O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

278-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;
3) hal qiluv qarorini o‘zgartirishga;
4) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni
to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
5) ushbu Kodeks 279-moddasi to‘rtinchi qismining 
4-bandida 
nazarda tutilgan asos mavjud
bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
69

177

259

260

267

274

277

279-moddalari
.
279-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish
asoslari
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar
asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning
isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;
4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri
qo‘llanilganligi.
Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
1) qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi;
2) qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonunchilik hujjatining qo‘llanilganligi;
3) qonunchilik hujjatining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri
hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi
instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi munosabati bilan
birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos
bo‘ladi:
1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda ko‘rilganligi;
2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor
qilinmagan biror-bir shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
3) sud ishi yuritilayotgan til to‘g‘risidagi qoidalar ishni ko‘rish chog‘ida buzilganligi;
4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud
tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
5) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida
ko‘rsatilganidan boshqa sudya tomonidan imzolanganligi;
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu
Kodeks 202-moddasining 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan


imzolanganligi yoxud, agar sud majlisida audio- yoki videoyozuv amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va
videoyozuvlarning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib
qo‘yilmaganligi;
7) bildirilgan talab bo‘yicha sud hal qiluv qarori qabul qilmaganligi;
8) sudyalar maslahatining sir saqlanishi to‘g‘risidagi qoidaning buzilganligi.
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, agar taraflar
o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa,
bekor qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
69

177

259

260

267
,
 274

277

278-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling