Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati tahlili


Aviakompaniyalarning hamkorlik aloqalari (tur operatorlar, dallolchi kompaniyalar va h.k.) , istemolchilar bilan kechadigan aloqalar


Download 1.58 Mb.
bet7/18
Sana17.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1523440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Jahon texnologiyalar bozorida transmilliy korporatsiyalarning faoliyati

1.3 Aviakompaniyalarning hamkorlik aloqalari (tur operatorlar, dallolchi kompaniyalar va h.k.) , istemolchilar bilan kechadigan aloqalar.
Zamonaviy turizm bozorida tur operator va aviakompaniyalarning o’zaro aloqalari juda muhim omil hisoblanib, bugungi kunda aviakompaniyalarning asosiy iste’molchisi sifatida eng ko’p ulushni tur operatorlar egallamoqda. Ular o’z navbatida buyurtma beruvchilar orasida yetakchilik qilishmoqda va bu o’z navbatidan geografik jihatdan xalqaro turizmning keng ko’lamda tarqalishiga imkoniyat tug’diryapti. Yer sharining turli nuqtalarida joylashgan turistik ob’yektlar, kurortlar va boshqa maskanlar turistlarning asosiy oqimi yo’nalishlariga aylanmoqda. Bu kabi uzoq o’lkalarda okean-u, daryolar, sahro-yu tog’liklarni tez muddat ichida bosib o’tadigan asosiy transport vositasi bu samalyot hisoblanadi. Yuqoridagi boblarda ularning qulayliklari bilan tanishib o’tgandik. Undan tashqari, iste’molchilarning sayohat qilishlari uchun uncha ko’p vaqtlari bo’lmaganligi bu sayohatning qisqa vaqt mobaynida juda ko’plab joylarni sayohat qila olishi bu asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu tariqa, aviakompaniyalar bir haftalik kabi, sayohat uchun juda ko’plab destinatsiyaga borish mumkin bo’lgan imkoniyatni yaratib beradi.
Aviaturlarning keng miqyosda tarqalishi ushbu sayohat turi narxining kamayishiga olib keladi. Natijada, aviakompaniyalar zamonaviy turizm sanoatida juda muhim ahamiyatga ega bo’lib qoldi.
Aviakompaniyalarni turizm sanoatida suprastruktura tarkibiga kiritish mumkin. Chunki ular turistlarga xizmat ko’rsatishga chuqur yo’naltirilmagan. Biroq shunga qaramay, u turistik oqimning aktivligiga qaysidir mavsumlarda kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Aviakompaniyalarning turistlar uchun asosiy xizmati bu havo orqali tashish hisoblanadi. Aviatashish fuqarolar uchun juda maxsus xizmat turi bo’lib, asosan, quyidagi holatlar sodir bo’lishi bilan o’ziga xosdir:

  1. Yo’lovchilar hayotiga va sog’ligiga zarar yetkazishi mumkinlik ehtimoli mavjud-

ligi bilan;

  1. Ob- havo sharoitlariga juda bog’liq bo’lib, fors- major holatlarida avia

transport to’liq to’ldirilishi kerak bo’ladi;

  1. Juda farqli o’laroq yuqori qiymatga ega;

  2. Yuklash imkoniyatlarining chegaralanganligi (yo’lovchilar saloniga yuklarni olib kirish chegaralangan);

  3. Xizmat turlarining klassifikatsiyalashuvi (bunda eng qulay- birinchi, o’rta- biznes klasslardan to ekonom klass – arzonroq xizmatlarni ham taklif qiladi).

Xuddi mana shu sabablarga ko’ra, xalqaro va milliy bo’lgan yo’lovchi tashuvchi samalyotlar, aviakompaniyalar boshchilari va ekipaj a’zolarining obro’sini belgilab beradigan qonunlar ishlab chiqilgan. Bu kabi qonun- qoidalar qanday aviakompaniya bo’lishidan, qaysi yo’nalishda bo’lishidan qat’iy nazar turist xizmatdan foydalansa uning xoxish- istaklariga ko’ra, albatta bajarilishi lozim.
Yo’lovchilarning huquq va majburiyatlari ko’pgina mamlakatlar roziligiga binoan xalqaro va ichki Havo Yo’llari Kodeksiga kiritilgan. Ular quyidagilar:

  1. Yo’lovchi uchish joyida o’z vaqtida ro’yxatdan o’tish uchun kelishi shart (odatda samalyot uchishidan 1-2 soat oldin). Buning uchun aviakompaniya xodimlari bu haqda ular xizmatidan foydalanayotgan va chipta olgan mijozlarni ogohlantirishlari kerak. Odatda, vaqtni belgilashda turist kech qolmasligi uchun qanaqa reysdan (ya’ni ichki yoki uzoq masofaga mo’ljallanganligi, xalqaro, doimiy yoki charter reyslari uchun ketadigan vaqt) foydalanishlari inobatga olinadi.

Agar turist vaqtida yetib kela olmasa, uning o’rni bo’shatiladi va chipta narxi yo qaytarilmaydi (charter reyslarda) yoki qisman qaytariladi (doimiy reyslarda).

  1. Turist o’zi bilan yukini tashib borish huquqiga ega emas. Shuningdek, katta hajmdagi, tez ayniydigan, o’q otuvchi qurollar (ovga va sport turiga yo’naltirilganidan tashqari), portlovchi moddalar, qisilgan va yonuvchan gazlar, tez yonuvchan suyuqliklar, zaharli va zaharlantiruvchi moddalar, o’tkir va yemiruvchan moddalarni olib kirish ham taqiqlanadi;

  2. Yo’lovchi uchish boshlangunga qadar o’z marshrutini, vaqtini va o’rnini, o’zgartirish huquqiga ega. Agar yo’lovchi tashishda aviakompaniya uchishni qoldirishga to’g’ri kelsa (ya’ni bu 1 soatdan oshib ketsa,chiptada ko’rsatilgan reys va sanada yo’lovchini o’rniga joylashtirish imkoniyati bo’lmasa, chiptada korsatilgan aeroportda qo’nish bo’lmasa, samalyot turning uning klassi bilan bog’liq o’zgarish holatlarida, yo’lovchining yoki uning oila a’zolarining xizmatdan qoniqmagan holatlarida) chipta puli to’liq qaytariladi;

  3. Yo’lovchi belgilangan normada tekinga o’z yuklarini o’tkazish huquqiga ega (ekonom klassda 20 kg; biznes klassda 30 kg; birinchi klassda 40 kg gacha mumkin);

  4. Uchish jarayonida havo transportining bortida yo’lovchii mobil aloqa vositalaridan foydalanishi, electron o’yinlar o’ynashi, radio aloqalar va shunga yaqin electron vositalardan foydalanish huquqiga ega emas. Eshitish moslamalari va yurak stimulyatorlar bundan mustasno;

  5. Yo’lovchi aeroport zalida, havo transportining bortida bo’lgan vaqtida aerovokzalning va aviakompaniya xavfsizlik xizmatining ko’rsatmalari va talablarini bajarishga majbur.

Tashuvchi aviakompaniyaning huquq va majburiyatlari:

  • Bunda tashuvchilar yo’lovchilarga uchish mobaynidagi xavfsizlikni ta’minlash va boshqa yo’lovchilarning ham xavfsizligi nuqtai nazaridan ayrim xaridorlarga rad javobini berishlari ham mumkin. Bunday holler quyidagicha izohlanadi: agar yo’lovchi bemor va hayotiga tahdid solayotgan biror bir sabab yoki atrofdagilarga zarar keltiradigan bo’lsa, bunday yo’lovchilarni aviakompaniya xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etishlari mumkin va h.k. ;

  • Agar uchishda xavfsizlikni ta’minlash uchun yo’lovchining o’rnini o’zgartirish kerak bo’lsa, xuddi o’sha to’langan qiymatga mos boshqa o’ringa yo’lovchini o’tkazishga tashuvchi kompaniya haqli;

  • Agar yo’lovchilarning hujjatlarida biror- bir kamchiliklarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, yoki hujjat qalbakilashtirilgan bo’lsa, hamda biror- bir to’g’rilanishi kerak bo’lgan xatoliklar bo’lsa, aviakompaniya bunday yo’lovchilarni ham rad etishi mumkin;

  • Tashuvchilar yo’lovchilarni jadval bo’yicha belgilangan nuqtaga borishni tashkillashtirishga majburdir. Yo’lovchilar va ularning baggajlariga tahdid soluvchi holatlar bundan mustasnodir;

  • Tashish kompaniyalari yo’lovchilarda sodir bo’lgan jarohatlar, o’lim yoki jismoniy zarar yetkazishlar va uning yuklaridagi yetkazilgan zararlar uchun mas’uliyatni o’z bo’yniga olmaydi, qachonki, u bunaqangi holatlar oldini olish uchun barcha chora- tadbirlarni ko’rib qo’ygan bo’lsa;

  • Tashuvchilar ro’yxatdan o’tkazilmagan yuk va qo’l yuki uchun javobgar emas;

  • Fors- major holatlarda jadvallarni o’zgarishi va reyslarning bekor qilingani uchun tashuvchi javobgarlikni o’z bo’yniga olmaydi.

Havo transporti uchishiga yo’l qo’yiladi, agar:

  • Fuqarolar samalyoti mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan yillik normalarga javob bersa;

  • Samalyot agar zavod, mamlakat va ekspluatatsiya sinovlariddan o’tgan va bu to’g’risida sertifikatga ega bo’lsa;

  • Bortda davlat ro’yxatidan o’tganligini ko’rsatuvchi belgi (muhr) lari bo’lsa;

  • Uchish shart- sharoitlariga javob beradigan bo’lsa, samalyot ekipaji uchishga tayyorlanadi va qo’yvoriladi;

  • Samalyotda yoqilg’I kerakli miqdorda bo’lishi shart.

Yo’lovchi va aviakompaniyalarning o’z huquq va majburiyatlari bo’lgani kabi ular o’rtasida o’zaro bitim hujjati -- chipta ham bo’ladi.
Zamonaviy turizmni rivojlantirish hamda uni tashkillashtirishda juda ko’plab transport, savdo, ishlab chiqarish, bank, sug’urta va boshqa korxonalarning ichiga kirib borish va ular xizmatidan foydalanishga olib keladi. Transport ham individual ham guruhiy turistlarga xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yishgan. Bunda ayniqsa, o’zlarining xususiy mehmonxonalar taklifi bilan aviakompaniyalar muhim ahamiyatga ega. Deyarli barcha transmilliy aviakompaniyalar o’zlarining keng qamrovli turistlarga xizmat ko’rsatuvchi mehmonxona komlekslariga egalar. Shunga ko’ra, Amerikaning ulkan transmillliy aviakompaniyasi 36ta mamlakatda o’zining “Hilton International” mehmonxonalar zanjirini tashkil qildi. Boshqa transmilliy aviakompaniyalar ham shu kabi o’z mehmonxonalariga egalar. Bunga misollar tariqasida “KLM” (Gollandiya) transmilliy aviakompaniyasi, “CAC” (Skandinaviya), “BA” (Buyuk Britaniya) kabilarni aytish mumkin.
Aviakompaniyalarning keng tarqalishi asosan o’z filiallarini va tur operatorlik firmasini keng tartibda yo’lga qo’yishi evaziga amalga oshmoqda. Kompaniya turli xil ichki maxsus tur paketlarni yaratib, o’z tarkibidagi aviakompaniyaning samalyotlaridan tashish uchun foydalanadi.
Hozirda deyarli barcha G’arbiy Yevropa aviakompaniyalari o’zlarining filial charter aviakompaniyalari va tur operatorlik firmalariga egalar. Bu aviakompaniyalarni endi faqatgina o’z mehmonxona bazalari qoniqtirmay qo’ydi. Natijada, ular tur operatorlarning barcha xizmat ko’rsatish turlarini yo’lga qo’yishmoqda. Bu nafaqat turistlarga xizmat balki ish yuzasidan amalgam oshiriladigan sayyohlar uchun ham xizmat ko’rsatishni o’z ichiga olmoqda.
Aviakompaniyalarning faol siyosati asosan aviatashish hajmini ko’paytirishga qaratilgan.
Fuqarolarning Xalqaro Aviatsiya Tashkiloti IATA (International Aviation Transport Assosiation )ning bergan ma’lumotiga ko’ra, Yevropaning (Turkiya ham kiradi) 8 ta mamlakatida yo’lovchilarni havo transporti orqali tashish hajmi (1998-yildan) 573,1 mln odamdan (2015 yilgacha) 1,17 mlrd odamgacha o’sishi kutilmoqda. Buni foiz ulushda 105,6 % ko’payish deb qarash mumkin.
Turistik transport sistemasi boshqaruvini optimallashtirish uchun eng avvalo turistlarni tashishdagi talablarini bilish lozim. Bunda hayot sifatini yaxshilash va iste’molchilarning bo’sh vaqtiga qarab turizmni tashkillashtirish muhim sanaladi.
Hududlararo transport aloqalarni rivojlantirish turistik hududlar tizimlarini rivojlantirishga ko’mak beradi.
Zamonaviy sistemasini rivojlantirish dunyoda 3 ta asosiy tendensiyalarga bog’liq.
Birinchisi, tashish sifatining yuqoriligi, qulayligi, xavfsizligi, energiya xarajatlarining qisqartirilishi va atrof muhit ekologiyaga salbiy ta’sirining qisqartirilishi inobatga olinadi.
Ikkinchi tendensiya sifatida, ilmiy- texnik jarayonlarning tashishni tashkillashtirishda texnologiyadan foydalanishlari samaradorligi hisobga olinadi. Bunga misol tariqasida havo transportini keltirish mumkin. Chunki xalqaro turizmning rivojlanishida yangi keng qamrovga ega bo’lgan charter samalyotlari o’z hissasini qo’shdi. Bunda samalyotga mantiqiy transport vositasini boshqarish sistemasi yo’lga qo’yilgan edi. Bu sistema orqali transportlar to’g’ri taqsim qilinib boshqarilardi.
Transport sistemasini rivojlantirishning uchinchi jarayoni davlatning bu tendensiyaga ta’siri inobatga olinadi. Ko’plab sanoatlashtirilgan rivojlangan mamlakatlarda transport tizimi boshqa xo’jalik sohalaridan ko’ra ko’proq nazorat va faoliyatning rivojlantirilishi davlat tomonidan amalga oshiriladi. Chunki bu tizim mamlakatning butun bir iqtisodini rivojlantirishga, milliy xavfsizlikni ta’minlashga va xo’jalik mahsulotlarning butun saqlanishi uchun asosiy vosita turi bo’lib hisoblanadi. Jamiyat uchun ham aynan ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, turli xil ushlanib qolishlardan holi, o’z vaqtida kerakli manzilga yetkazib qo’yadigan transport vositasi juda muhim. Bu esa o’z navbatida doimiy faoliyatda bo’lib turgan transport bozoriga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
Bunday vaziyatda albatta davlatning bu bozorni qo’llab- quvvatlashi juda muhim sanaladi.
Turistik talabning asosiy xususiyatlaridan biri, u transport vositalarini quyidagi yo’nalishlarga ko’ra rivojlantirishga olib keladi. Bu texnik vositalarning tezligini oshirish (reaktiv aviatsiya – 1000 km/soatdan ortiq; temir yo’l magistrali 300 km/s gacha; yo’l avtomobillari 150 km/s tezlikkacha), yo’lda ketadigan vaqtni qisqartirish bo’lib, to’g’ridan to’gri transport aloqalarini turistik oqimlarning asosiy yo’nalishlarida o’rnatish.
Yo’lovchilarni charter aviareyslarida tashish.
Boshqa doimiy va to’liq aviareyslardan farqli ravishda uchish jadvalidan holi bo’lgan charter avia yo’nalishi ham mavjudki, u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ular quyidagicha:

  1. Charter reyslari kimningdir buyurtmasiga asosan amalga oshiriladi, ya’ni aviakompaniya bilan aloqani barcha charter tashish xarajatlarini to’lashga undagi chiptalar sotilishi xavf- xatarini o’z bo’yniga olishiga tayyor boshqa bir tomonning mavjud bo’lishi;

  2. Charter reyslari buyurtmachining xohishiga binoan sana va vaqt istalgan paytda belgilanishi mumkin bo’lib, bunda belgilangan hududda joylashgan aeroport va aviakompaniyalar bilan kelishilib, harakat qiladi;

  3. Charter aviareyslarining boorish destinatsiyasini buyurtmachi belgilaydi, biroq bunda aeroportdan bu uchun maxsus rozilik olinadi (ayniqsa, yangi yo’nalishlardagi charter reyslarda);

  4. Ushbu reysda chiptani tarqatish huquqi faqatgina buyurtmachining o’zida bo’lib, u istasa aviakompaniyaning chipta sotish xizmatidan foydalanishi ham mumkin;

  5. Narxlashtirish siyosatini tarflar, chegirmalar kabilarni ham aynan u belgilaydi.

Charter reysining iqtisodiy jihatdan ma’nosi shundan iboratki, buyurtmachi salondagi o’rindiqlarning o’rtacha narxini belgilash bilan birga uning to’lib to’lmaslik tavakkalini o’z bo’yniga oladi. Charter yo’nalishi bortidagi o’rindiqlarning narxi doimiy parvozda bo’ladigan avia yo’nalish narxlaridan kamroq bo’ladi. Biroq charter yo’nalishida yo’l haqining past narxi ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Masalan, xizmat sifatining pastligi, aerovokzaldagi va yerdagi xizmatlar sifatsizligi, parvoz vaqtining o’zgarishi mumkinligi yoki butunlay bekor qilinishi, charter reyslarida xizmat ado etilmaganda pul qiymatini qaytarishda imkoniyatlarning chegaralanganligi (deyarli barcha tur operatorlar odatda, turist to’lagan pul qiymatini qaytarishmaydi) bunga misol bo’la oladi.
Charter reysi buyurtmachilari ham yuridik ham jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Bu buyurtmachilar ko’p hollarda quyidagilar bo’lishi mumkin:

  • Ulkan hajmdagi tur (sayohat) ni tashkillashtiruvchi va o’zini to’liq bort xizmatlari bilan ta’minlovchi tur kompaniyalar;

  • Bir necha tur operatorlar vaqtinchalik qo’shilishib, charter reyslardan foydalanishadi. Bunda ular o’rin joylarni taqsimlab olishib bloklarga bo’lishadi va ana shu bloklarga ko’ra, buyurtmaga to’lovlar, chiptalar realizatsiyasidagi xavflar belgilangan tartibda chegaralangan bo’ladi;

  • Avia dalolchilar bo’lib, ular yo turistik kompaniya bilan yoki avia tashishga ehtiyojmand tashkilotlar bilan bevosita aloqada ulgurji tarzda charter reyslariga (o’rindiqlari ko’p bo’lgan holda) bloklab katta hajmda buyurtma berishadi. Bunday buyurtmalar asosan charter samalyotlarga chegirmalar qo’yilganda sezilarni suratda amalga oshiriladi. Bu dallollarning xizmati uchun haq to’lashga to’g’ri kelsa ham ko’pgina tur operatorlar, tashkilotlar ularning xizmatidan foydalanadilar. Bunga sabab esa ular aviakompaniyalar bilan kelisha olishmaydi. Chunki geografik jihatdan uzoqligi yoki tajribaning kamligi kabilar buni keltirib chiqaradi. Undan tashqari, bu dallollardan samalyot ijaraga olish ancha foydaliroq. Masalan, vositachilar tur operatorlar hohlagan blok va o’rindiqlarni kelishilgan narxda va qarzga berishlari mumkin, biroq aviakompaniyalar esa asosan charter reyslarda minimal o’rindiqlardan iborat bloklarni berishadi va narxi ham ancha qimmat bo’ladi. Kichik bo’lgan tur operatorlar ko’pincha bu kabi charter reyslardan foydalanishga sira qurbilari yetmaydi. Turizm bozorida avia dallollar (broker) muhim ahamiyatga egadirlar. Ularni aviakompaniyalar moliyaviy jihatdan qo’llaydilar. Ya’ni brokerlar aviakompaniyalardan chegirmalarga asoslangan dasturlaridan foydalanib katta hajmdagi charter bloklarini oladilar va uni turizm bozorida tur operatorlarning xohishlar, imkoniyatlar va talablariga ko’ra bloklab, ularga ijaraga biroz yuqoriroq narxlarda juda ko’p berishadi.

  • Shaxsan aviakompaniya charter dasturlarini ham o’z samalyotlariga tashkillashtirishi mumkin bo’lib, (ayniqsa, yoz mavsumida buni amalgam oshirish mumkin) bundan ko’zlangan asosiy maqsad yangi destinatsiyalarni o’zlashtirish, mijozlarni jalb qilish va qo’shimcha daromadga ega bo’lish hisoblanadi.

Charter dasturlarning ko’rinishlar:

      1. Bir martalik to’xtab kutish. Bu charter reysi turistlarni ham etish ham qaytarib keltirishga mo’ljallangan bo’lib, bunda samalyot turistlarni belgilangan hududga etgach, sayohat tugagancha ularni kutib turadi. Buyurtmachi uchun kutib turish bo’sh bort bilan uchishdan ko’ra arzonroqqa tushadi (ya’ni turistlarnni qoldirib ketgach yana olib ketish uchun qaytib kelish).charter tashishning bunday usulining qiymati yuqoriroq bo’ladi. Chunki uning xarajatlari kam foyda keltiradi. Doimiy reyslar bilan solishtirganda bu iste’molchiga qimmatga tushishi mumkin. Bunday charterlar uchun parvoz vaqti jadvali yo’q bo’lib, u asosan yo’lovchilar oqimi eng ko’paygan vaqtda yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiq. Bunday vaqtlarda (yangi yil yoki olimpiada o’yinlari kabi) narxning qiymati iste’molchilar uchun kam ahamiyat kasb etadi.

      2. Shatl- charter bo’lib, bunda birinchi dasturdan farqli o’laroq, harter reys sayohat joyida kutib turmaydi balki, yo’nalish bo’yicha qatnaydi. Bu esa charter dasturini tashkil qiladi. Bu reys mavsumiy hisoblanadi. Biroq bunda buyurtmachi 2 marta bo’sh bort uchun xarajatga tushib qoladi. Birinchi marta samaalyot destinatsiyaga turistlarni olib kelish uchun jo’naydi va to’plangan turistlarni u sayohat joyiga tashiydi. Ikkinchi marta bo’sh qaytishi esa mavsum oxirida qaytayotganda sodir bo’ladi. Bu esa mavsum tugagancha davom etadi. Tur operatorlar bunday charter reyslardan katta foydaga ega bo’lishadi. Bo’sh ketayotgan o’rin joylar mavsum paytida eng avjiga chiqqan paytidagi parvozlar orqali zarari qoplanadi. Chunki bunday charter reysida o’zining narxlashtirish siyosati mavjud. Unga ko’ra mavsum boshlangan davrdan boshlab narxlar o’rtacha narxdan boshlanib, eng avjidagi nuqtaga yetganga qadar narxlar sekinlik bilan ko’tariladi. Mavsum oxirlab qolganda yana pasayadi.

      3. Split- charter -- bu charter reysi yuqoridagilardan farq qilib, uning amalga oshadigan reys parvozi “bo’linib” amalga oshiriladigan sayohat deb atalishi ham mumkin. Bunda charter reysidan transit tarzda foydalaniladi. Masalan, ma’lum bir tur firma agar Rostov shahridan Bankokga bormoqchi bo’lsa, u Toshkent orqali u yerga boradi. Ya’ni Rostovdan Toshkentgacha doimiy reyslarda kelsa, Toshkentdan Bankokga Split-charter reysida boradi. Qaytishda ham shunday Bankokdan Toshkentgacha charter reysda, Toshkentdan Rostov shahriga esa doimiy reyslarda borishadi. Bu charter reysi ancha arzonroqdir. Agar tur operator ushbu reysdan foydalanmoqchi bo’lsa, u transit aeroport vakillari va aviakompaniya bilan shartnoma tuzishi, kelishishi kerak bo’ladi.

      4. Yarim charter tashish. Bu ham Split charter kabi izohlanadi. Biroq bunda 2 ta reys ham 2 ta buyurtmachi, 2 ta turoperator ishtirok etadi. Ular ham transit tarzida amalgam oshiriladi.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling