270-modda. Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini
olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
yozma fikrining ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellatsiya shikoyati
(protesti) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, apellatsiya
shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran
yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning
vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga
bo‘lgan vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova
qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda mavjud
bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
41
,
42
,
61
,
62
,
259
,
264
,
265-moddalari
.
271-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib
turish
Apellatsiya shikoyati (protesti) uni berish muddati o‘tkazib yuborilgan holda berilganda va
ushbu muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma qanoatlantirilganda, apellatsiya instansiyasi sudi
birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra to‘xtatib turishga haqli.
Hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan apellatsiya shikoyatini
(protestini) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilingunga qadar bo‘lgan muddatga
to‘xtatib turiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
259
,
264
,
265-moddalari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |