O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi va aholini ijtimoiy himoyalashning ustuvor vazifalari
Download 19.44 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar
- 2. Ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar
Mustaqil ish Mavzu: _______________________________________ Bajardi: ___________________________________ Qabul qildi: ________________________________ O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi va aholini ijtimoiy himoyalashning ustuvor vazifalari Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyatining tarkibiy institutlarini, xususan, uning muhim bo’g’ini hisoblangan jamoat tashkilotlarini jamiyat hayotidagi o’rni va rolini mustahkamlash va oshirish borasida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Zero, islohotlar ko’p qirrali va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik hamda olib borilayotgan islohotlarning sifati va samarasi ko’p jihatdan jamoatchilikning ishtirokiga bog’liq, shu jihatdan, uni shakllantirishda muayyan ijtimoiy institutlarga, xususan, jamoat tashkilotlariga muhim o’rin beriladi. Binobarin, samarali faoliyat yuritadigan jamoat tashkilotlarini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. O’z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflash mumkin: 1. Iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar: xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodavlat tashkilotlari; ijara asosida ishlovchi jamoalar; hissadorlik jamiyatlari; moliyaviy jamg’arma hamda uyushmalar; ishlab chiqarish korporasiya, konsernlari va birlashmalari; tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va boshqalar. 2. Ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar: oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar; ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari); jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar; fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari; mustaqil OAV; diniy tashkilotlar; milliy-madaniy markazlar; ixtiyoriy ko’ngilli jamiyatlar; jamoatchilik fikrini aniqlash va o’rganish institutlari; turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va boshqalar. Download 19.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling