O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

286-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni
Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) yo‘llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini, qarorni qabul qilgan sudning
nomi;
4) ishning raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti;
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini
noto‘g‘ri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari, fakslari
raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
 282

284

285

287

288-moddalari
.
287-modda. Kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini yuborish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
kassatsiya shikoyatining (protestining) va unga ilova qilingan, bu shaxslarda mavjud bo‘lmagan
hujjatlarning ko‘chirma nusxasini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning
 284
,
 286

288-moddalari
, 292-moddasi birinchi qismining 
3-bandi
, 293-
moddasining 
birinchi qismi
.
288-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar
Kassatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
1) davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyatining va unga ilova qilingan,
ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki
topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
3) kassatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uning imzolash vakolatini
tasdiqlovchi hujjat.
Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga
ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari
yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha
tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish va apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni
rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan shikoyat
(protest) va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling