O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

257-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga
qaratish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi ushbu
Kodeksning 
22-bobida 
belgilangan qoidalarga ko‘ra ajrim chiqaradi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrimda:
1) chet davlat sudining yoki arbitrajining nomi va joylashgan eri;
2) arizachi va qarzdorning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) arizachi tan olish va ijroga qaratishni iltimos qilayotgan chet davlat sudining yoki
arbitrajining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish yoxud
uni tan olishni va ijroga qaratishni rad qilish to‘g‘risida ko‘rsatma bo‘lishi kerak.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish
to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda hamda
muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
22-bobi

248 — 256

258-moddalari
.
258-modda. Chet davlat sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini ijroga qaratish
Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini ijroga qaratish chet davlat sudining
yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida ajrim chiqargan sud
tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda
tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
192 — 194

248 — 257-moddalari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling