O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

305 -modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish
Ushbu Kodeksning 
282-moddasida 
ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
raisiga, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish
haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya
shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, qaror
qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan muddatlar o‘tgandan keyin berilgan
ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 
4-bandida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud
bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari
1


kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya
tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
306-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul
qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyati
(protesti) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki
uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha
ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari protestiga asosan kassatsiya
tartibida takroran ko‘rilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul
qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya instansiyasi sudining
kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish
yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti)
berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan
e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza
ko‘rib chiqilmaydi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling