O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet davlat huquqi normalarini qo‘llash


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

14-modda. Chet davlat huquqi normalarini qo‘llash
Chet davlat huquqi normalarini qo‘llashda sud ushbu normalarning mazmunini ularning
tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda qo‘llanilishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida sud ko‘maklashishni va
tushuntirib berishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning vakolatli
organlariga yoki tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi
mumkin.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
1160-moddasi
.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan chet davlat
huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning
mazmunini aniqlashda iqtisodiy sudga boshqacha tarzda ko‘maklashishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
41-moddasi
.
Agar ko‘rilgan choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni aniqlanmasa,
iqtisodiy sud O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qo‘llaydi.
15-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
114-moddasi
, mazkur Kodeksning 
334-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 
5-moddasi
.
Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
232-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
181

198 -moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining va Oliy xo‘jalik
sudi plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-son “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi 
Qarori
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling