O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

28 -modda. Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar
1


Arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar jumlasiga “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunida
nazarda tutilgan quyidagi arizalar bo‘yicha ishlar kiradi:
1) arbitrni tayinlash to‘g‘risidagi;
2) arbitrni rad etishni qanoatlantirish haqidagi;
3) arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish to‘g‘risidagi;
4) arbitraj sudining yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish haqidagi;
5) ta’minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi;
6) ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi;
7) dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi;
8) arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish haqidagi;
9) arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy
sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 
29 -bobida
ko‘rsatilgan
o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 
1 — 4

7
 va 
8-bandlarida
 sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar
tomonidan faqat, agar arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, ko‘rib chiqiladi.
29-modda. Nizolarni hal etishni hakamlik sudiga topshirish
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqib, yuzaga keladigan yoki yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan,
iqtisodiy sud hal qiluv qarori chiqarguniga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi
mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 10-moddasining
birinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
birinchi

o‘n birinchi xatboshilari

5 — 7
,
9

11-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling