O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY PROTSESSUAL KODEKSI
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik
hujjatlaridan iboratdir.
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilik buyruqqa, da’vo ishini yuritishga oid va
alohida toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
106 — 116-moddalari
, mazkur Kodeksning 
135 –
147-moddalari

148 — 203-moddalari

204 — 238-moddalari
.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 13-moddasining 
beshinchi qismi

242-moddasi
.
2-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari
Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda yuridik
shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga
ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
2-moddasi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling