O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

293-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini
olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
ushbu yozma fikrning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya
shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda,
kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan
e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli.
Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning
vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga
vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
41

42

61

62

287

290-moddalari
.
294-modda. Sud hujjatlari ijrosini to‘xtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya)
birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining, apellatsiya instansiyasi sudi
qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga
haqli.


Sudya sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish
haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi.
294 -modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun
tayinlash va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash
to‘g‘risidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal
qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash
to‘g‘risidagi ajrimda sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash
to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan
kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 
197-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda
yuboriladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling