330-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza, agar u o‘zining shakli va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksda qo‘yiladigan
talablarga rioya etilgan holda berilgan bo‘lsa, tegishli sudning ish yuritishiga qabul qilinadi.
Arizani sudning ish yuritishiga qabul qilish to‘g‘risidagi masala u sudga kelib tushgan kundan
e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning
127-
moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
328
,
329
,
331-332-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil
25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 8-
bandining
ikkinchi qismi
,
10-bandi
.
331-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qaytarish
Sud qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi arizani quyidagi hollarda qaytaradi, agar:
1) ariza ushbu Kodeksning
328
va
329-moddalarida
belgilangan qoidalar buzilgan holda
berilgan bo‘lsa;
2) ariza belgilangan muddat tugaganidan so‘ng berilgan bo‘lsa va uni tiklash to‘g‘risida
iltimosnoma mavjud bo‘lmasa;
3) ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash sabablari uzrsiz deb hisoblanib,
shunga ko‘ra ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklashga asos mavjud bo‘lmasa.
Arizani qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Arizani qaytarish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining
1
va
2-bandlarida
ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, ariza
bergan shaxs ariza bilan sudga yangidan murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
328 — 330
,
332-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil
25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
1
,
2-bandlari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |