Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus


Vaziyatga huquqiy baho berish


Download 26.89 Kb.
bet9/11
Sana12.02.2023
Hajmi26.89 Kb.
#1191420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
UZB

Vaziyatga huquqiy baho berish


17-KAZUS
Fuqaro B. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarni anlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3755-sonli Qaroriga muvofiq O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasida tashkil etilgan “Taraqqiyot” Respublika tanlovida ishtirok etadi.
Fuqaro B.ning tanlov veb-portali orqali jo‘natgan hujjatlari tanlov shartlariga mos kelganligi, uning anketalarida ishtirokchilarga qo‘yilgan talablarga zid holatlar aniqlanmaganligi tufayli, dastlabki to‘rt bosqichdan yuqori natijalar bilan o‘tgadi.
Biroq, fuqaro B. Komissiya tomonidan “Soliq va bojxona sohasidagi eng yaxshi boshqaruvchi” nomenatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi “Yozma tahliliy material bosqichi” natijalari eʼlon qilinganidan so‘ng, rahbarlik lavozimlarida ishlamagan nomzod sifatida tanlov ishtirokchilari ro‘yxatidan chiqariladi.
Bundan norozi bo‘lib, fuqaro B. ushbu mazmundagi shikoyat arizasi bilan maʼmuriy sudga murojaat qilib, unda javobgar Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyaning uni tanlov ishtirokchiligidan chiqarishda ifodalangan xatti-harakatlarini g‘ayriqonuniy deb topib, Komissiya zimmasiga uni tanlovda ishtirok etish huquqlarini tiklash majburiyatini yuklashni so‘ragan.
Birinchi instansiya sudi, javobgar Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” Respublika tanlovini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha komissiyasi maʼmuriy organ emasligi, shunga ko‘ra fuqaro B.ning shikoyatda keltirgan talablari maʼmuriy sudning sudloviga taalluqli emasligini asos qilib, shikoyatni ish yurituviga qabul qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Vaziyatga huquqiy baho berish
18-KAZUS
Toshkent shaxar, Mirobod tuman, Yetti-terak ko‘chasida ko‘p qavatli 8B uyda yashovchi fuqarolar mazkur uyning oldida mavjud bo‘lgan bo‘sh turgan va bolalar o‘yin uchun foydalaniladigan yerga “REAL HOUSE” MCHJ tomonidan 12 qavatli uy va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurilishidan norozi bo‘lib Toshkent shahar xokimligiga 06.10.2021 yilda ariza bilan murojaat qilishdi.
Ular o‘z murojaatida qurilayotgan 12 qavatli uy-joy ular bilan kelishilmagani, bundan tashqari bu turar joy shaxarsozlik normalariga zid ekanligi, jamiyat bilan suhbatlashishganida esa ularning qo‘lida shahar hokimining yer ajratish va qurilishga ruxsat berish haqidagi 03/03/2021 kunidagi 477-sonli qarori mavjudligini uchun qurilishni davom ettirishni ma’lum qilganligi sababli aholi hokim qarori ularning manfaatlariga zid ravishda qabul qilingani uchun qurilishni zudlik bilan to‘xtatishni so’rab Toshkent shahar hokimiga murojaat qilishdi.

Download 26.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling