O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

339-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati:
ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda;
ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilganidan so‘ng muddatning o‘tish davri
yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib
hisoblanmaydi.
Ijro varaqasi uni to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi sababli undiruvchiga
qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilganidan keyin ijroga taqdim etishning yangi
muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
334 — 338

340 — 347-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
28-moddasi
.
340-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi ijro varaqasini
bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi
ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, o‘tkazib
yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash to‘g‘risidagi arizasi u
sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan
e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 
127-
moddasida 
nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida
tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun
to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi undiruvchi va
qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
127

334 — 339

341 — 347-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Sud
hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 29-moddasining 
ikkinchi qismi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang:O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga
oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarorining 
7

8-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-


sonli “Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual qonun
normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
18-bandi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling