O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

249-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi ariza
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi ariza arizachi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent
shahar sudlariga qarzdorning joylashgan eri yoki yashash joyi bo‘yicha yoxud, agar qarzdorning
joylashgan eri yoki yashash joyi noma’lum bo‘lsa, qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha
beriladi.
250-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda beriladi va u arizachi yoki uning vakili tomonidan imzolangan
bo‘lishi kerak.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
2) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan eri hamda uning tarkibi;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning
joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
4) arizachi tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan chet davlat sudining yoki arbitrajining hal
qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
5) arizachining chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomasi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.


Arizada arizachi yoki uning vakilining telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili
ko‘rsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
3

31

248

249

251 — 258-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling