O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmasining majburiyligi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

304-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi ko‘rsatmasining majburiyligi
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida bayon qilingan ko‘rsatmalar ishni yangidan
ko‘rayotgan sud uchun majburiydir.
Kassatsiya instansiyasi sudi u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning
boshqalaridan ustunligi to‘g‘risidagi, ish yangidan ko‘rilganida qanday hal qiluv qarori qabul
qilinishi haqidagi masalalarni ilgaridan hal qilib qo‘yishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
301 — 303-moddalari
.
305-modda. Ajrim, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan
qoidalar bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda kassatsiya shikoyatlarini
(protestlarini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan
ko‘riladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror, apellatsiya
instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha
quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini
o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini
o‘zgartirishga yoki bekor qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida
qoldirishga;
3) da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini
ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni, ularni o‘z
kuchida qoldirish to‘g‘risidagi apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilishga va da’vo arizasini,
ishni ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
4) apellatsiya instansiyasi sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul
qilishni rad etish to‘g‘risidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi, apellatsiya
shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni
tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga
va apellatsiya shikoyatini (protestini), ishni ko‘rish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling