Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Download 347.46 Kb.
bet27/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

«Yomg’ir yog’ishi» - tabiatga xos hodisa, jamiyatga esa suv tekin sanaladi. «Boylar bolasi» mehnatkashlarni «echkiday sog’ayotgan» otalari hisobidan «qorinlarini dumalatib» yashayotgani sarkastik parallelizmda fosh qilingan.Masxaralamalar hamma zamonlarda – o’tmishda ham, bugun ham yaratilmoqda. Qaysi zamonda yaratilganidan qat’iy nazar, davrning tarixiy ruhiga muvofiq yovuzlar qiyofasini konkret an’anaviy ifodalarda fosh etadi. Bunda bolalar tasavvurining konkretliligi, yovuzlik yoki yovuzlarni badbashara qiyofada aniq ko’rishni taqozo etishi obrazlar tasviridagi an’anaviylikka mone’lik qilmagan. Shu sababli bunday masxaralamalar poetik tavsifnomaga o’xshaydi:
Otam ketgan urushga,
Dushmanni ko’p qirishga.
Boshi uzun, ko’zi ko’r
Gitlerni o’ldirishga.
Bolalarning taqvim qo’shiqlari. Ota-onalar o’z bolalarning tabiatga munosabatlarini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalarning taqvimi va unga aloqador mavsum-marosim qo’shiqlari yuzaga kelgan. Yil fasllari-bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog’liq bunday qo’shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko’ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo’qotgan yo tamoman so’nib ketgan, yo transformatsiyaga uchrab bolalar repertuaridagina saqlanib qolgan. «Boychechak», «Yo ramazon» va hayitliklar shular sirasiga kiradi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Xalq og`zaki badiiy ijodi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. O`zbek bolalar folklorini to`plash va tartib berish qachon boshlangan?
3. Bolalar folklori genezisi haqida ma'lumot bering.
4. O`zbek bolalar folklorining asosiy janrlari haqida mulohaza yuriting.
5. Qo`shiq deb nimaga aytiladi va qanday qo`shiqlar erkalash poeziyasiga daxldor?
6. Bolalarning taqvimiy qo`shiqlaridan misol keltirib, sharhlab bering.
7. Beshik qo`shiqlari nima va u bolaning qaysi yoshida aytiladi?
8. Maishiy qo`shiqlar deganda nimani tushunasiz?
9. "Alla" istilohi va uning kuylanishi haqida ma'lumot bering.
10. Allalarda farzand qiyofasini umumlashtiruvchi qanday poetik obrazlar mavjud?
11.Voqeaband va parokanda allalarning o`zaro tafovutini tushuntiring.
12. Aytim-olqishlarning etnologik mohiyatini izohlang.
13. Erkalamalarning janriy tabiatini oydinlashtiring.
14. Ovutmachoqlar qanday ehtiyoj asosida paydo bo`lgan?
15. Qiziqmachoqlar qanday janriy xususiyatlarga ega?
16. Qaytarmachoqlarning janriy xususiyati haqida fikr yuriting.
17. Yalinchoqlar janriy tabiati haqida so`zlang.
18. Hukmlagichlarning paydo bo`lish manbalari va ijro usulini tushuntiring



Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling