O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

302-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi
sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini
o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning
isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri
qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunchilik hujjatining qo‘llanilganligi;
3) qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri
hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi
instansiya sudning hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud
bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini har
qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir
ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;


4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud
tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
5) hal qiluv qarorining, qarorning sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa,
sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida, qarorda ko‘rsatilganidan
boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu
Kodeks 202-moddasining 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan
imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio-yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio-
va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib
qo‘yilmaganligi;
7) bildirilgan talab bo‘yicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;
8) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya
instansiyasi sudining qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya
instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling