O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

328-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rish to‘g‘risidagi arizani berish tartibi va muddati
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan sudga sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos
bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi
shaxslar tomonidan beriladi.
Arizaning va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi
boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi.
Ariza berishning o‘tkazib yuborilgan muddati, ariza bilan murojaat qilgan shaxsning
iltimosnomasi bo‘yicha, agar iltimosnoma qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan
kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish
sabablarini uzrli deb topsa, sud tomonidan tiklanishi mumkin.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib
chiqilmaydi, bundan ushbu Kodeks 327-moddasining 
2 — 4-bandlarida 
nazarda tutilgan asoslar
bo‘yicha berilgan arizalar mustasno.
329-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
to‘g‘risidagi ariza sudga yozma shaklda beriladi. Ariza uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan
imzolanadi.
Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan sudning nomi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning
joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi;
3) arizachi yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishni talab qilayotgan sud hujjatini qabul
qilgan sudning nomi, ishning raqami, sud hujjati qabul qilingan sana, nizo predmeti;
4) arizachining hujjatlarga havola qilingan fikri bo‘yicha sud hujjatini qayta ko‘rish uchun asos
bo‘ladigan yangi ochilgan holat;
5) ariza berayotgan shaxsning talabi;
6) ilova qilinayotgan hujjatlarning ro‘yxati.
Arizaga quyidagilar ilova qilingan bo‘lishi kerak:
1) yangi ochilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari;
3) ariza va hujjatlarning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga
yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
4) sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza vakil
tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
328

330 — 332-moddalari
.


 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2003-yil
25-iyuldagi 111-sonli “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta
ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
1
,
2-bandlari
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling