Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana07.08.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1665595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1

268
 
Amir Temur jahon tarixida 
bu muhoraba haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirgan: “Amir Temur o‘zining 
yetarlicha lashkari borligidan ko‘ngli to‘q bo‘lib, ularni tepalik va tekislikda 
saflagan. Unga qarshi jangga kirgan turk hukmdori o‘z qo‘shinini to‘rt qismga 
bo‘lgan”. U ikki o‘rtada jang boshlanganda, Amir Temur qo‘shinining ko‘pligini 
ko‘rgan Boyazid qo‘shinining bir qismi jang maydonidan qochib ketganligiga ham 
urg‘u bergan [6:24]
Amir Temur bilan Boyazid o‘rtasidagi jangga to‘xtalar ekan Ibn Arabshoh 
voqeani shunday bayon qilgan. U jangda Amir Temurni g‘alaba qozonishining 
asosiy omili sifatida Boyazid qo‘shini tarkibida bo‘lgan tatar (mo‘g‘ul) 
qo‘shinlarini sotqinligi deb baholagan. Ibn Arabshoh ma’lumoticha, Boyazid 
tarkibidan ajralib chiqqan tatar askarlari umumiy qo‘shinning uchdan ikki qismini 
tashkil qilgan. Bu askarlar jang boshlanishi vaqtida Amir Temur qo‘shini tarkibiga 
borib qo‘shilgan [7:79].
Ioanning ma’lumoticha, Anqara jangi natijasida qurbon bo‘lganlar 40 ming 
kishini tashkil qilgan. Halok bo‘lganlarning katta qismi turk qo‘shini tashkil 
qilganligiga ham alohida urg‘u berib o‘tgan. Uning so‘zlariga qaraganda Boyazid 
juma kuni soat 24 da qo‘lga olingan. Shu bilan yengilmas turk qo‘shini 
mag‘lubiyatga uchragan.
Jangda mag‘lubiyatga uchrab qochayotgan Boyazidni Sulton Mahmudxon 
quvib yetgan va uni asir qilib Amir Temur huzuriga olib kelgan. Amir Temur 
sultonni xurmatini joyiga qo‘ygan.
Shiltberger Anqara jangi natijasida g‘olib bo‘lgan Amir Temur ega bo‘lgan 
boylikka ham to‘xtalib o‘tadi. Uning aytishicha, qo‘lga kiritilgan oltin-u 
kumushlarni olib ketish uchun 1000 ta tuya kerak bo‘lgan [4:23]. Asir tushgan 
Boyazidni Amir Temur Samarqandga olib ketmoqchi bo‘ladi. Lekin Boyazid 58 
yoshida yo‘lda vafot etadi. Amir Temur turklarning qarshiligini sindirish 
maqsadida o‘z qo‘shining mayda qismlarga bo‘lib, Kichik Osiyoning g‘arbiga 
qarab harakatlantirgan. Natijada bu hududlarda qarshilik harakatlari butkul 
tugatilgan.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling