O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

255-modda. Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad
etish asoslari
O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining hal qiluv qarorini to‘liq yoki
qisman tan olishni va ijroga qaratishni quyidagi hollarda rad qiladi, agar:
1) hududida hal qiluv qarori qabul qilingan davlatning qonuni bo‘yicha u qonuniy kuchga
kirmagan bo‘lsa, bundan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirmasdan ijro etilishi lozim bo‘lgan hollar
mustasno;
2) o‘ziga qarshi hal qiluv qarori qabul qilingan taraf ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida o‘z vaqtida
va tegishli tarzda xabardor qilinmagan yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘z tushuntirishlarini sudga
taqdim eta olmagan bo‘lsa;
3) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga yoki qonunchiligiga muvofiq ishni
ko‘rish O‘zbekiston Respublikasi sudining mutlaq vakolatiga taalluqli bo‘lsa;


4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo
yuzasidan qabul qilingan, O‘zbekiston Respublikasi sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori
mavjud bo‘lsa;
5) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo
yuzasidan chet davlat sudida ish yuritish qo‘zg‘atilgunga qadar qo‘zg‘atilgan ish O‘zbekiston
Respublikasining sudida ko‘rilayotgan bo‘lsa;
6) chet davlat sudining hal qiluv qarorini majburiy ijroga qaratish muddati o‘tgan va ushbu
muddat sud tomonidan tiklanmagan bo‘lsa;
7) taraf tomonidan nizo vakolatsiz chet davlat sudi tomonidan hal etilganligini tasdiqlovchi
dalil taqdim qilingan bo‘lsa;
8) hal qiluv qarori chet davlatning vakolatli organi tomonidan bekor qilingan bo‘lsa;
9) hal qiluv qarori chet davlat sudlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan
bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining ishtirokchisi bo‘lmagan chet davlat sudi
tomonidan chiqarilgan bo‘lsa;
10) chet davlat sudi hal qiluv qarorining ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasining
suverenitetiga, xavfsizligiga zarar yetkazsa yoki qonunchiligining asosiy prinsiplariga zid bo‘lsa.
Chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish O‘zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham rad etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
248 — 254

256 — 258-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling