O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

288 -modda. Ishni talab qilib olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha tegishli
iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning
o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari ushbu
1


Kodeksning 
282-moddasida
ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda,
kassatsiya protesti kiritish masalasini hal etish uchun tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib
olishga haqli.
289-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan
ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rganadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha sudya quyidagi ajrimlardan
birini chiqaradi:
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish
to‘g‘risida;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish haqida;
3) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risida.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalariga doir ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning
197-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
290-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan
kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar
ko‘rsatilishi kerak:
1) ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
4) ustidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) sud hujjatlari;
5) tegishli suddan ishni talab qilib olish to‘g‘risidagi xulosa.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling