261-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv
qarorini qabul qilgan sudga beriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh
kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
259
,
260-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining
23.1-bandi
.
262-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Agar qonunchilikda boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti)
birinchi instansiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori
qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi
ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul
qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest)
bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar
iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan
va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud
tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida
apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya
shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
259 — 261-moddalari
.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil
19-iyundagi 283-sonli “Iqtisodiy sudlar tomonidan protsessual muddatlarga oid qonun normalarini
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori
23
,
25 — 25.3-bandlari
.
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal
qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ushbu moddaning birinchi qismida
nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi
ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |