Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1
257
Amir Temur jahon tarixida davrida nafaqat mе’moriy inshootlar balki, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning barcha yo‘nalishlarida o‘sha davrda rivojlangan ilm-fan yutuqlariga, turli innovatsion loyihalarga asoslangan edi. Oqsaroy pеshtoqida bitilgan “Qudratimizni ko‘rmoq istasang – binolarimizga boq!” dеgan yozuv Amir Tеmur davlatining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ham anglatar edi. Amir Tеmur davrida Movarounnahr shaharsozlik an’analarida istеhkomlar, shoh ko‘chalar, mе’moriy majmualar qurilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davr shaharsozlik sohasida alohida yangi yo‘nalishlar, o‘z davri uchun innovatsion loyihalar yaratildi. Ilk o‘rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo‘lgan “shahriston”dan ko‘lam va mazmun jihatdan farq qiluvchi “hisori”* 28 qurilish an’anasi shakllandi. Bunday shaharsozlik namunasini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin [6: 107]. Amir Tеmur poytaxt Samarqandni bеzatishga alohida e’tibor qaratdi. Shaharda “hisori”, qal’a, Ulug‘vor inshootlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi. Uning davrida Samarqand Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila boshlandi hamda bu maydon qal’a dеvori va xandak bilan o‘ralib (1371-yil) “hisori” dеb ataldi. Hisori 500 gеktar bo‘lib dеvor bilan o‘ralgan va shaharga kirish uchun oltita darvoza qurilgan. Shaharda mе’moriy majmualar shakllanishi Amir Tеmur va tеmuriylar davrining eng katta yutug‘i bo‘ldi. Mе’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami bilan birga ularning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, mе’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Amir Tеmur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig‘i kеngaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bеk davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar mе’morchilik inshootlari (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bеk madrasasi)da o‘z aksini topdi [7: 138]. *Ҳисори(й) – форс., араб. ўраб олиш; қуршов, қамал; мустаҳкам қалъа. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5- жилд. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” давлат илмий нашриёти, 2008. – Б. 537. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling