Vaziyatga huquqiy baho berish 2-kazus
Vaziyatga huquqiy baho berish
Download 26.89 Kb.
|
UZB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho berish 4-KAZUS
Vaziyatga huquqiy baho berish
3-KAZUS Fuqaro E.Аllaberdiev tuman adliya boʼlimiga ariza bilan murojaat qilib,1990, 1992, 1997-1999 va 2000 yillarda Samarqand-quduq xoʼjaligida, 2001-2002 yillarda F.Farxod fermer xoʼjaligida va 2003-2007 yillarda U.Аbduvaxob fermer xoʼjaligida ishlaganligi, shu ishlagan davr uchun ish haqi toʼgʼrisida maʼlumotlar arxivda saqlanmaganligi, oʼsha ishlagan mehnat davrini Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman boʼlimi hisobga olmaganligi, ushbu ishlagan mehnat faoliyati mehnat daftarchasiga qayd qilinganligi, biroq BTPJ Sh.Rashidov tuman boʼlimi unga ushbu darvlarda ishlagan mehnat faoliyati uchun pensiya tayinlashni rad qilganligi bayon qildi. Ushu masala yuzasidan adliya boʼlimi sudga murojaat qilib budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Sharof Rashidov tuman boʼlimi pensiya va nafaqalarni tayinlash komissiyasining 2022-yil 8-fevraldagi 181-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish va pensiya tayinlashda ish stajini inobatga olish majburiyatini yuklashni soʼradi. Vaziyatga huquqiy baho berish 4-KAZUS Fuqaro Vakilov A. 2022-yil 10-martda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Buxoro viloyati Kogon tuman bo‘limiga yoshga doir pensiyaga chiqishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Kogon tuman bo‘limi tomonidan 2022-yil 26-martda ko‘rib chiqilib, arizachining 2001, 2002, 2004-yillarda ishlagan davrlaridan sug‘urta badallari o‘tkazilmaganligi sababli ushbu ishlagan davrlari inobatga olinmasdan 406-sonli qaror bilan rad qilinganligini ma’lum qilgan. Fuqaro Vakilov A. budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Kogon tuman bo‘limiga haqiqatdan ham arizasida ko‘rsatilgan yillarda ishlaganligi, bu uning ish xaqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarda va buyruq ko‘chirmalari va mehnat daftarchasida ham ko‘rsatilganligini tushuntirib, ushbu vaqtlarni ham ishlagan davrlariga qo‘shib hisoblab berilishini so‘rab, 406-son qarorini bekor qilishni so‘radi. Shunga qaramasdan Pensiya jamg‘armasi Kogon tuman bo‘limi qarorini bekor qilmaydi. Yuqoridagi qarordan norozi bo‘lib, fuqaro Vakilov A. Pensiya jamg‘armasi Kogon tuman bo‘limining 406-son qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab sudga shikoyat ariza bilan murojaat qildi. Download 26.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling