Jahon tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi


Download 347.46 Kb.
bet21/62
Sana05.05.2023
Hajmi347.46 Kb.
#1429742
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
Bog'liq
4.O\'zbek bolalar adabiyoti

OVUTMACHOQLAR esa bolani tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi badihalardir:
Voy-voy, shuginani kim urdi?
Voy-voy, shuginaga kim lab burdi?
Yig’lama, oppoqqinam,
Boshimdagi qalpoqqinam!

Ko’rinayotirki, chaqaloqning yig’isi onada uni tinchlantirish associaciyasini uyg’otgan. Ona shu zaruriyatga ko’ra so’zga murojaat qilayotir. U so’zbozlik qilayotgani yo’q, balki so’zni tashkil etgan tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi ohangga urg’u berib, orom beruvchi, ovituvchi ma’noni anglatishga, his etishga va tuydirishga erishayotir. Bunda bolani bag’irga bosib, beshik yo belanchakda tebrata turib, unga termulgan holda lablarni cho’chchaytirib yoxud bolaning yupqagina lablarini qitiqlab, ovituvchi ma’noning omuxtalashtirilishiga alohida ahamiyat berilishini ham unutmaslik darkor. Shundagina so’zlarda ham, tovushlarda ham ohang, ma’no va harakatning o’zaro muvofiqligi ovutmachoqning ritmik mehvariga aylana oladi. Buni his-hayajonni ifodalovchi so’zlarning juftlashgan takrori bo’rttirib ifodalagan:


Ho’-ba, ho’-ba, nega yig’laysan?
Ho’-ba, ho’-ba, nega big’laysan?
Ho’-ba, ho’-ba, big’-big’lama
Ho’-ba, ho’-ba, san yig’lama.
Ho’-ba, ho’-ba .. jo..o..on, jo..o..on,
Sadqa senga shirin jo..o..on.
«Ho’-ba, ho’-ba» taqlidiy so’zidan tarkib topgan anafora mayin va cho’zinchoq ohangda aytiladi. Tovushlar alliteraciyasi asosida ohangdoshlik kasb etgan qofiyalar anaforadagi mayin va cho’zinchoq ohangni to’ldirib, izchil tarovatlanishini ta’minlagan. Natijada boladagi injiqlikni elita oladigan jozibali ovituvchi ohang yuzaga kelgan. Ovutmachoqlarning bevosita bolaning o’ziga poetik murojaat shaklida qurilganligi elitish, avrash, yumshatish jarayonini yanada faollashtirgan va samimiylashtirgan xos xususiyatidir. Bola tovushlar ohangidagi sehrli jozibadan rohatlanib tinchlana boshlaydi. Bu esa, o’z navbatida, bola faoliyatida ongni uyg’otish va harakatga solish yo’lidagi ilk associaciya bo’lib, nutqning hosil bo’lishi (dastlab tovush shaklida, so’ng hijodan iborat so’z shaklida) va shakllanishiga yo’l ochadi. Shu tariqa, allalardagi monotonlik, erkalamalardagi patetik ko’tarinkilikka hamohanglikda ovutmachoqlardagi bamaylixotir tovush tovlanishlari o’zaro uyg’unlashib, bolada o’z ona tilisining tovushlar gammasini ilg’ash, bora-bora nutq tovushlarini o’zlashtirishga yo’l ochadi, nutqining shakllanish jarayonini harakatga keltiradi.

Download 347.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling