Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Download 347.46 Kb.
bet18/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

II.Kattalar bolalarning tabiatga munosabatini shakllantirishda ham faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalar taqvimi va uni ifoda etuvchi marosim qo’shiqlari yuzaga kelgan. Bahor, yoz, kuz, qish mavsumlari bilan bog’liq bunday qo’shiqlarning bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko’ra kattalar repertuaridagi mavqeini yo’qota borib, yo tamoman so’nib ketgan, yo transformaciyaga uchrab bolalar repertuariga ko’chib o’tib saqlanib qolgan. «Boychechak», «Chittigul», yo ramazonlar va hayitliklar shular jumlasidan hisoblanadi. Qolaversa, ibtidoiy ajdodlarimizning animistik va totemistik e’tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o’sha mohiyatini yo’qotgan yalinchoq va hukmlagichjanrlari bolalar repertuarida hamon faol yashamoqda.
III.Bolalarning o’z ijodkorligi va ijrochiligi hosilalari bo’lgan qo’shiqlar va oyinlar – o’zbek bolalar folklorining asosini tashkil etadi. So’z va harakatning nisbatiga ko’ra bularni ikki katta guruhga bo’lish mumkin:
1. Bolalarning maishiy qo’shiqlari.
2. Bolalarning oyin folklori
ALLALAR. «Alla» istilohining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavjud. Kimdir uni arabcha «olloh» so’zining fonetik o’zgarishga uchragan shakli desa, kimdir o’zbekcha «aldamoq» so’zidan kelib chiqqan, shunga ko’ra u bolani aldab-avrab uxlatish ma’nosiga ega deya izohlashga urinadi. Bu izohlarning soxtaligi va haqiqatni aks ettirmasligi o’z-o’zidan ayonlashib turibdi. L.Z.Budagov chig’atoychada «allala» boshning orqasi, ya’ni «ensa»ni anglatishini qayd etgan. Chindan ham chalqanchasiga yotganda boshning orqasi yostiqda bosilib, shu holda uxlanadi. Chaqaloq beshikka, belanchakka faqat bosh orqasi–allalasi bilan chalqanchasiga cho’zilib uxlaydi. Bolaga uyqu chaqirishda qo’llanishi shu vazifasidan kelib chiqqan. Bunda «allala» shakli «alla, alla-yo, alla-yo alla» tarzidagi ko’rinishlar bilan to’lishib, uyquga chorlovchilik mohiyatini kasb etgan. Chaqaloq yoshini to’ldira borishi jarayonida bu so’zdagi tovushlarni idrok etishi tufayli uyqusi kelganda o’zining ham «alla»so’zi lug’aviy jihatdan «bosh orqasi» va «uxlamoq» ma’nolarini anglatsa, istilohiy ma’nosiga ko’ra uyqu chaqirmoq, uxlatmoq asosiy vazifasiga aylangan silsilaviy qo’shiq turini anglatadi. Bunday qo’shiqlarda allalab ovutish yoki ovutib, avaylab uxlatish kuylash jarayonida amalga oshiriladi. Aslida allaning tarbiyaviy-estetik mohiyati shu zaminda shakllangan. Bu uning emocional ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo’lib, bolani kuy og’ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot bilan tanishtirish, hayot ma’nosini anglashiga yo’l ochish, shu zaylda estetik didini shakllantirish va o’stirish maqsadiga qaratilganligida zuhur topgan. Abu Ali ibn Sino allaning shu xususiyatini ming yil ilgariyoq payqab, shunday e’tirof etgan: «... bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo’llamoq kerak: Biri, bolani sekin-asta tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat bo’lib qolgan muzika va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi bilan muzikaga bo’lgan iste’dodi hosil qilinadi». Bu mulohazadan to’rt narsa ayonlashadi: birinchisi, allaning bundan ming yil ilgari – ibn Sino zamonida ham mavjudligi bo’lib, janrning genetik asosiga nazar solish imkonini beradi. Ikkinchisi, allaning ijrosi – sekin-asta tebratishga omuxta holda kechishi, uchinchisi esa, bolani uxlatishgagina xizmat qilishi va nihoyat to’rtinchisi, bolaning ham jismoniy, ham ma’naviy chiniqishida muhim ahamiyat kasb etishi to’g’ri ilg’angan.
Allalar, odatda, bolalarning emizikli davrida – ular to 3 yoshini to’ldirgunlarigacha aytiladi. Ularning bolalarning shu yoshi bilan bog’lanishi qat’iy bo’lib, beshik qo’shig’i sifatida tavsiflanishiga yo’l ochgan. Allalarni ona suti bilan bog’lab «sutda qorilgan va mehrga yo’g’rilgan qo’shiq» tarzida muqaddaslashtirilishi sababi shunda. Allarga xos bu xususiyat mohiyatini ta’riflab, Prezident I.A.Karimov shunday degan edi: «Inson tabiati, fe’l-atvori go’dakligidan shakllanar ekan, milliy dunyoqarash ham bola vujudiga ona suti bilan kiradi.
Tabiiyki, ona allasi faqat chaqaloqning orom olishi uchungina aytilmaydi, balki uning vositasida bolaning ko’ngil dunyosiga milliy ruh kiradi. Ona tilidagi mehr-muhabbat, nasliy tuyg’ular va orzular go’dakning jismu jonida ildiz qoldiradi». Boladagi milliylik tabiati, u yoki bu millatga ruhiy mansubligi shu asosda etilib boradi. Allalar onalarning ming-minglab avlodlaridan bir-birlariga o’tib, sayqal topib, onalik mehrini, armonini uzluksiz silsilaviylikda ifodalab kelayapti. Ularning bu qadar uzoq zamonlar yashovchanligi sababi – allarda onalik qalbining, ayollik mahzunligining ifodalanganidir. Shu fazilati tufayli allalar nafaqat bolalarga, hatto kattalarga ham yoqimliligini, har bir xonadonda kuylanishini, xush ko’rilishini ta’minlagan. Chaqaloq dunyoga kelgan xonadon borki unda alla jaranglab yangrab turadi.
Allaning qachon paydo bo’lganini aytish qiyin, shunga qaramay, ular necha ming yillar davomida yashab kelayotgan onalarning necha-necha avlodlarining hayotiy tajribalari, qanchadan-qancha yanglishuvlari, ajralishlari, kuyinishlari, quvonch va alamlari, sadoqat va iztiroblari, bolaga fidoyiliklaridan tug’ilgan saboqlar – ijtimoiy ong mahsuli bo’lib yuzaga kelgani aniq. Shu sababli allalarni onalar dunyosisiz, sezgilarisiz, tashvishlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Binobarin, to’g’ri ta’kidlanganidek, allalar ona-shoira bilan ishchi-tarbiyachining bir siymoda birlashgan vaqtida asl, o’lmas qo’shiq sifatida hamma adabiyotlarning boshlang’ichi bo’lib vujudga kelgan (M.Gorkiy). Shu ma’noda har bir xalqda allaning tarixi o’sha xalq bolalar folklorinigina emas, balki bolalikka ijtimoiy munosabatlari tarixi ham sanalishi mumkin.

Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling