O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

280-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining qarori
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror
qabul qiladi, qaror ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) apellatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;
3) apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi),
uning protsessual holati;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa
ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
5) nizo predmeti;
6) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning
familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;
7) ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
8) apellatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va
asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar;
9) apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;
10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;
11) apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar
to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda
ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni
qo‘llamaganligiga doir sabablar;
12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman o‘zgartirilgan bo‘lsa,
apellatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari;
13) agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, birinchi instansiya sudi tomonidan
bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar;
14) apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida sud
xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Sudning hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun yuborilgan taqdirda, sud
xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala ishni yangidan ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u
qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay ushbu Kodeksning 
188-moddasida
nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga
kiradi.
 LexUZ sharhi


Qarang: Mazkur Kodeksning 
177

259

260

267

274

277 — 279-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling