O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

24-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
O‘zini o‘zi rad qilish to‘g‘risidagi yoki sudyani yoxud bir necha sudyani yoinki butun sud
tarkibini rad qilish haqidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda ish o‘sha sudda, biroq sudyalarning
boshqa tarkibida ko‘riladi.
Agar o‘zini o‘zi rad qilishni va rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni ayni o‘sha sudda
ko‘rish uchun sudning yangi tarkibini shakllantirish imkoni bo‘lmasa, ish boshqa sudga o‘tkazilishi
kerak.
 LexUZ sharhi


Qarang: Mazkur Kodeksning 
19 — 23-moddalari
, 39-moddasi ikkinchi qismining 
2-bandi
.
5-bob. Iqtisodiy ishlarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligi
1-§. Sudga taalluqlilik
25-modda. Ishlarning sudga taalluqliligi
Iqtisodiy sudga:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda
belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ko‘rilayotganda
taraflar bo‘lgan fuqarolar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) o‘rtasidagi fuqaroviy,
ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar;
2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga
kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash (bundan
buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
111-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 
10

24

39

40-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 
3 — 7-moddalari
.
3) bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 
ikkinchi xatboshisi
,
4

5-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi “Bankrotlik
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 142-sonli
Qarori
.
4) hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 16.10.2006-yildagi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
4 ) arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar;
5) ushbu Kodeksning 
30-moddasida 
ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan
mehnatga oid nizolar mustasno;
5 ) ushbu Kodeksning 
30 -moddasida
ko‘rsatilgan investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar;
5 ) ushbu Kodeksning 
30 -moddasida 
ko‘rsatilgan raqobatga oid ishlar;
6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish
to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
31-moddasi
, 32-moddasi ikkinchi qismining 
ikkinchi xatboshisi

258-
moddasi
.
Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar
ham, agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli
bo‘ladi.
Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
245 -moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 269-moddasining 
uchinchi qismi
.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan bo‘lsa, sud o‘ziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro
tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga
taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha
sudda ko‘rilishi lozim.
O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan
bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1
1
1
2
2
1


Ushbu modda birinchi qismining 
4

5
va 
5 -bandlarida 
ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan
huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, sud
tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling