Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho berish 11-KAZUS
- Vaziyatga huquqiy baho berish 12-KAZUS
Vaziyatga huquqiy baho berish
10-KAZUS Toshkent shahar FHDYo bo‘limiga Qarshi shahrida doimiy yashovchi fuqaro A.Ahmedov nikohni rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan, Fuqaro A.Ahmedov hozirda Toshkent shahri, Chilonzor tumani 8/2/12 manzilida istiqomat qiladi. Chilonzor tumani FHDYo bo‘limi xodimi Ahmedovdan, nikohni qayd etish, nikoh qayd etilmaganlik yoki ajralish to'g'risidagi guvohnoma hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi sifatidagi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilgan. Bundan tashqari, FHDYo bo‘limi tomonidan Ahmedovga nikohni qayd etish masalasi bo‘yicha doimiy yashash joyidagi FHDYo bo‘limiga murojaat qilish zarurligi aytilgan. Ahmedov A. mavjud holatdan norozi bo‘lib, FHDYo xodimining harakati yuzasidan yuqori turuvchi organga murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho berish 11-KAZUS Kasbi iqtisodchi bo‘lgan fuqaro Botirov A. dorixona ochish uchun litsenziya olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilgan. Biroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimi fuqaroning litsenziya olish haqidagi murojaatiga javoban, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi 2773-son qarori asosida farmatsevtika faoliyati turini litsenziyalash – dori vositalarining va tibbiyot maqsadidagi buyumlarining chakana savdosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshirilishi sababli ilitsenziya berishni rad etadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimining harakatidan norozi bo‘lgan fuqaro ma’muriy sudga murojaat qildi. Vaziyatga huquqiy baho berish 12-KAZUS O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ 3305-sonli qarori va Toshkent shahar hokimining 2018-yil 22-yanvardagi 110-sonli qaroriga muvofiq, Sirg‘ali tuman hokimining 2018-yil 18-martdagi 303-sonli qaroriga asosan arizachi “Mittivoylar olami” MChJga Toshkent shahar Sirg‘ali tumani, 8-mavze, 11, 13, 14 va 15-uylar oralig‘ida joylashgan, umumiy maydoni 0,20 gektar yer maydoni xususiy maktabgacha taʼlim muassasini yangidan tashkil etish uchun ajratildi. Ushbu qaror asosida “Mittivoylar olami” MCHJ o‘z huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun qarorda ko‘rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtiradi. Sirg‘ali tuman hokimining yuqorida qayd etilgan qaroriga nisbatan 2019-yil 16-yanvarda Toshkent shahar prokurori tomonidan 40.3/19-18-sonli protest keltirilib, unda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Sirg‘ali tuman hokimining qarorlarini nazorat tartibida o‘rganib chiqish jarayonida, ayrim qarorlar noqonuniy qabul qilingani aniqlangani, jumladan Sirg‘ali tuman hokimining 2018-yil 18-martdagi 303-sonli qaroriga asosan, “Mittivoylar olami” MChJga Sirg‘ali tumani, 8-mavze, 11, 13, 14 va 15-uylar oralig‘ida xususiy maktabgacha taʼlim muassasini yangidan tashkil etish uchun uchun maydoni 0,20 gektarli yer doimiy foydalanishga ajratib berish haqidagi qarorni qabul qilinishiga O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabridagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish” to‘g‘risidagi PQ 3305-sonli yig‘ilish bayoni asos bo‘lgani, 110-sonli qarorda Sirg‘ali tumani, 8-mavze, 11, 13, 14 va 15-uylar oralig‘ida 0,20 gektarli yer maydoni ajratilishi nazarda tutilmagani, yer ajratish to‘g‘risidagi qarorni chiqarishda shaharsozlik normalari va qoidalarining 2.07.01-03 qismi 21.1 bandi izoh qismida ko‘rsatilgan ko‘p xonadonli binolar oralig‘ida maxsus bino va inshootlardan (sport maydonlari, bolalar o‘yin maydonchalari, kiyim-kechak quritish maydonchalari, avtomobillarning vaqtincha to‘xtash joylari) tashqari har qanday boshqa maqsadli obʼektlarning joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi degan talabi buzilgani, qaror qabul qilishdan oldin tuman hokimligi mutasaddi xodimlari tomonidan mazkur hududda yashovchi aholi va “Mittivoylar olami” MCHJ rahbarlari ishtirokida xususi maktabgacha taʼlim muassasini qurish rejasini rejasini keng muhokama qilmagani, ushbu obʼektning haqiqatan ham zarurligi haqida fuqarolardan fikr olinmagani, qurilish loyihasi va investor haqida tegishli maʼlumotlar to‘planib, keng aholi eʼtiboriga yetkazilmagani sababli Sirg‘ali tuman hokimining 2018-yil 18-martdagi 303-sonli qarorini bekor qilish so‘raladi. Chilonzor tuman hokimiyati tomonidan Toshkent shahar prokurorining tuman hokimining 2018-yil 18-martdagi 303-sonli qarorini bekor qilish haqidagi protesti mazkur qaror bilan yerdan foydalanish huquqi belgilangan manfaatdor “Mittivoylar olami” MChJning ishtirokisiz, Toshkent shahar prokurorining protesti nusxasi manfaatdor shaxsga taqdim etilmagan holda, bir taraflama va tegishli tartibda bayonnoma yuritilmagan ko‘rib chiqilib tuman hokimining 2019-yil 25-yanvardagi qarori bilan tuman hokimining 2018-yil 18-martdagi 303-sonli qarori bekor qilinadi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling