Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1
267
Amir Temur jahon tarixida ko‘rgan Amir Temur Boyazid taklifiga o‘zini rozi bo‘lgandek ko‘rsatgan. Buni amaliy ifodasi sifatida o‘z qo‘shini bilan Gurjistonga borgan. Amir Temur bu yerda ov qilish bahonasida Boyazidga qarshi qo‘shinni shakllantirishga harakat qilgan. Shu orada Samarqanddan Muhammad Sulton boshchiligidagi saralangan qo‘shin ham yetib kelgan. Yetarlicha qo‘shinni jamlagan Amir Temur Boyazidga qarshi harbiy harakatni boshlagan. Amir Temur Boyazidning harbiy ishda mohirligi haqida juda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Shuning uchun unga ittifoqchilar zarur edi. Bunday ittifoqchi sifatida dastlab Vizantiya, keyinroq esa Genuya va Venetsiya davlatlari maydonga chiqqan. Amir Temur Boyazidga qarshi suv yo‘li orqali yordam zarur bo‘lgan. Bu vazifani Genuya, Vizantiya va Venetsiya o‘z zimmasiga olishgan [9:171]. Amir Temur qabulidan qaytgan elchilar ittifoq shartlarini bajarishga kirishgan. Buning amaliy ifodasi sifatida Pera shahri minoralarida Amir Temur bayrog‘i hilpiray boshlagan. Kichik Osiyo sari harakatlanar ekan qo‘shin Sivos cho‘liga kelganda to‘xtagan. Amir Temur bu yerda o‘z qo‘shinini jang oldi ko‘rigini o‘tkazgan. Har safargidek Sohibqiron ikki rakat namozini o‘qib yana yo‘lda davom etgan. Amir Temur katta qo‘shin bilan kelayotganini bilgan Boyazid jang qilishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. U turli hududlardagi o‘z vassallaridan qo‘shin yuborishni so‘ragan. Hatto o‘zining ittifoqchisi bo‘lgan Misr hukmdori Farajga ham elchi yuborib, birgalikda harakat qilishga chaqirgan. Lekin Suriyadagi voqealardan keyin xavotirga tushib qolgan Sulton Faraj bu chorlovga javob qaytarmagan. Ikki taraf ham urushga tayyorgarlik ko‘rgandan so‘ng harakatni boshlagan. Amir Temur charchab kelgan turk qo‘shinlarini holdan toydirish maqsadida bir qancha tadbirlarni amalga oshirgan. Natijada turk qo‘shini anchagina toliqqanligini ko‘rgan Sohibqiron vaziyatni qo‘ldan bermaslik uchun jang boshlashga buyruq bergan. Amir Temur va Boyazid o‘rtasidagi Anqara yaqinida bo‘lib o‘tgan jangga Iaon Grinlo asarida alohida to‘xtalib o‘tgan. U ikki sarkarda o‘rtasida bo‘lib o‘tgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling