336-modda. Ijro varaqasini berish
Sud hujjati bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan
hollar mustasno.
Agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta undiruvchi foydasiga amalga
oshirilishi kerak bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining
ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan holda bir nechta ijro
varaqasini beradi.
Pul summalarini bir necha javobgardan undirish to‘g‘risidagi sud hujjati asosida
javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan
undirish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi
ko‘rsatilishi va solidar javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi sanab o‘tilishi
kerak.
Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud tomonidan beriladi.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida ijro varaqasi undiruvchiga
beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra davlat ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi.
Budjetga mablag‘larni undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga
sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida yuboriladi.
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
127
,
334
,
335
,
337 — 347-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga
oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarorining
3-bandi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |