347-modda. Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish
Sud yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan,
shuningdek o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasini
undiruvchining, qarzdorning, davlat ijrochisining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan taraflarni
chaqirtirmasdan hamda sud muhokamasisiz chaqirib olishga va uning o‘rniga yangi ijro varaqasini
berishga haqli.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek,
agar sud qarorining ijrosi davlat ijrochisining ish yurituvida bo‘lsa, davlat ijrochisiga yuboriladi.
Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar, hisob-kitobdagi yanglishishlar bilan berilgan yoki
o‘zgartirilgan (bekor qilingan) sud hujjati asosida berilgan ijro varaqasi undiruvchi yoki davlat
ijrochisi tomonidan uni bergan sudga ijro etilmasdan qaytariladi.
Ijro varaqasini chaqirib olish va yangi ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat
qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
127
,
128
,
191-moddasi
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 17.04.1998-
yildagi “Sudning hal qiluv qarori haqida” gi Qarorining
17-bandi
.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 02/18/IPK/0623-son, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-
son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son,
24.05.2019-y., 03/19/541/3179-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son, 13.11.2019-y.,
03/19/583/4016-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 11.03.2020-y.,
03/20/607/0279-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; 13.01.2021-y., 03/21/663/0013-son; Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son, 17.09.2021-y.,
03/21/716/0877-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son, 30.06.2022-y.,
03/22/782/0576-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |