O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

297-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni ko‘rish tartibi
Kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘radi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini)
sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran
yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; da’voning
predmetini yoki asosini, da’vo talablarining miqdorini o‘zgartirish haqidagi; qarshi da’vo taqdim
etish to‘g‘risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar,
shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan
boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi
haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga
to‘sqinlik qilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining
ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining, apellatsiya
instansiyasi sudi qarorining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va unga doir kelib
tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan so‘ng sud sud majlisida hozir bo‘lgan ishda ishtirok
etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular kassatsiya shikoyatida (protestida)
ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha dalillar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha
ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan
shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 
50-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat
organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va
uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng kassatsiya instansiyasi
sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u
ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Qaror besh kun ichida to‘liq hajmda tuziladi va imzolanadi.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini tushuntiradi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling