Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati tahlili
Ushbu kurs ishini yozishdan maqsad
Download 1.58 Mb.
|
Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati
Ushbu kurs ishini yozishdan maqsad - berilgan mavzu yuzasidan izlanishlar olib borib, turizm sohasining mutaxassisi sifatida kerakli bilim va ko’nikmalarni hosil qilish, oliygohda to’rt yil mobaynida olingan ta’lim bilan uyg’un holda har tomonlama yuksak darajadagi malakali kadrlar bo’lib yetishib chiqishga ko’maklashishdan iborat.
Ushbu kurs ishi 2 bobdan iborat. Birinchi bob, mavzuning nazariy ahamiyatini o’rgansa, ikkinchi bo’lim esa, birinchi bobdan olgan nazariy bilimlarni bir aviakompaniya misolida amaliy faoliyati bilan tanishib chiqishni ikkinchi bob ko’zda tutadi. Shuningdek, ishning oxirida xulosa va takliflar, qo’shimcha ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kabilar joy olgan. Kurs ishi o’z tarkibining birinchi qismida, xalqaro turizm bozorida aviatsiyaga ixtisoslashgan transmilliy kompaniyalarning muhim ahamiyati, turizm bilan aloqadorliklari, kompaniyaning ishlash tartiblari, vazifalari, band qilish tizmi, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yo’l- yo’riqlari, aviakompaniyalarning turoperatorlar, vositachi kompaniyala va iste’molchilar bilan bo’lgan aloqalari kabilarning nazariy qismlari kiritilgan. Ikkinchi qismda esa, amaliy qismlar yoritib berilib, ana shunday yirik kompaniyalardan biri bo’lmish British Airways aviakompaniyasining ishlash faoliyati , joylashuv nuqtalari, turizm bozoridagi roli, tur operatorlar bilan aloqalari, turistlar oqimi statistikasi va uning xizmatlari, moliyaviy ko’rsatkichlari kabilarni qamrab oladi. Kurs ishining asosida bugungi kunda hali yosh bo’lgan yana bir sanoat turi bo’lmish turizmning rivojlanishida qanday qilib havo transporti harakati o’z hissasini qo’shishi mumkinligi haqida hamda dunyoning turli nuqtalarida joylashgan yoki bir- biriga qo’shni mamlakatlarning turistik maskanlari ne chog’lik muhim ahamiyat kasb etishini o’rganib chiqish yotadi. Shunday ekan turizm sanoatini qo’llab- quvvatlash va rivojlanishiga yo’l ochib berish maqsadida aviakompaniyalar qanday xizmat ko’rsatish tartiblarini ishlab chiqishi lozimligi, tur operatorlar bilan bo’ladigan aloqalarda uzoq maqsadni ko’zlash kabi savollarga turli xil adabiyotlardan foydalangan holda javob berishga harakat qildik. Oxirida shuni ta’kidlash zarurgi, O’zbekistonda ham turizm sohasi endi rivojlanayotgan bir paytda aviatransportni ham rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Turistlar oqimini O’zbekiston hududida kengaytirish uchun ana shunday yirik aviakompaniyalar kabi ko’pgina texnologik ustunliklarni qo’lga kiritishga harakat qilish O’zbekiston sharoitida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun juda katta bir qadam bo’ladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling