Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1
269
Amir Temur jahon tarixida Amir Temur bu yurishi davomida 1402-yilning 2-dekabr kuni Egey dengizi bo‘yidagi turklar tomonidan o‘n yildan beri egallay olmayotgan salibchilarning qarorgohi Izmir qal’asini ham ishg‘ol qilgan [10:231]. Amir Temurning qudratini to‘g‘ri baholay olgan Sulton Boyazidning bo‘ysunmas o‘g‘li Musulmon Chalabiy ham o‘zining tobeligini izhor qilgan. Shundan keyin Amir Temur Usmonlilar yerlarini Boyazidning o‘g‘illariga suyurg‘ol tarzida taqsimlab bergan. Boyazid esa 1403-yil 9-mart kuni nafas qisishi va qon bosimining oshishidan vafot etgan. Amir Temur Boyazidning o‘limidan motamsarolikka tushgan. Lekin, uning juda motamsaro bo‘lishi nabirasi Sulton Muhammadning vafoti bo‘lgan. Uning vafoti munosabati bilan butun qo‘shin bir hafta davomida qora kiyimda yurgan. Amir Temurning turk sultoni Boyazid I ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan “yetti yillik” yurishni yakunlab, asta-sekin ortga, Samarqand sari harakatlana boshlagan. Uning huzuriga yo‘l bo‘yi g‘alaba bilan qutlash maqsadida turli xil davlat elchilari tashrif buyurib turgan. Shu o‘rinda e’tiborimizni Amir Temur davlati bilan G‘arbiy Yevropa davlatlari hukmdorlari o‘rtasidagi faol aloqalarga qaratsak. Amir Temurning Yevropa davlatlari hukmdorlari bilan munosabatlari yuqorida aytib o‘tganimizdek, oldinroq boshlangan. Boyazid I ustidan erishilgan g‘alaba bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqan. Yevropa davlatlarini Amir Temur va Boyazid o‘rtasidagi jang befarq qoldirmasligiga sabab turklarning janubiy-sharqiy va Sharqiy Yevropada amalga oshirilgan g‘alabali yurishlari bo‘lgan. Chunki Usmonlilarning bu hududdagi muvaffaqiyatlari hali to‘liq markazlashib ulgurmagan Yevropa davlatlari uchun haqiqiy muammo sifatida qaralgan. Xususan, fikrimizning tasdig‘i sifatida, 1396 yilda bir emas bir nechta Yevropa davlatlaridan kelgan ritsarlarni turk yancharlaridan mag‘lub bo‘lishini keltirishimiz mumkin. Bundan shunday to‘xtamga kelishimiz mumkinki, hali Yevropa davlatlari Usmonlilar qo‘shiniga bas kela oladigan kuchda bo‘lmagan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling