Jahon urushida ikki marta mag‘lub bo‘lgan xalq qanday qilib yuksaldi?


Download 12.28 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi12.28 Kb.
#1008238
Bog'liq
Germanya iqtisodiyoti


Jahon urushida ikki marta mag‘lub bo‘lgan xalq qanday qilib yuksaldi?
Germaniya ikki marta jahon urushlarida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, 80 yil ichida jahonning eng iqtisodiyoti rivojlangan davlatlaridan biriga aylana oldi.
Davlat boshlig‘i – federal prezident
Germaniya Federativ Respublikasi poytaxti Berlin shahri bo‘lib (1991-yilning iyun oyidan), mamlakat ma’muriy jihatdan 16 yer (viloyat)ga – yerlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo‘linadi. Mamlakat Germaniya (Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi(Bundesrepublic Deutschland), GFR kabi nomlar bilan yuritiladi.
Davlat tuzumi (GFR) – federativ respublika bo‘lib, amaldagi konstitutsiyasi 1949-yil 23-mayda qabul qilingan. Unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994-yillarda qo‘shimchalar kiritilgan. Davlat boshlig‘i – federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal majlis tomonidan 5 yil muddatga saylanadi va yana bir marta saylanish huquqi mavjud.Federal majlis bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u bundestag deputatlari hamda landtaglar (yer parlamentlari) tomonidan saylangan a’zolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yo‘qotsa yoki vafot etsa, bundestag raisi prezident vakolatlarini bajaradi.
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: bundestag va bundesratlardan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Bundesrat esa yer hukumatlari o‘z orasidan 4 yil muddatga ta’minlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal kansler boshchiligidagi federal hukumat qo‘lida.Federal kansler bundestagda prezidentning taklifiga binoan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. Vazirlar federal kanslerning taklifi bilan prezident tomonidan tayinlanadi. Har bir yerning o‘z konstitutsiyasi, parlament va hukumati bor.
GFR aholisi 82 400 996 kishi bo‘lib, uning 6,5 mln.ni chet elliklardir. Rasmiy davlat tili – nemis tili. Dini – xristianlik (nasroniylik). Pul birligi – nemis markasi bo‘lgan edi, lekin hozirgi kunda (2002-yilning yanvaridan boshlab) Yevro pul birligiga o‘tilgan. Milliy bayrami nemis birligi kuni (1990-yil 3-oktyabr GDR va GFR ning birlashgan kuni) hisoblanadi.
Germaniya – iqtisodiyoti qudratli davlat
Ijtimoiy bozor iqtisodiyotida aholi farovonligi uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan. Germaniya urbanizatsiya darajasinihoyatda yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib, zamonaviy ilmiy-texnologik asosida industriallashgan davlatdir.
GFR dunyo mamlakatlari ichida mahsulotlarni ishlab chiqarish va iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turuvchi davlatlardan biri. Jahon mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning (YAMM) 7-8 foizi, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 27-28 foizi GFRga to‘g‘ri kelmoqda. Germaniya aholisining 27-28 foizi asosan mamlakatning sanoati rivojlangan iqtisodiy rayonlarida yashashib, mamlakat YAMMning 23-24 foizini ishlab chiqarmoqda.
Germaniya jahonning yirik va iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri. Mineral xom ashyo resurslariga boy. Masalan, ularga toshko‘mir, temir va marganes rudasi, nikel, kobalt, volfram, molibden, mis, xrom, qo‘rg‘oshin, qalayi, uran, kaliy tuzi, gilmoya va h.k. kiradi.
GFR iqtisodiyotida mashinasozlik sanoati yuqori darajada rivojlangan sohadir. Mashinasozlik sanoatida, ayniqsa, metalni qayta ishlash sohasida, metallurgiya, elktrotexnika, konchilik, to‘qimachilik sanoati, shuningdek, qishloq xo‘jalik, mashinasozlik tarmoqlari keng rivojlangan.Telekommunikatsiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarish, mexanika va optik apparatlarni ishlab chiqarish sohalari ham mamlakat iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Mamlakat iqtisodiyotida konsernlar shaklida bo‘lgan yirk monopolistik birlashmalar – og‘ir sanoatda – “Tissen”, “Krupp”, “Manneyeman”; elektrotexnika va elektron ishlab chiqarish sanoatida – “Bosh”, “Simens”; kimyo sanoatida – “Xyoxst”, “Basf”, “Bayer”; avtomobil sanoatida – “Mersedes-Bens”, “Folksvagen”, “Deymler-Beni”, “Opel” va “BMW” konsernlari hal qiluvchi rol o‘ynaydi.GFR qishloq xo‘jaligida aholining atigi 4-5 foizi band bo‘lib, mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizdan ortiqrog‘ini qondiradi. Bu holat mamlakat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda mehnat samaradorligi naqadar yuqori ekanligidan dalolat beradi.Ushbu mamlakatning asosiy eksport mahsulotlari – mashinasozlik va transport vositalari, kimyo, metallurgiya va sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat, tekstil mahsulotlari. Germaniyaning asosiy eksport hamkorlari Fransiya AKSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Rossiya, Gollandiya, Belgiya, Avstriya, Ispaniya sanaladi.Germaniya Federal statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda Germaniyadan birgina Rossiyaga eksport qilinadigan mahsulotlar taxminan 25,9 milliard yevroga teng bo‘ldi. Rossiya mahsulotlarini Germaniya hududiga olib kirish 31,4 milliard yevroni tashkil qiladi. Besh yil ichida birinchi marta mamlakatlar o‘rtasidagi tovarlar importi va eksporti hajmi oshib bordi.2017-yilda 2016-yilga nisbatan tovarlar eksporti 20,2 foizga, import esa 18,7 foizga o‘sdi. Bundan oldin Germaniyadan eksport qilinadigan tovarlar miqdori to‘rt yilga qisqardi. 2012-yilda Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ko‘rsatkichlari (eksport 38,1 milliard yevro, import esa 42,8 milliard yevroni tashkil qildi) kuzatilgandi.Germaniya eksporti va tovar importi 2017-yilda rekord o‘rnatdi. Germaniyaning Federal statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijga yetkazib berish hajmi 6,3 foizga oshib, 1,279 trillion yevroni tashkil qildi. Evropa Ittifoqi davlatlari ulushi umumiy eksport hajmidan 750 milliard yevroga teng bo‘ldi.O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga ko‘tarilib, 1,035 trillion yevroni tashkil qildi. Natijada 2017-yilda mamlakat tashqi savdo balansining profitsiti sakkiz yil ichida birinchi marta kamayib, 244,9 milliard yevroni tashkil qildi.Professional xizmat ko‘rsatuvchi PwC gigantining hisobotida 33 yil ichida iqtisodiyoti eng qudratli maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan mamlakatlar qatorida Germaniya kuchli o‘ntalikda alohida e’tirof etilgan.

Olmonlar bunga qanday erishmoqda?


Germaniya ikki marta jahon urushlarida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, 80 yil ichida jahonning eng iqtisodiyoti rivojlangan davlatlaridan biriga aylana oldi. Ekspertlar nemislarningo‘ziga xos fe’l-atvori ularning iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishlariga sababchi bo‘lganini ko‘p ta’kidlashadi.
Asli amerikalik biznesmen Keyt Xauzer shunday degan edi:
“Germaniyada 30 yildan buyon yashayotgan amerikalik sifatida ta’kidlashim mumkinki, nemislar ishni to‘g‘ri tashkil etish uchun o‘z vaqtlari va kuchlarini to‘g‘ri taqsimlashni ancha erta boshlashadi.
Nemislarni qisqa muddatli emas, uzoq muddatli samaradorlik qiziqtiradi. Ular o‘ta puxtalik bilan ish olib borishadi. Bu yerda maorifga katta e’tibor qaratiladi. Bolalarga katta talablar qo‘yiladi. Yaponiyadagi singari bu mamlakatda ham farzandlarining maktabda yaxshi o‘qishlarini kutishadi, agarda ularning o‘zlashtirishi sust bo‘lsa, shu zahoti repetitor yollashadi.
Ular uchun o‘zaro kelishuv muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois qarorlar chiqarishda rahbarlar bilan birga oddiy xodimlar ham ishtirok etishadi. Nemis rahbarlari qo‘l ostidagi xodimlarini erishgan muvaffaqiyati uchun munosib rag‘batlantirish orqali ularning mehnat qilishga bo‘lgan ishtiyoqlarini oshirishadi. Ular bir-birlari bilan xuddi hamkorlardek munosabatda bo‘lishadi.
Og‘ir vaziyatlarda nemislar o‘z manfaatlarini jamiyat manfaati uchun qurbon qilishga tayyor. Mamlakatda korrupsiya va jinoyatchilik darajasi past bo‘lib, aksariyat mamlakatlarning bor quvvati mana shu ikki illatga qarshi kurashishga sarflanadi”.

O‘zbekiston – Germaniya munosabatlari


Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasida rasmiy munosabatlar 1992-yildan boshlangan bo‘lsa ham, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar uzoq davrga borib taqaladi O‘zbekistonning g‘arbiyЕvropadagi birinchi elchixonasi 1993 yil Bonn shahrida ochildi. O‘sha paytdanoq o‘zaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yo‘lga qo‘yildi. Germaniya Federal iqtisodiy hamkolik vazirining 1992 yil avgustdagi rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi.Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 1993-yil avgustda idoralararo komissiya hamda 1995-yil may oyida O‘zbekiston – Germaniya doimiy ishchi guruhi tuzildi. Mazkur komissiya va guruh muntazam ravishda yig‘ilishlar o‘tkazib, investitsiyalarni kafolatlash va sug‘urtalash, loyihalarni moliyalash, xususiylashtirishga ko‘maklashish, qimmatli qog‘ozlar bozorini vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelayotir. 1993-yil Toshkentda Germaniyaning texnikaviy hamkorlik jamiyatining vakolatxonasi ochildi. Jamiyat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminarlar va o‘quv kurslari o‘tkazish yo‘li bilan mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy qonunchilik, xususiylashtirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shahar yo‘lovchi transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, “Onalik va bolalikni himoya qilish” tadbirlari bo‘yicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi.O‘zbekiston RespublikasiTashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Germaniyaning “AKA”, “KFV”, “Berliner Bank” va “Doyche Bank” kabi banklari bilan bazis bitimlari tuzgan. Shu bitimlar asosida kamida 778,7 mln. nemis markasi miqdorida turli loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Germaniyaga 2001-yil 2-5-aprel kunlari qilgan tashrifi ikki mamlakatning o‘zaro munosabatlarida sifat jihatidan yangi davr boshlanganligini bildirdi. Tashrif davomida moliya, sayyohlik, fan-tehnika, narkotiklar kontrabandasiga qarshi kurash kabi sohalar bo‘yicha o‘zaro shamkorlikniyanada kengaytirishni nazarda tutuvchi 14 ta hujjat imzolangandi.Bugungi kunda respublikamizda germaniyalik investorlar ishtirokida 112 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 27 tasi 100 foiz Germaniya kapitaliga ega. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligidan Germaniya Federativ Respublikasining 36 ta firma va kompaniyalarining vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmi ortib bormoqda. Masalan, 2016-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 521,5 mln. AQSH dollari, jumladan, eksport – 32,9 mln. AQSH dollari, import esa – 488,6 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik bugangi kunda ham izchil rivojlanib boradi, albatta. Bunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkel O‘zbekiston Respublikasi va GFR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bir-birlariga yo‘llagan tabrik misol bo‘ladi.
Download 12.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling