Jahon tarixida II respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana07.08.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1665595
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
AMIR TEMUR (konf. mat. 2023-y.) 1

III SHO‘BA 
Temuriylar davrida 
siyosiy, ijtimoiy va 
iqtisodiy hayot 


265
 
Amir Temur jahon tarixida 
sababi Boyazidning Amir Temur davlati tarkibidagi hududlarga ko‘z olaytirishi 
bo‘lgan.
Boyazid tomonidan Amir Temurga qarashli Arzinjon va Arzirum 
shaharlarini o‘ziga tobe qilish uchun harakati ikki o‘rtadagi munosabatlarni yanada 
yomonlashib ketishiga olib kelgan. Bu voqea haqida Klavixo shunday ma’lumot 
keltirgan. “Temurbek va turk sultoni Boyazidning bir-birlarini yaxshi bilishlari va 
Temurbekning unga qarshi urush boshlashining sabablari quyidagicha: – deb 
yozgan. U– Arsinga (Arzinjon) shaharining hokimi Zaratan (ya’ni Tahurtan, ispan 
elchisi eshitganiga qarab shunday yozgan) yerlari Turkiya yerlari bilan tutashgan 
[3:66]. Tahurtan yerlarini, ayniqsa, Kamox qal’asini egallashga oshiqqan Boyazid 
Tahurtandan boj to‘lash va Kamox qal’asini topshirishni talab qildi. Tahurtan 
qaysarning hokimiyatini tan olishi va boj to‘lashga tayyorligini aytadi, ammo 
qal’ani topshira olmasligini bildirgan.
Boyazid bilan Arzinjon hokimi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan munosabat 
to‘g‘risidagi Klavixo ma’lumotlarini Sharafuddin Ali Yazdiy va Shomiy 
“Zafarnomalari” anchagina to‘ldirgan. Klavixo voqeani anchagina tushunarsiz 
bayon qilgan bo‘lsa, Shomiy va Ali Yazdiy anchagina aniq tasvirlagan [2:323-
325]
Amir Temur Boyazidning bu ishidan jahli chiqib, o‘z qo‘shinini Kichik 
Osiyoga qarab harakatlantirgan. Sohibqiron katta qo‘shin bilan borib Boyazidga 
qarashli bo‘lgan Sivas shahrini egallagan.
Shiltberger o‘z asarida Amir Temur haqidagi ma’lumotlarni keltirishni 
Boyazid bilan munosabatlaridan boshlagan. Sebastiya (Sivos) shahrini egallash 
borasidagi Amir Temur va Boyazid o‘rtasidagi kurashga Shiltberger alohida 
to‘xtalgan. Shiltberger Boyazid tomonidan Sebastiya shahrini egallangandan keyin 
bu shaharni Amir Temur bir million askar (shu yerda biz Shiltberger tomonidan 
raqamlarni bo‘rttirishni kuzatishimiz mumkin) bilan borib 21 kun davomida 
shaharni qamal natijasida egallashi to‘g‘risida ma’lumot bergan. Shu o‘rinda 
Shiltberger “Amir Temurning shaharni egallagandan keyin shahar aholisining 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling