagi uning dushmanlariga yaqin bo‘lgan islom-
chilarning kuchayishidan tashvishga tushgan Rossiya Federatsiyasi tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi. Dushanbeda joylashtirilgan Rossiyaning 201-motoo‘qchi
diviziyasi yordami bilan xalq fronti otryadlari 1992-yil dekabrida Dushanbeni
qo‘lga oldi va 1993-yil bahorigacha mamlakatning katta qismini o‘z nazorati
ostiga o‘tkazdi.
Islom tiklanish partiyasi va demokratlar tomonidan tashkil qilingan
Birlashgan muxolifat Afg‘oniston hamda Eronda tayanch topdi. Uning
otryadlari Tojikistonda harakatda bo‘ldi. Butun mamlakatni shafqatsiz
fuqarolik urushi qamrab oldi. Muxolifatga yon bosgan afg‘on muhojirlari
ham bu urushga aralashib turdi. Jinoiy guruhlar tartibsizliklardan foydala-
nib, giyohvand moddalarni yetishtirish va yetkazib berish bilan mashg‘ul
bo‘ldi.
Muxolifatning qarshiligiga qaramasdan, 1994-yilda hukumat o‘tkazgan
referendumda I. Rahmonov taklif qilgan konstitutsiya ma’qullandi. U Prezident
etib saylandi. Parlament — Majlisi Oliy saylovlari ham o‘shanda boshlanib,
1995-yil fevraligacha davom etdi. Saylovni hukumat nazorat qilib bordi va
Prezidentga yetarlicha xayrixoh bo‘lgan hukumat tuzildi.
I. Rahmonov muxolifatni tor-mor qilishga intilar va uning yetakchilari
bilan muzokaralar olib borishga qarshilik qilardi. O‘z pozitsiyalarini kuchaytirib,

324
u ijro etuvchi hokimiyatga egalik qildi, davlat apparatini shakllantirdi, xalq
armiyasi va o‘z gvardiyasini tuzdi. Tarkibida jiddiy partiyalar bo‘lmagan, ammo
kelishmovchiliklarga sabab bo‘lgan Xalq fronti tarqatib yuborildi.
I. Rahmonov nafaqat davlat sektorini, balki xususiy ishlab chiqarish
sektorini ham qo‘llab-quvvatlash, agrar islohotlar o‘tkazish, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish va boshqalarni ko‘zda tutgan iqtisodiyotni tiklash
dasturini taqdim etdi. Buni amaliyotda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Xalq-
demokratik partiyasi tuzilgan edi.
I. Rahmonov hukumati mamlakat oltin zaxirasining bir qismini garovga
qo‘yib, Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi eng yirik GESlar, eng
zamonaviy qudratli aluminiy zavodi va bir qator iqtisodiy obyektlarning bir
qismiga egalik qilish huquqini e’tirof etdi. Dushanbedagi Rossiyaning 201-
diviziyasi hokimiyat barqarorligini ta’minlab turdi. Rossiya chegarachilari mam-
lakatning janubiy chegaralarini qo‘riqlashmoqda edi. Rossiyalik mutaxassislar
Tojikiston qurolli kuchlari va chegarachilarini o‘qitishdi.
Korrupsiya, o‘ziga erk bergan harbiylarning bedodligi, eng asosiysi —
xorijdagi harbiy bazalarga tayanib, to‘xtamasdan qarshilik ko‘rsatayotgan
muxolifat siyosiy barqarorlikka ham, iqtisodiy barqarorlikka ham erishishga
yo‘l qo‘ymadi.
Bu hol I. Rahmonovni BMT, YEXHT va Rossiya Federatsiyasi ishtiro-
kida 1994-yilda muzokaralarni boshlash va Birlashgan muxolifat rahbari
S. A. Nuri bilan urushni to‘xtatish haqidagi bitimni imzolashga majbur etdi.
Iqtisodiyotni tiklash dasturini amalga oshirishga imkoniyat paydo bo‘ldi.
Bitim bir necha marta buzildi. Ammo muxolifatga Afg‘onistondan
yetkazilib turgan yordam susaydi, u yerdagi ittifoqchilarga toliblar zarba
berdi. Bu urush 1997-yilgacha davom etdi. Unda 300 ming kishi halok
bo‘ldi va 100 ming kishi nom-nishonsiz yo‘qoldi. Millionga yaqin aholi
qo‘shni mamlakatlarga ko‘chib o‘tdi. Ko‘pgina qishloqlar, aholi istiqomat
qiladigan joylar va korxonalar xarobaga aylandi. Moddiy zarar 7 mlrd
dollarni tashkil etdi. 1997-yilda Tojikistonda ishlab chiqarish hajmi urushdan
oldingi ko‘rsatkichning 28 foizini tashkil etdi. Nihoyat, 1997-yilda muxoli-
fat va uning qurolli kuchlarining qonuniyligi tan olinib, uning vakillari
koalitsion hukumat tarkibiga kiritilgandan so‘ng siyosiy barqarorlikka erishildi.
Siyosiy barqarorlik sari qo‘yilgan bu muhim qadam Tojikistonga xalqaro
tashkilotlardan 100 mln dollardan ortiq kredit olishga va boy mamlakatlardan
investitsiyalarni jalb qilishga imkon berdi. Bu tufayli iqtisodiyotning tiklani-
shi va yangilanishi, ish bilan ta’minlanishning (bandlikning) kuchayishi va
aholi ahvolining qisman yaxshilanishi boshlandi. 1998-yildan boshlab
hukumat Xalqaro Valuta Fondi va Jahon banki homiyligida qashshoqlikka
qarshi kurash dasturini amalga oshirib kelmoqda. Mamlakat eng yaxshi
jihozlarni olib kelish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida paxta, aluminiy
va boshqa qimmatbaho materiallarni eksport qiladi.
2000-yil fevralida Tojikistonda barcha partiyalar ishtirokida parlament
saylovlari bo‘lib o‘tdi. I. Rahmonov saylangan parlament — Majlisi Oliyni

325
«Milliy totuvlik parlamenti» deb atagan bo‘lsa-da, YEXHT kuzatuvchilari
saylovga hukumat aralashganligi haqida guvohlik berishdi. Mutlaq ko‘pchilik
o‘rin Xalq demokratik partiyasiga nasib etdi. Ikkinchi o‘ringa SSSRni
qayta tiklashga urinayotgan kompartiya chiqdi.
Murosaga kelmaydigan islom muxolifati qurolli otryadlari mag‘lubiyat-
ga uchramoqda. Shunga qaramasdan, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasining
ko‘p rahbarlari fikriga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining olib ketilishi kutilmagan
oqibatlarga olib kelishi mumkin edi.
Mamlakat hududida afg‘onlardan yordam olayotgan va O‘zbekiston hamda
Qirg‘izistonga bostirib kirayotgan islom aqidaparastlarining, giyohvand
moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning baza va aloqa kommunikat-
siyalari mavjud.
Tojikiston hukumati Rossiya Federatsiyasi bilan yaqin ittifoq tuzishga
tayanadi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan hamkorlik qiladi.
Hozirgi vaqtda Tojikiston agrar-industrial davlat bo‘lib, dunyodagi eng
kambag‘al mamlakatlardan biridir. XVF hisobiga ko‘ra 63 foiz aholi
kambag‘al yashaydi. Uzoq davom etgan urush iqtisodning tushkunligiga
olib keldi. YAIM 1995-yilda 1991-yilga nisbatan 41 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo‘jaligida aholining 31, sanoatda 29, xizmat ko‘rsatishda 40 foizi
banddir. 1 mln dan ortiq tojiklar Rossiyada ishlaydilar. Ular 2005-yilda
rasmiy ravishda 247 mln dollar pulni Tojikistonga o‘tkazdilar. Ba’zi
mamlakatlarga ko‘ra yuborilayotgan pul 1 dollargacha yetadi. Lekin bu
pullar investitsiya qilinmay, kundalik talablarga ishlatiladi. 2005-yilda
aluminiy eksporti 550 mln dollarni tashkil etdi. Eksport importga nisbatan
250 mln dollar kam. 2007-yilda YAIM 3,353 mlrd dollarni tashkil etdi va
aholi jon boshiga 522 dollardan to‘g‘ri keldi.
Tojikiston — MDH a’zosi, fuqarolik urushidan keyin ko‘p mamlakatlar
bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda. Shanxay Hamkorlik Tashkilotida ishti-
rok etadi.
Xulosa qilib aytganda, MHD mamlakatlari tarixan qisqa muddatda bir
tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tishda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini
vujudga keltirishda xilma-xil qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar. Ularning
ba’zilarida bu muammo qisman hal bo‘lsa-da, ba’zilarida hamon davom
etmoqda. Ushbu muammolar deyarli barchasida bir xil bo‘lib, quyidagilardir:
— ijtimoiy-siyosiy hayotni barqarorlashtirish, mamlakatda huquqiy
demokratik davlat tuzish;
— bozor iqtisodiyotining uzluksiz ishlaydigan chinakam mexanizmini
yaratish;
— aholini ish bilan ta’minlash, ularning normal yashashi uchun sharoit
yaratish;
— dunyo hamjamiyatida mustahkam o‘rin egallash;
— mamlakat xavfsizligini ta’minlash, turli terroristik, diniy-ekstremistik
guruhlardan xoli bo‘lish, ular xavfini bartaraf qilish;
— ekologiya tangligi, yerni asrash, toza suv muammolari va boshqalar.

326
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qachon tuzildi? Sababi nima?
2 . Ukrainada L. Kuchmaning hokimiyatdan ketishi va yangi prezidentning
saylanishi qanday yuz berdi?
3 . Belorussiyada Lukashenkoning ichki siyosati qanday?
4. Gruziyada «Hokimiyat almashuvi» qanday sodir bo‘ldi?
5 . Armanistonda Kocheryanning hokimiyatga kelishini ta’riflang.
6 . Ozarbayjonda G. Aliyev faoliyati qanday kechdi?
7 . Qozog‘istonda bozor iqtisodiga o‘tish yo‘llari va uning muvaffaqiyatlari
zamirida nima yotadi?
8 . Qirg‘izistondagi «Lola inqilobi» sabablarini aytib bering.
9 . Turkmaniston bozor iqtisodiga qanday o‘tmoqda?
10.Tojikistonda I. Rahmonov hokimiyatni mustahkamlash uchun qanday
ishlarni amalga oshirdi?
QUYIDAGICHA JADVAL TUZING VA SHARHLANG.
MUSTAQIL DAVLATLARNING 1990, 1995 VA 2005-YILLARDAGI
YALPI ICHKI MAHSULOTI KO‘RSATKICHLARI (1990-yilda — 100%)
Yillar
1990
1995
2005
Estoniya
Latviya
Litva
Moldova
Gruziya
Armaniston
Ozarbayjon
Rossiya
Belorussiya
Ukraina
Qozog‘iston
O‘zbekiston
Qirg‘iziston
Tojikiston
Turkmaniston
JADVALNI TO‘LDIRING. MDH MAMLAKATLARI HOZIRGI RAHBARLARI
FAOLIYATINI YORITING
r
a
l
t
a
l
v
a
D
i
r
a
l
r
a
b
h
a
R
a
g
t
a
y
i
m
i
k
o
H
i
l
i
y
n
a
g
l
e
k
i
t
a
y
i
l
o
a
F
?

327
5-bob. BOLTIQBO‘YI RESPUBLIKALARI
36-§. Boltiqbo‘yi Respublikalarining mustaqillikka
erishuvi va rivojlanishi
Estoniya Respublikasi
Aholining 61,5 foizini estonlar tashkil etgan Estoniyada vatanparvarlik
harakati qo‘shiqlarini guruhlarga birlashib ijro etish — «kuylayotgan inqilob»
dan boshlandi. Atrof-muhitni, mamlakat fuqaroligini, tili va madaniyatini,
shuningdek, respublika iqtisodiyotini himoya qilishga da’vat etuvchi
chiqishlarning kuchayib borishi 1988-yilda Milliy frontning tashkil etilishiga
olib keldi. 1988-yil noyabrida Oliy Kengash Estoniya mustaqilligi to‘g‘risi-
dagi deklaratsiyani qabul qildi va Tallin osmonida milliy bayroq hilpiray
boshladi. Kelasi yil yanvarida eston tiliga davlat tili maqomini berish to‘g‘risida,
may oyida esa iqtisodiy mustaqillik to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi.
1990-yil mart oyida Oliy Kengash saylovlarida Milliy front va uning
ittifoqchilarining g‘alabasi Savisaar boshchiligidagi koalitsion hukumat
tuzilishiga olib keldi. Estoniyada joylashgan, SSSR hukumati tasarrufida
bo‘lgan korxonalarning 90 foizi respublika boshqaruvi ostiga o‘tdi.
Kuzda Estoniya Respublikasi mustaqilligini 60 dan ortiq davlatlar,
jumladan, SSSR ham tan oldi.
1996-yilda L. Meri prezidentlikka qayta saylandi. Hokimiyatning
mustahkamlanishi islohotlarni amalga oshirishga imkon yaratdi.
Mulkni oldingi egalariga qaytarib berish to‘g‘risidagi qonunlar hamda,
eng asosiysi, davlat korxonalarini sotish (64 foiz) va unda ishlayotganlarga
topshirish yo‘li bilan amalga oshirilgan xususiylashtirish, yer, qurilishlar va
korxonalarga mulkchilikning kengayishida yordam berdi. Bu katta kuch va
vaqtni talab qildi. Davlat o‘zining ixtiyoridagi mulkning 15 foizinigina o‘z
ixtiyorida saqlab qoldi. Ammo, shu bilan birgalikda, iqtisodiy barqarorlikning
ta’minlanishi xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashdi.
Faqat 1997-yildan boshlab investitsiyalar va yangi texnologiyalar oqimi
ishlab chiqarishning, xususan, elektronikaning o‘sishini, mehnat unumdor-
ligining ortishini jadallashtirdi. Estoniya aholi jon boshiga investitsiyalar
hajmi, ishlab chiqarishning yangilanish va o‘sish sur’atlari, keyinchalik har
bir fuqaro boshiga o‘rtacha daromad ko‘rsatkichlari bo‘yicha XX asr oxiriga
kelib, mintaqadagi boshqa davlatlarni ortda qoldirdi.
Estoniya Yevropa Ittifoqi bilan shartnoma tuzib, iqtisodiyotni rivojlan-
tirishning qisqa muddatli dasturini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ish olib
bormoqda. U Yevropa Kengashiga qabul qilingach, YEXHT ishida faol ishtirok
etmoqda va Rossiya Federatsiyasida imperiyachilik kayfiyati paydo bo‘lishidan
xavfsirab, o‘z xavfsizligini NATOga a’zo bo‘lish orqali mustahkamlashga

328
intilmoqda. Lekin mamlakat oldida qator muammolar turibdi. Ulardan biri
milliy masaladir.
Hozirgi vaqtda Estoniya rivojlangan sanoat va qishloq xo‘jaligiga ega. U
xususiy xomashyo va yoqilg‘i resurslaridan foydalanish hamda qulay iqtisodiy-
geografik joylashuv hisobiga rivojlanmoqda. Mamlakatda iqtisod tezlik bilan
liberallashtirilmoqda. Daromad solig‘i yildan yilga kamaytirilmoqda va 2010-
yilga borib 18% bo‘lishi mo‘ljallanmoqda. 90-yillarda Sharqiy Yevropada
eng ko‘p chet el investitsiyasini kiritgan davlat hisoblanadi. 2000–2007-
yillarda yillik o‘sish 9,9 foizni tashkil etdi. YAIM ning 68 foizi xizmat
ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. YAIM 23,93 mlrd dollarni, aholi jon boshiga
21860 dollarni tashkil  etadi. Mamlakat Prezidenti T.X. Ilves.
Latviya Respublikasi
1990-yil arafasida mamlakat aholisining yarmidan xiyol ko‘prog‘ini
latishlar tashkil etar va latish bo‘lmaganlar (asosan ruslar) ning atigi 19
foizi latish tilini bilardi. Mamlakatning SSSRga qo‘shib olinishiga,
ruslashtirish va aholi manfaatlariga mos kelmagan sanoatlashtirish siyosatiga
qarshi chiqishlar Riga va boshqa shaharlarda 1985-yildan boshlandi. 1988-
yilda Xalq fronti Latviya suvereniteti uchun kurashayotgan turli tashkilot va
harakatlarni birlashtirdi va ommaviylashdi.
1989-yilda SSSR xalq deputatligiga, 1990-yilda respublika Oliy Sovetiga
bo‘lgan saylovlarda mamlakat mustaqilligi tarafdorlari bilan unga qarshi
bo‘lganlar o‘rtasida keskin kurash ketdi va bunda mustaqillik tarafdorlari
bo‘lgan kuchlar g‘alaba qildi. May oyida Oliy Sovet Latviyani mustaqil va
suveren — Latviya Respublikasi deb atadi va mamlakatda liberal-demokratik
islohotlar boshlab yuborildi. 1991-yil mart oyida bu tanlangan yo‘l sovet
siyosiy arboblari va harbiylarning faol qarshiligiga qaramay, referendum
qatnashchilarining 77,6 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Prezidentlikka Sovet hukumati tomonidan qatag‘on qilinib, surgunda
vafot etgan Latviyaning urushdan oldingi prezidentining jiyani — G. Ulmanis
saylandi. Ilgarigi boshqaruv tizimi va respublika qurolli kuchlari tiklandi.

Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling