O‘zbekiston respublikasining iqtisodiy protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


V BO‘LIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI IJRO ETISh


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/183
Sana26.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1231972
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183
Bog'liq
Iqtisodiy protsessual kodeksi

V BO‘LIM. IQTISODIY SUDLARNING SUD HUJJATLARINI IJRO ETISh.
334-modda. Sud hujjatlarini ijroga qaratish
Sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi, bundan qonunchilikda belgilangan
tartibda darhol ijroga qaratish hollari mustasno.
Da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, kelishuv bitimini tasdiqlash, hakamlik sudining
hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat
sudining, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro
etilishi lozim.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud hujjatining ijrosi sud
tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
146

192

335 — 347-moddalari
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga
oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarorining 
2-bandi
.
335-modda. Ijro varaqasi
Sud tomonidan berilgan, undiruvchining sud hujjatini majburiy tartibda ijro ettirish huquqini
tasdiqlovchi hujjat ijro varaqasidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 
336 — 338-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 
4-moddasi
, 7-moddasi birinchi qismining 
1
— 4-bandlari
.
 LexUZ sharhi


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga
oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 4-
bandining 
birinchi xatboshisi
.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling