Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan
yangi talablar kassatsiya
instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
283
,
294
,
297-moddalari
.
300-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) u sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan
e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan
sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
301-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha:
1)
hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa
qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rib chiqish
uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
3) ushbu Kodeks 302-moddasi
birinchi qismining
1-bandida
va to‘rtinchi qismining
4
va
7-
bandlarida
nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va
ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga;
5) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni
to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilish va ish bo‘yicha ilgari qabul
qilingan sud hujjatlaridan
birini o‘z kuchida qoldirishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: