O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi va aholini ijtimoiy himoyalashning ustuvor vazifalari


Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar


Download 19.44 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi19.44 Kb.
#1366414
1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish

3. Siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar: siyosiy partiyalar; ijtimoiy-siyosiy harakatlar; siyosiy muxolifatning mavjudligi; inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va boshqalar. O’z navbatida fuqarolik jamiyati institutlarining jamiyatimiz hayotidagi o’rni va ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
aholini turli ijtimoiy guruhlari manfaatlarini ifoda etadi;
fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro’y berayotgan demokratik o’zgarishlarning ko’lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda muhim omil sanaladi;
ular davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning asosiy vositasi hisoblanadi; milliy o’zlikni anglashda, jamiyat a’zolarining siyosiy-huquqiy madaniyati va milliy dunyoqarashini yuksaltirishda, milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini joriy etishda ularning imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi;
butun jamiyat ahamiyatiga molik masalalarni hayotga tadbiq etishda ular davlatning teng huquqli ijtimoiy hamkori hisoblanadi;
nodavlat notijorat tashkilotlarning rivojlangan tizimi jamiyatda manfaatlar uyg’unligini qaror toptiradi va mustahkamlaydi. Ma’lumki, har qanday tashkiliy tuzilmaning mohiyati, mazmuni va maqsadi u olib boradigan funksiyalar va faoliyat yo’nalishlarida ifodalanadi. Shu jumladan, jamoat tashkilotlarining funksiyalari ham ularning jamiyat hayotiga nisbatan muayyan faoliyatni amalga oshirishlari orqali ta’sir ko’rsatishlarida namoyon bo’ladi. Jamoat tashkilotlarining demokratik islohotlarning samarasi va davomiyligini ta’minlash borasidagi faoliyatlarini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tahlil etish maqsadga muvofiq:
Birinchidan, fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti hisoblanadigan jamoat tashkilotlarining birlamchi va asosiy funksiyasi, ularning davlat hokimiyatini muayyan darajada chegaralash, ya’ni davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ekanligini e’tirof etish joiz. Aytish mumkinki, jamoat tashkilotlarining roli aynan demokratik jarayonlarning rivojlanish davrida uni qo’llab quvvatlash va mustahkamlashda ko’rinadi.

Download 19.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling