Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana07.08.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1665595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1

266
 
Amir Temur jahon tarixida 
ma’lum qismini asir qilib olib ketgan” - deya yozgan [6:20]. Shiltberger shaharni 
egallashda Amir Temur 3 mingdan ortiq askarlar yo‘qotganligiga to‘xtalib o‘tgan.
Amir Temurning katta qo‘shin bilan Kichik Osiyodagi harakatlaridan xabar 
topgan Boyazid askar to‘plash taraddudiga tushgan. To‘plangan qo‘shin bilan 
Amir Temurga qarshi harakat boshlagan. Lekin shu vaqtda Amir Temur 
qo‘shinlari to‘satdan g‘oyib bo‘lib qolgan. Amir Temurning bu qilgan ishiga 
Lyusen Keren quyidagicha tarif bergan: “Amir Temurning strategiyasi eng avval 
qo‘shinining tez harakat qilishida bo‘lgan. Buning natijasida o‘zining juda ko‘plab 
dushmanlarini dog‘da qoldirgan” [8:162].
Amir Temurning Kichik Osiyoda Boyazid qo‘shinlariga qarshi dastlabki 
muvaffaqiyatli harakatidan tezda butun Yevropa davlatlari xabar topgan. Ularning 
bir qanchasi Boyazidga qarshi Amir Temur bilan ittifoq tuzish ilinjida ham 
bo‘lgan. Ayni shu damda Fransiya qiroli Karl VI ham Amir Temur bilan 
munosabat o‘rnatishga harakat qilgan. Bundan tashqari, Genuya ham aynan shu 
vaqtda Amir Temur huzuriga o‘z vakilini yuborgan. Boyazid bilan harbiy 
to‘qnashuvda Genuya ham o‘z yordamini berishni bildirgan. 
Amir Temurning Kichik Osiyodan birdaniga janubga qarab harakatini Misr 
sultonidan elchi Sovaning qasdini olish bo‘lgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, Amir 
Temur Sulton Barquq huzuriga yuborgan elchining qatl qilinganidan qattiq 
g‘azabda bo‘lgan. Elchini xunini olish maqsadida Misrga qarshi yurish qilgan 
[5:224]
Amir Temur Damashqni egallash bilan ovvora bo‘lganida Boyazid Qora 
Yusuf va Ahmad ibn Uvays bilan ittifoqda Arzinjonga hujum qilgan va uni egallab 
o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olgan [1:65]. Amir Temur bu xabarni Ozarbayjonning 
Naxichevaniga yetib kelganida eshitgan. Boyazidning bu ishidan jahli chiqib, unga 
qarshi yurish qilish uchun qo‘shinni qaytadan yig‘ishga buyruq bergan.
Arzinjonni qo‘lga kiritgandan keyin Boyazid asir tushgan shahar hokimini 
Amir Temur huziriga elchi qilib yuborgan. O‘ziga vassal elchi bo‘lib kelganini 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling