Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus


Download 26.89 Kb.
bet1/11
Sana12.02.2023
Hajmi26.89 Kb.
#1191420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UZB


1-KAZUS
Karmana tuman hokimining 2020-yil 20-avgustdagi Gulobod hududidan “Koshona” fermer xo‘jaligiga g‘allachilik va sholichilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaligi tashkil etish uchun ijaraga yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi 816-sonli qaroriga asosan Gulobod hududidagi 462-konturdan jami 15,2 gektar yer maydoni 49 yil muddatga ijaraga berilgan. Karmana tuman prokurori tomonidan 2021-yil 31-may kuni 11/112-21-sonli protest keltirilib, protestda tuman hokimining 2020-yil 20-avgustdagi 816-sonli qarorini bekor qilish so‘ralgan. Tuman prokurorining mazkur protestiga asosan, tuman hokimining 2021-yil 15-iyuldagi 32-9-126-Q/21-sonli qarori bilan tuman hokimining 20.08.2020 yildagi 816-sonli qarori bekor qilingan. Arizachi “Koshona” fermer xo‘jaligi rahbari D.Dashov Karmana tuman hokimining 2021-yil 15-iyul kungi 32-9-126-Q/21-sonli qarori qabul qilinishida uni ogohlantirishmagani va ish yuritishga chaqirishmagani uchun qarorni haqiqiy emas deb topishni so‘rab Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho berish


2-KAZUS
Jizzax shahar hokimining 2019-yil 7-iyundagi 2215-sonli qarori bilan fuqaro B.Tojiyevga shaharning Bunyodkor mahallasi hududidagi 0,06 gektar yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish hamda yakka tartibdagi uy-joy bino inshootlariga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etiladi. 2022-yil 4-mart kuni uning uyiga shahar kadastr boʼlimi xodimlari kelishib, Jizzax shahar hokimining 2019-yil 7-iyundagi 2215-sonli qarorining unga taalluqli boʼlgan qismi Jizzax shahar hokimining 2021-yil 26-maydagi 254-sonli qarori bilan bekor qilinganligini maʼlum qilishib, uy-joyni buzish to‘g‘risida ogohlantiradi. Biroq, fuqaro B.Tojiyev Jizzax shahar hokimining 2021-yil 26-maydagi 254-sonli qarori mavjudligidan bexabarligini maʼlum qilib, Jizzax viloyati hokimligiga Jizzax shahar hokimining 254-sonli qarori ustidan shikoyat arizasi bilan murojaat qiladi. Fuqaroning murojaati yuzasidan Jizzax viloyati hokimligi tomonidan ushbu masala viloyat hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilmasligini va ma’muriy sudiga mazkur qaror yuzasidan murojaat qilishi mumkinligi haqidagi xat yuboradi.

Download 26.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling