O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

281-modda. Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan apellatsiya shikoyati
(protesti)
Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar
bo‘yicha berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan
berilgan apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellatsiya
instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan
shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) qarorni, ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) qarorni, ajrimni o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga;
3) da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan
qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va
da’vo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli.
35-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
282-modda. Kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo
huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya
sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya
instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan,
apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan, agar
ish bo‘yicha prokuror ishtirok etgan bo‘lsa, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan
taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga
kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori
ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga
keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar
mustasno.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan
to‘liq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling