O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellatsiya protestini chaqirib olish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

275-modda. Apellatsiya shikoyatidan voz kechish. Apellatsiya protestini chaqirib olish
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga
qadar undan voz kechishga haqli.
Apellatsiya protesti keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror ishni ko‘rish yakuni
bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 268-moddasi birinchi qismining 
5-bandi
, 273-moddasi birinchi qismining 
4-
bandi
, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunining 
35

36-
moddalari
.
276-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish chegaralari
Sud ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya sudi hal qiluv
qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni
aniqlashi mumkin.
Apellatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini to‘liq hajmda
tekshirishi shart.
Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar apellatsiya
instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
259

260

267

274-moddalari
.
277-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan berilgan
apellatsiya shikoyatini (protestini) apellatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingan


kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan, huquqiy ta’sir chorasini
qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib
tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan
sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling