266-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi
masalani hal etish tartibi va muddati
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish to‘g‘risidagi masala shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kunidan
e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki
qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u
chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning
197-moddasida
nazarda tutilgan
tartibda yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
62
,
63
,
112
,
113
,
127
,
128
,
259 — 265-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
23.1-bandi
.
267-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish
Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan
apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda apellatsiya
shikoyatini (protestini) ko‘rish bo‘yicha sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
259
,
260
,
266
,
268-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining 14.12.2000-
yildagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining
13-moddasi
, 25-moddasining
birinchi
,
ikkinchi xatboshilari
, 30-
moddasining
birinchi
,
ikkinchi xatboshilari
, 33-moddasining
birinchi
,
uchinchi xatboshilari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |